Kirish
Hozirgi kuda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qila olmaymiz.
Kundalik
turmushimizning barcha yo’nalishlari (ta’lim tizimi, ishlab chiqarish, tibbiyot, iqtisod
va hokazo)da axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish ishlarini tez va so’z
amalga
oshirishda, kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanmoqdamiz.
Kompyuter texnologiyasi ma’lum bir operatsion tizim (sistema) asosida ishlaydi.
Kompyuterni foydalanuvchi ishga tushirishi (yoqishi)
bilan ishga tushuvchi ushbu
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o’rinlar,
mavjud
dasturlar va hokazo) boshqaradi. Foydalanuvchi bilan kompyuter va uning qurilmalari
o’rtasida qulay muloqotni tashkil etib, foydalanuvchi uchun kerakli dasturlarni (amaliy
dasturlarni) ishga tushiradi. Dunyo bo’ylab axborot texnologiyalari sohasida alohida
izlanishlar olib borilmoqda. Kompyuter yaratilganidan
toki bugungi kungacha bir
nechta operatsion tizim (OT) ishlab chiqilgan. Ularning har birining o’ziga
yarasha
yaratilish tarixi bor. Kun sayin dastur va operatsion
tizimlar murakkablashib,
zamonaviylashib, qo’llanish borasida qulaylashtirish ishlari
olib borilishi natijasida
ularning yangi (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda. Ho’zirda
bir-biri bilan
raqobatlashib kelayotgan ikkita operatsion tizim bo’lib, ular Windows va Linuxlardir.