Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik


Yig‘indisi 81 ga teng bo‘lgan uchta ketma-ket toq sonni toping. 47



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/68
tarix13.10.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#127341
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Algebra. 7-sinf (2017, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov)

106.
Yig‘indisi 81 ga teng bo‘lgan uchta ketma-ket toq sonni
toping.


47
107.
To‘rtta ketma-ket juft son berilgan. Agar chetki sonlar yi-
g‘indisining ikkilanganidan o‘rtadagi sonlar musbat ayir-
masining uchlangani ayirilsa, 22 hosil bo‘ladi. Shu sonlarni
toping.
108.
1) Yangi moslamani ishga tushirgach, ustaning mo‘ljal-
langan ishni bajarishga ketadigan vaqti 20 % ga kamaydi.
Uning mehnat unumdorligi necha foizga oshgan?
2) Fabrikaga avtomat o‘rnatildi. U bir soatda ishchiga qa-
raganda 8 ta ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. 2 soatdan ke-
yin avtomat ishchining 6 soatlik rejasini bajardi. Avtomat
bir soatda nechta mahsulot ishlab chiqaradi?
3) Ustaning mehnat unumdorligi 20 % ga ortsa, uning
ish rejasini bajarishga ketadigan vaqti necha foizga qis-
qaradi?
109.
Uzunligi 27 m bo‘lgan mis simni massasi va ko‘ndalang
kesimi mis simnikidek bo‘lgan alumin sim bilan almash-
tirishmoqchi. Nima deb o‘ylaysiz, alumin simning uzun-
ligi necha metr bo‘larkin?
110.
Bir nechta do‘kon olma solingan 175 ta yashikni teng
bo‘lib olishmoqchi edi. Ammo 2 ta do‘kon olmalarni
olmasligini bildirdi. Natijada, qolgan har bir do‘konga
mo‘ljaldagidan 10 yashik olma ortiqcha berildi. Do‘konlar
nechta ekan?
111.
1) Idishda qanchadir litr suv bor. Agar idishga 3

suv
quyilsa, idishning yarmi to‘ladi. Agar 3
l
suv to‘kib tash-
lansa, qolgan suv idishning 
1
8
qismini egallaydi. Dastlab
idishda necha litr suv bo‘lgan?
2) Idishning ichidagi suv bilan birgalikdagi massasi 12 kg
ga teng. Idishdagi suvning 
3
5
qismi gullarga quyilgach,
idishning massasi ichidagi suv massasidan 2 marta kam-
ligi aniqlandi. Idishning massasi necha kilogramm ekan?
112.
1) Neft omborida 6340 t benzin bor edi. Ikkinchi kuni
ombor birinchi kundagidan 423 t ko‘p, uchinchi kuni esa


48
ikkinchi kundagidan 204 t kam benzin tarqatdi. Shundan
so‘ng omborda 3196 t benzin qoldi. Ombor birinchi kuni
necha tonna benzin tarqatgan?
2) Do‘konda uch kunda 110 kg yog‘ sotildi. Ikkinchi kuni
birinchi kundagining 37,5 % qismicha, uchinchi kuni esa
dastlabki ikki kunda qancha yog‘ sotilgan bo‘lsa, shuncha
sotildi. Do‘konda birinchi kuni necha kilogramm yog‘
sotilgan?
113.
1) Usta va o‘g‘li buyurtmani 10 kunda bajarishlari kerak
edi. Ular yangi moslamani ishlatib, har kuni rejadan
tashqari 27 ta mahsulot tayyorlab, 7 kunda topshiriqni
bajaribgina qolmasdan, balki ortiqcha yana 54 ta mahsulot
tayyorlashdi. Usta va o‘g‘li bir kunda nechta mahsulot
tayyorlashgan?
2) Zavod mashina ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmani
15 kunda bajarishi kerak edi. Zavod yangi texnologiyani
joriy etib, har kuni rejadan tashqari 2 ta ortiq mashina
ishlab chiqarib, muddatga 2 kun qolganda faqat rejani
bajaribgina qolmasdan, rejadan ortiq yana 6 ta mashina
ishlab chiqardi. Zavod 15 kunda reja bo‘yicha nechta ma-
shina ishlab chiqarishi kerak edi?

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə