Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni



Yüklə 491,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/26
tarix01.10.2023
ölçüsü491,86 Kb.
#125186
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni

subekti -
bu o`qituvchi, ota-onalar va jamoadir. 
O`qituvchi shaxsi, uning bilim va ko`nikmalari tarbiyalanuvchilarga ma’naviy-
ahlokiy ta’sir ko`rsatadi. Bu esa o`qituvchidan o`zini ma’naviy jixatdan boyitib 
borishini talab etadi. 
Pedagogik mahoratning 
obekti 
- bu insondir. Inson jamiyatning faol 
ishtirokchisi bo`lib ularning har biri o`ziga xos xususiyatga ega va bu 
o`qituvchidan har bir shaxsga o`ziga xos yondoshishni talab etadi. Shuningdek, 
jamiyat rivoji bilan inson ongi va tafakkuri ham o`zgarib boradi. U esa 
o`qituvchidan muntazam ijodiy izlanishni talab etadi. 
O`qituvchining asosiy 
tarbiya quroli
esa uning mehnati, muloqot 
madaniyati, o`qish, o`yin kabi turli xil faoliyatidir. 


TAVSIYALAR 
Uzluksiz ta’limda o`qituvchi pedagogik faoliyatning yuqoridagi 
komponentlaridan qanday foydalanishni, ya’ni ta’lim-tarbiya maqsadini to`g`ri 
qo`yib, subekt va obektni yangi pedagogik texnologiyalar asosida faollashtiradi 
hamda shunga mos vositalarni turri tanlay va kullay oladi. Aynan shundagina 
o`qituvchining kasbiy mahorati yuzaga chiqadi. Demak, o`qituvchining mahorati 
uning kasbiy pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishiga doir shaxsiy sifatlar 
majmui bilan belgilanadi. Bu sifatlarga o`qituvchining: 

pedagogik bilimi; - pedagogik zakovati; -pedagogik qobiliyati; - 
pedagogik texnikasi kiradi. 
O`qituvchining faoliyati asosan uchta obektga yo`naltirilgandir. 
Birinchidan, shaxs sifatida o`qituvchi faoliyatining o`z-o`ziga 
yo`naltirilganligi. Bunda o`qituvchining: 

«Men» obrazi nazarda tutiladi, ya’ni o`qituvchi o`zining kanday inson 
ekanligini anglab etadi. Masalan, «Men juda qattiqqo`lman, shuning uchun 
bolalarga nisbatan e’tiborli va tuzimli bo`lishim kerak», - singari o`z nutai nazariga 
ega bo`lishi; 

mustaqil bo`lishi, ya’ni u uz kuchi va bilimiga ishonishi va uni 
takomillashtirib borishi lozim; 

psixologik va fiziologik salomatligi, o`z-o`zini himoya qila olishi. 
Bunda masalan, o`qituvchining darsda xis-xayojonlarini bartaraf etishi, darsni 
yuqori kayfiyat bilan olib borishi, har kanday sharoitda ham asab tolalarini 
saklagan xolda o`zining tetik xrlatini buzmaslik va x.k; 

o`z qadriga etishi, ya’ni o`zi va o`z kuchiga ishongan holda mohir 
o`qituvchi ekanligini anglashi; 

o`z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyatining boshqa shaxslarga, jumladan, 
o`quvchi shaxsiga yunaltirilganligidir.
Bunda o`qituvchining: 

o`quvchilarga insonparvarlik nuqtai nazaridan munosabatda bo`lishi; 



o`quvchilarning ishonchiga kirishi; 

o`quvchilarga turli xil vaziyatlarda yordam berishi; 
- o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashi; 
bir-birini tushuna bilishi; 

o`quvchining fikrlarini tulik yoritishiga sharoit yaratishi

o`z qobiliyatlari, imkoniyatlari va o`zligini anglashiga yordam berishi; 

hokimlik qilishi, ya’ni o`quvchilarni boshqara olishi; 

muloqotga kirisha olishi. 
Uchinchidan, o`qituvchining o`z faoliyatiga yunaltirilganligi. Bunda 
o`qituvchi o`zining pedagogik faoliyati jarayonida pedagogik jamoa orasida: 

O`z ijtimoiy mavqesiga ega bo`lishi; 

o`z tarafdorlariga ega bo`lishi; 

o`z bilimi va tafakkurini oshirib borib, yangilik sari intilishi; 

samarali natijalarga erishishi; 

o`z faoliyatini samarali tashkil etishi

tajriba orttirishi; 

ish sharoitini yaratishi; 

ijod etishi

Yüklə 491,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə