Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan; - birinchisi - inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
- ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri;
- uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta’siridir.
- Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: |