Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Chorvachilik  tarmoqlari va ularning  mamlakatimiz iqtisodiyotidagi



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

14.1.  Chorvachilik  tarmoqlari va ularning  mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
 
abamiyati.
Chorvachilik  -  mamlakatimiz  qishloq  xo'jaligining  muhim  tarkibiy 
qismidir.  Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalariga 
boy  bo'lgan  turli  xildagi  oziq-ovqat  mahsulotlari  yetishtiriladi.  Go‘sht,  sut, 
tuxum  -  aholining  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlari  bo'lib,  ularsiz  oziq 
moddalarga bo'lgan talabni qondirib bo‘lmaydi.  Chorvachilik sanoat uchun jun, 
teri,  go'sht,  sut kabi xomashyo yetkazib beradi.  Natijada sanoat tarmoqlarining 
rivojlanishiga shart-sharoit yaratiladi.
Chorvachilik tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ta’minlaydi. 
Bu esa yerlaming mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik 
yurik 
tarmoq 
bo'lib, 
hayvonlar 
turlari 
va 
yetishtiriladigan  mahsulotlar  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  quyidagi 
tarmoqlarga bo'linadi:
-  qoramolchilik;
-  qo‘ychilik;
-  parrandachilik;
-  cho'chqachilik;
-  yilqichilik;
-  mo‘ynachilik;
-  baliqchilik;
-  asalarichilik va boshqalar.
272
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuning uchun respublikamiz hukumati chorvachilikni rivojlantirishga 
qaratilgan  yirik  dasturiar ishlab  chiqib,  ularni  amaliyotga tatbiq  etish  bo‘yicha 
qator  chora-tadbirlarni  amalga  oshirmoqda.  Masalan,  shaxsiy  yordamchi, 
dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni  rag‘batlantirish 
dasturini  amalga  oshirish  yuzasidan  bajarilayotgan  chora-tadbirlar  bugungi 
kunda sezilarli natijalar bermoqda.
Qoramolchilik  chorvachilik  tarmoqlari  tarkibida  alohida  ahamiyatga 
ega.  U  aholini  qimmatli  oziq-ovqat  mahsulotlari  -   sut  va  go‘sht  bilan 
ta'minlaydi.  Ularning  terisidau  esa  ko‘p  turdagi  charm  mahsulotlari 
tayyorlanadi.  Boshqa  turdagi  chorva  mollari  bilan  taqqoslaganda,  qoramollar 
yuqori  sut  mahsuldorligiga  ega.  Bir  yil  mobaynida  bir  bosh  qoramoldan  5-8 
ming kilogramm,  bir  sutkada esa 25  kilogrammgacha sut sog‘ib  olish mumkin. 
Bundan  tashqari,  qoramollar  ratsioni  tarkibiga  kiruvchi  ozuqalar  ham  boshqa 
turdagi  chorva  mollari  ozuqasiga  nisbatan  ancha  arzon  bo‘lib,  asosan  dag‘al 
xashak iste'mol qiladi.
Qo'ychilik  ham  chorvachilikning  muhim  tarmoqlaridan  biri  bo‘lib, 
go‘sht,  jun,  teri,  qorako‘l  teri,  sut  va  boshqa  mahsulotlar  beradi. 
Mamlakatimizda  2009-yil  holatiga  20846,2  ming  gektar  yaylovlar  mavjud 
bo‘lib,  ushbu  yaylovlarda  qo‘ychilikni  rivojlantirish  uchun  zarur  shart- 
sharoitlar mavjuddir.
Parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor,  samaradorlik darajasi 
yuqori  bo‘lgan  tarmoqlaridan  biridir.  Parrandachilik  aholini  to‘yimli  parhez 
oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta'minlaydi.
Keyingi  yillarda  mamlakatimizda  baliqchilikka  ham  alohida  e'tibor 
berilmoqda.  Baliqchilikni  rivojlantirish  bo‘yicha  maxsus  dastur  va  me’yoriy 
hujjatlar  qabul  qilinib,  baliq  yetishtirishga  ixtisoslashgan  fermer  xo‘jaliklari 
tashkil etilmoqda.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə