Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda  qishloq



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

1.4.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda  qishloq
 
xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
Hozirgi  vaqtda  barchaning  diqqat-e'tiborida  turgan  masala  — jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning mamlakatimizga ta'siri. uni bartaraf etish 
yo'llaridir.  Amerika  Qo'shma  Shtatlarming  ipoteka  bozorida  yuzaga  kelgan 
tanglik holatidan boshlangan jahon  moliyaviy-iqtisodiy inqirozi  mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga  o‘z  ta'sirini  ko‘rsatadi,  albatta.  Prezidentimiz  Islom  Karimov 
o'xining  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O'zbekiston  sharoitida  uni 
bartaraf etishning  yo'llari  va  choralari”  nomli  asarida  “...tobora  chuqurlashib 
borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni 
dietlab  o‘tadi,  degan  xulosa  chiqarmaslik  kerak.  Masalani  bunday  tushunisb 
o‘ta  soddalik,  aytish  mumkinki,  kechirib  bo‘lmas  xato  bo‘lur  edi”1  -   deb 
ta'kidlab o‘tgan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning ko‘plab mamlakatlariga 
jiddiy  salbiy  ta'sir  ko'rsatmoqda.  Lekin,  mamlakatimizga  ushbu  moliyaviy- 
iqtisodiy  inqirozning  ta'sirini  yumshatishga  asos  bo‘lgan  ayrim  sabablar 
mavjud.  Jumladan,  oqilona  moliya-kredit  siyosati  yuritilganligi,  xalqaro 
kreditlami  jalb  etishda  uzoqni  ko‘zlab  ish  ko‘rilganligi,  iqtisodiyotning  real 
sektorini  rivojlantirishga e’tibor qaratilganligi  va eng asosiysi,  mustaqillikning 
ilk 
davrlarida  yurtboshimiz  tomonidan 
ishlab 
chiqilgan  va  bozor 
munosabatlariga  o‘tishning  “o‘zbek  modeli”  deb  tan  olingan  iqtisodiy 
islohotlami amalga oshirish beshta tamoyilining hayotga tatbiq etilishidir.
Mamlakatimiz  hukumati  tomonidan  qishloq  xo‘jaligi  tarmog'ini 
rivojlantirishga  alohida  e'tibor  berib  kelinmoqda.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi  sharoitida  ushbu  tarmoqni  barqaror  rivojlantirishga  e'tibor  yanada 
ortmoqda.  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  2009-yilning  «Qishloq 
taraqqiyoti va farovonligi yili»  deb  e’lon qilinganligi va maxsus  davlat Dasmri 
ishlab chiqilishi ushbu fikrimizning yaqqol isbotidir.
Qishloq xo'jaligini  rivojlantirishga  qaratilgan  «Qishloq taraqqiyoti  va 
farovonligi  yili»  davlat  Dasturi  to‘g‘risidagi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2009-yil  26-yanvardagi 
1046-sonli  qarori,  «Oziq-ovqat 
mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  ichki  bozomi  to‘ldirish 
yuzasidan  qo'shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi
Karimov I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning 
yo‘llari va choralari.  -T.:  “0 ‘zbekiston”, 2009
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi  1047-sonli qarori,  «Iqtisodiyotning real 
sektori 
korxonalarini 
qo'llab-quwatlash, 
ularning 
barqaror  ishlashini 
ta'minlash 
va 
eksport 
salohiyatini 
oshirish 
chora-tadbirlari 
dasturi 
to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 
4058-sonli 
Farmoni, 
«Oziq-ovqat 
ekinlari 
ekiladigan 
maydonlami 
optimallashtirish 
va 
ulami 
yetishtirishni 
ko‘paytirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  20-oktabrdagi 
4041-sonli Farmoni,  «Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari 
miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish 
bo‘yicha  maxsus 
komissiya  tashkil 
etish  to‘g‘risida»gi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  6-oktabrdagi  3077-sonli  Farmoyishi  va 
boshqa  bir  qator  me’yoriy  hujjatlar  ham  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi 
sharoitida mazkur tarmoqni yanada rivojlantirishga qaratilgandir.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə