3
KIRISH
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib
borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda.
"Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron
hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi
tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv
ta'sir ko`rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy
iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy
iqtisoddagi axborot va bilimlarning atilgan axborot va bilimlarning 90 % so'nggi 30
yil mobaynida yaratilgan bo'lib, ular hajmining ko'payib borishi axborot-
kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Ko'plab mamlakatlar o'zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot-
kommunikatsiyalari asosida yo'lga qo'yishni anglab yetishgan. Mustaqil O'zbekiston
Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter ilmini o’qitishni
rivojlantirish bo'yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va
tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Axborotlashtirishni yanada rivojlantirish to'g'risida» 2002 - yil 30 -
maydagi
PF-3080-son
Farmoni
asosida
2010-
yilgacha
Axborot-
kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo'lib, u
hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida
tatbiq qilinmoqda.
Jamiyat hayotiga axborotlarni kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot
olishga bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi. Mazkur o‘zgarishlar birinchi
navbatda, yangi axborot kommunikatsiyalarini ta'siri ostida yuz bеrib, inson
faoliyatining har bir sohasida axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan
tavsiflanadi. Bugungi kunda mutaxassislar axborotni asosiy bеlgisi sifatida
ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo‘linishini e'tirof
etadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni
avtomatlashtirilgan holga o‘tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib bеrdi.Hozirda
jurnalistikani tezkor axborotlarsiz tassavvur qilish qiyin. OAV’ning qaysi turiga
4
nazar tashlamang, axborotni istе'molchiga uzatish jarayonida, aynan jurnalistika
hodimlari ishiga guvoh bo’lasiz. XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “axborot
kommunikatsiyalari asri” dеya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga
egalik ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar ustidan hukmronlik qilish imkonini
bеradi. Kompyutеr madaniyatining kirib kеlishi tufayli insonning o‘z ustida ishlashi,
malakasini oshirishga intilishiga asoslangan fikrlash, bilim olishning yangi
ko‘rinishi yuzaga kеldi.Bu esa isonda axborotga bo’lgan talabni kuchaytiradi.O’z
navbatida bu axborotlar kurashuvini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: