Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#126184
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Erdi uza eranlar, 
Erdam begi bilig tag‘ 
Aydi o‘kush o‘gutlar, 
Ko‘nlum bo‘lur anar sag‘ 
Ilgarilari ilmli, hikmatshunos, fazilatli kishilar bor edi.Ular ko‘p nasihatlar 
so‘zlar edilar.Ularni eslash bilan ko‘ngil safo topadi. 
Shoir aytadiki, ilgarilari ilmli isnonlar ko‘p edi, ularning nasihatlari joningga 
ora kiradi, dega ma’noda yuqoridagi misralarni keltiradilar. Darhaqiqat, o‘tmishda 
shu kabi donishmand ajdodlarimiz juda ko‘p bo‘lgan. 
Kelsa qali yarlig‘ bo‘lib yunchig‘ uma, 
Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma. 
Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, 
uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek 
ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham quyidagicha ma’no 
ifodalangan: 
Bechora, ojiz,g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan(o‘zingda bo‘lgan ) narsani 
mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib , mehmonga malol 
keltirma. 


26 
Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa, 
Qilg‘il anar ag‘irliq. 
Artut alib anung‘il 
Ezgu tavar og‘urluq. 
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘ni-qo‘shnichilik, yaqinlarga mehr-
muhabbatli bo‘lishga undovchi she’rlar ham uchraydi. Yuqoridagi baytda shunday 
ma’no ifodalangan: 
Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a 
olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla. 
Erdam tila o‘granin bo‘lma ko‘vaz, 
Erdamsizin o‘kunsa enmago‘za anar. 
Ilmli-ma’rifatli bo‘lishga undash Mahmud Koshg‘ariy ijodida yetakchi 
mavzulardan biri sanaladi. U kishilarni bilimli bo‘lishga, ilm olishdan aslo 
to‘xtamaslikka undaydi. 
Ilm, hikmat o‘rgan, o‘rganishda havoyilik qilma, hech narsa o‘rganmasdan 
o‘zini bilimdon ko‘rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə