Vazifalari. Asosiy savollar: Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va vazifalari. Dts talablari va matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Matematika o‘qitish uslubiyati fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 33,05 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü33,05 Kb.
#142769
1   2   3   4   5   6
1-MAVZU

Matematika o‘qitish uslubiyati fanining maqsad va vazifalari


Insoniyat o‘z rivoji davrida yosh avlodga bilimlar berar ekan asosiy e’tiborini o‘z faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib, fanlar asoslarini o‘rgatishga harakat qiladi. Shu sababli o‘quvchilarga barcha bilimlar qatori matematikadan chuqur bilimlar berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika o‘qitish uslubiyati asosiy o‘rinlardan birida turadi.
"Metodika" so‘zi yunoncha "metod" yoki "usul" so‘zidan olingan. Matematika o‘qitish metodikasi (uslubiyati) fani deb jamiyat tomonidan qo‘yilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda matematika o‘qitish usullarini, qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida o‘rganadigan va tadqiq etadigan pedagogikaning bo‘limiga aytiladi.
Matematika o‘qitish uslubiyati fani "matematika pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganadi.
Matematika o‘qitish uslubiyati fani avvalo o‘zaro bir-biriga bog‘lik to‘rtta savolga javob berishi lozim.
Birinchisi – nima uchun matematikani o‘rgatish kerak?

Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish mumkin, o‘z navbatida bu vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar bilan aniqlanadi.


Ikkinchisi – kimni matematikaga o‘rgatish kerak?
Bir tomondan bu savol yosh haqida bo‘lib, qachondan boshlab bolalarni matematikaga o‘rgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur o‘rnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi.
Uchinchisi–o‘rganiladigan matematika mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Yoki nimani o‘rgatish kerak?
Bu savolga javob matematika o‘kitish maqsadlari haqidagi savol bilan mustahkam bog‘liq. Matematika fanidan uni o‘qitish va o‘rgatish uchun qanday hajmda va qanday ma’lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan hisoblanadi.
To‘rtinchisi – matematikani qanday o‘rgatish kerak?
Bu savolga javob matematika o‘qitish uslubiyatining muhim qismi bo‘lib, eng harakatchan, eng ilg‘or va eng qulay o‘qitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targ‘ib qilish talab etiladi.
Matematika o‘qitish uslubiyati fanining asosiy vazifalari quyidagilar: matematikani o‘rganishning maqsadlari va o‘quv predmeti maz- munini aniqlash; qo‘yilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o‘qitish shakllarini yaratish.
Matematika o‘qitish uslubiyati uchta bo‘limdan iborat: matematika o‘qitish umumiy uslubiyati (masalan, o‘qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika o‘qitish xususiy uslubiyati (maktab matematika kursining ayrim bo‘limlari yoki tushunchalari yo‘nalishlarini o‘rganish usul va yo‘llari qaraladi); matematika o‘qitish maxsus uslubiyati (masalan, akademik litsey, kasb-hunar kollej va maxsus o‘quv yurtlarida matematika o‘qitishning xususiyatlari o‘rganilishi mumkin).

  1. Yüklə 33,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə