Z nishanova, G. Alimova


muhit darhol bolaning chizadigan rasmlarida aks etadi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə49/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

muhit darhol bolaning chizadigan rasmlarida aks etadi.


Oiladagi noto‘g‘ri munosabatlar ba’zida bir tomonlama affektiv bog‘liqlikni (ko‘pincha onaga bo‘lgan bog‘liqlikni) yuzaga keltiradi. Bunda bolaning tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji susayadi, bolaning xulq-atvori haddan tashqari kattalaiga bog‘liq bo‘lib qoladi, bola, hatto, kuchli salbiy kechinmalar (masalan, o‘zi bog‘lanib qolgan odamga nisbatan rashk)ni his qilishi mumkin. M.M.Koltsova va V.S.Muxinaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, bolada ota-onaga nisbatan rashkning namoyon bo‘lishi oilada yangi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.


Emotsiyalar va hissiyotlar maktabgacha yosh davrida etakchi bo‘lgan faoliyat turi —o‘yinda juda intensiv rivojlanadi. 0 ‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nafaqat etakchi, balki xilma-xil kechinmalarga boy faoliyat turidir .


Emotsiyalar va hissiyotlar bola faoliyati kechadigan ijtimoiy-psixologik vaziyat bilan bog‘liq. Emotsiogen vaziyatlar, ya’ni kuchli kechinmalami uyg‘otuvchi vaziyatlar yangiligi, g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turadi. Bola kattalaiga nisbatan ancha ko‘p emotsiyalami boshdan kechiradi. Buning sababi shundaki, bolaning hayoti tajribasi hali kam bo‘lganligi uchun ko‘p narsa unga g‘aroyib va yangi bo‘lib ko‘rinadi.


Vaziyatga ko‘ra bolaning hissiyot va emotsiyalari ham ijobiy (muhabbat, xursandchilik), ham salbiy (jahl, nafrat) bo‘lishi mumkin. Agar bola ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga ega bo‘lsa ijobiy kechinmalar (stenik kechinmalar) hosil bo‘ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatda bola o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, salbiy (astenik) emotsional kechinmalar paydo bo‘ladi.
Umuman olganda, bolalar hayotiy vaziyatlarga optimistik munosabatda bo‘ladilar, ularga tetik, hayotdan mamnunlik kayfiyati xos. Emotsiya va hissiyotlaming ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish bolalarda maktabga psixologik tayyoigarlikni shakllantirish imkonini beradi. Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri emotsional tayyoigarlikdir. Bu tayyoigarlik nafaqat maktabda ta’lim boshlashni xursandchilik bilan kutib olish, balki shu bilan biiga oliy hissiyotlaming ancha rivojlangan bo‘lishi, bola shaxsining emotsional xususiyatlari shakllangan bo‘lishini taqozo qiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə