Urganch davlat universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


-jadval Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibiy



Yüklə 128,83 Kb.
səhifə4/10
tarix29.09.2023
ölçüsü128,83 Kb.
#124800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Valyuta kursi 2023

4-jadval

Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibiy


tuzilishi


Milliy ishtirokchilar

Bozorlarning tarkibiy tuzilishi

Xalqaro ishtirokchilar

Korporatsiyalar



Valyuta bozorlari, shu jumladan yevrovalyutalar bozori

Xalqaro korporatsiyalar, Transmilliy korporatsiyalar

Banklar va ixtisoslashgan kredit-moliya institutlari, shu jumladan sug’urta kompaniyalari

Ssuda kapitallari bozorlari: a)pul bozori b)kapitallar bozori v)yevrobozor

Xalqaro banklar, transmilliy banklar
Ixtisoslashgan kredit-moliya institutlari, shu jumladan sug’urta kompaniyalari

Fond va tovar birjalari

Moliyaviy bozorlar

Eng yirik fond va tovar
birjalari

Davlat

Sug’urta bozorlari
Oltin bozorlari

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari

2.3Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi.


Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir.
Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda - qarzga pul to‘lashga berilgan tilxat va pul almashtirish shaklida paydo bo‘lgan. Keyingi bosqich bo‘lib, Yapon, Antverpen va G‘arbiy Yevropani boshqa savdo markazlarida ―veksel yarmarkalari‖ rivojlanishi bilan yuzaga chiqqan. Bu davrda hisob-kitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida amalga oshirilgan. Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishida, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali rivojlandi. O‘tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o‘zining mutlaqo yangi ko‘rinishini boshdan kechirdi.
Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo‘jalik munosabatlari baynanmilallashuvining natijasidir.Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat,Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar).
Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg‘unlashib borayotganligini kuzatish mumkin.Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.Milliy valyuta tizimi deganda ma‘lum davlatni, boshqa davlatlar bilan pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo‘llaydigan usullari, instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig‘indisi tushuniladi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va rivojlanishi, ularning elementlarida namoyon bo‘ladi.Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin.Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligi bilan bog‘lovchi mexanizmdir. Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 128,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə