Va standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reja: va 6 Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari


– rasm. Standart loyihasini tasdiqlashga berishda taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami



Yüklə 225,79 Kb.
səhifə3/5
tarix01.10.2023
ölçüsü225,79 Kb.
#125148
1   2   3   4   5
1 1 va 1 6 standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish

2 – rasm. Standart loyihasini tasdiqlashga berishda taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami.


2. Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti, Davarxitektqurilishqo’m, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nomlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli standartlarning loyihalari va hujjatlarini ko‘pi bilan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini, shuningdek davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti, Davarxitektqurilishqum,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart loyihalarini ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash yoki kam – ko‘stini to‘ldirib qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tadsiqlanadi va joriy qilinadi.
Standart muddati cheklanmagan yoki cheklangan tarzda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro‘yxatiga olishni O‘zstandart Agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va ikkita ko‘chirmasi.
Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuz band qilib, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, standartga raqamli belgini O‘zstandart Agentligi beradi.
Belgi o‘z navbatida:
Hujjatning ko‘rsatkichidan – O‘zRST (O‘z DST); ro‘yxatning tartib raqamidan va tasdiqlangan yilning oxirgi ikki sonidan iborat bo‘ladi.
Masalan, O‘zRST 5 – 92 «Paxta ipli piliklar»
Ro‘yxatga oluvchi idora asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkita ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan turtburchak muhrni bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi nusxa O‘zstandart Agentligida qoladi, asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi esa ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Standartlashtirish ob’ektlari deyilganda, fan va texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, madaniyat, sog’liqni saqlash, xalqaro savdo va boshqa sohalarda ko’p martalab ishlatiladigan aniq mahsulot, me’yor, qoida, talab, uslublar, atamalar na boshqalar tushuniladi.
Standartlashtirish bo’yicha har bir me’yoriy hujjat o’ziga tegishli obektga ega. Masalan, xalqaro standartlarning standartlashtirish ob’ektlari GOST 1.0-92 (Pravila provedeniya rabot po mejgosudarstvennoy standartizatsii. Obщie polojeniya) va O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish ob’ektlari O'zDSt 1.0:1998 (O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar)da ko’rsatilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlararo standartlarining ob’ektiga barcha hamdo’stlik mamlakatlarda iste’mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmat)lar va jarayonlar kiradi.
O’zDSt 1.0:1998 ga asosan O’zbekiston davlat standartlarining ob’ekti bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • tashkiliy-uslubiy va umumtexnik me’yorlar va talablar;

  • mahsulotga qo’yiladigan talablar, umumtexnik me’yorlar va qoidalar;

  • tarmoqlararo qo’llanishga mo’ljallangan mahsulot;

davlat ahamiyatiga ega bo’lgan xo’jalik ob’ektlarining elementlari, shu jumladan, bank tizimlari, foydalaniladigan tabiat resurslari, mudofaa transport, aloqa, energosistema va shunga o’xshashlarga qo’yiladigan talablar; -davlat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik dasturlarining ob’ektlari.
O’zbekiston davlat standartlari O’zRST 1.1-92 (O’zbekiston
Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O’zbekiston Respubli-kasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va qayd qilish qoidalari) standartiga asosan davlat standartlari texnik qo’mitalar, standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlar, vazirliklar, davlat miqyo-sidagi idoralar, konsernlar, uyushmalar, shirkat, davlat, aksionerlik va qo’shma korxonalar hamda muassasalar tomonidan; tarmoq standartlari va texnik shartlar tarmoq, boshqaruv idoralarining standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning standartlashtirish bo’yicha bo’limlari tomonidan va korxona standartlari hamda texnik shartlar korxona stanlartlashtirish xizmatlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Davlat standartlashtirish ishlari standartlashtirish bo’yicha yillik reja asosida amalga oshiriladi. Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg’unlashishi, inson hayotiy va sog’ligi uchun xavfsizligi, atrof muhitni muhofaza qilinish, iste’molchilar xuquqini himoya qilinishi, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlar ishlab chiqish ishlari kiritiladi. Standarlashtirish bo’yicha yillik reja RH O’z 51.040-95 (Planirovanie respublikanskoy standartizatsii) rahbariy hujjat talablariga asosan to’ziladi. Buning uchun standartlashtirish bo’yicha yuqorida ko’rsatib o’tilgan standartlashtirish bo’yicha ob’ekt va sub’ektlarning standartlashtirish bo’yicha o’zoq muddatga mo’ljallangan dasturlari va ish rejalari asos qilinib olinadi.
Davlatlararo standartlar va standartlashtirish bo’yicha respublika me’yoriy hujjatlari davlatlararo standartlashtirish va respublika davlat standartlashtirish tizimlarining talablari asosida ishlab chiqiladi. Davlatlararo standartlar GOST 1.297 va O’z DSt 1.7-1998, davlat stan-dartlari RST O’z 1.1-92 va RST O’z 1.5-93, tarmoq, standartlari RST O’z 1.9-95 va RST O’z 1.5-93, korxona standartlari RST O’z 1.3-92 va RST O’z 1.5-93 va texnik shartlar RST O’z 1.2-92 va RST O’z 1.593 standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi, qayta quriladi, o’pgartirishlar ki-ritiladi va bekor qilinadi.



Yüklə 225,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə