Zbekiston davlatchiligining shakllanish asoslari


Boshqaruv tizimi va ilk ilavlatlaı paydo bo‘Iishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə4/8
tarix10.10.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbek Davlatchiligining Shakllanish asoslari

4.2. Boshqaruv tizimi va ilk ilavlatlaı paydo bo‘Iishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari

Yuzlab mingyilliklarni o‘z ichiga olgan insoniyat taıixida dastlabki davlatlar va shaharlaming tashkil topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi — nisbatan keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir.


Davlatchilik jahon tarixida miloddan avvalgi IV mingyillikning oxirlarida Sharqda vujudga kelgan bo‘1ib, insoniyat tamaddunining so’nggi 5 ming yim bilan bog‘lanadi.
Urug‘chilik jamoalarida boshqaruvning ilk shakli ijtimoiy boshqaruv sifatida so‘nggi paleolit davrida vujudga kelgan. Jahon tarixi davrlashtirilishida bu bosqich inson hayotida qarindoshlarning alohida birlashuvi — urug‘i jamoasiga aylana borishi bilan bog‘lanib, ona urug‘i davri — matriarxat deb ataladi.
Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyoning tog‘lar, dashtlar, ko‘l va dengiz bo‘ylarida joylashgan, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan aholining ijtimoiy hayotida matriarxat, ya’ni yoshi katta ayollaming (katta ona) mavqeyi er- kaklarnikiga nisbatan ancha baland edi.
Bu davr urug‘chilik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida qon-qarindoshlik taınoyilining muhinıligi yuqorida ta’kidlandi.
Matriarxatning xususiyati shundan iborat ediki, qarindoshlik ona tomonidan belgilanib, birinchi galda urug‘, oila ichida namoyon bo‘ lgan (bolalarni tarbiyalash, oziq-ovqat mahsulot1arini taqsimlash, ovqat va kiyim-bosh tayyorlash, jamoadagi o‘zaro aloqalarrıi tartibga solish, ichki munosabatlari nazorat qilish).
Ammo mehnat qurollarini yasash, ovchilik va baliqchilik mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va amalga oshirishda erkaklaming ahamiyati katta bo‘ lgan. Shu ta- riqa tashkiliy-boshqaruv faoliyat vujudga kelgan. Bu borada e’tiqod marosimlarini amalga oshirish zaruriyati ham e’tiborga molik.
Xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, bilim va ko‘nîknıalarni avloddan avlodga o‘tkazish jarayoni o‘z tajriba va amaliy bilimlari bilan jamoada ajralib turgan mohir qurolsoz, baliqchi va ovchilarni saralanishiga olib kelgan. Urug‘chi1ik tizimida urf-odamlar va axloqiy xislatlar ustunlik qilib, huquqiy munosabatlar shakllanmagan.
Ibtidoiy jamiyat tarixida ijtimoiy boshqaru tamoyillari var vazifalari turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ular tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, jamoatning ichki munosabatlarini boshqarib turish funksiyalari bilan bog‘langan edi.
Shu tarzda ijtimoiy-iqtisodiy talablari. obro‘-e’tiboriga ega, o‘zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va tajribalari bilan boshqalardan ajralib turgan shaxslaming saralanishiga olib kelgan.
Urug‘ oqsoqoli va qabilalar yo‘lboshchilari jamoalar vakillari yig‘inida («Xalq yig‘ini») saylangan. Ibtidoiy jamiyat tarixida yo‘lboshchi rahbar ijtimoiy foydali faoliyati bilan band bo‘lib, urug‘-qabila odatlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat dastlab siyosiy davlat maqomi darajasiga yetmagan ijtimoiy tashkilot slıaklini o‘zida ifoda etgan.
Qadimgi davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida, turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo‘lgan.
Dastavval, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari — dehqonchilik va chorvachilik qayerda oldîn rivoj topgan bo‘ lsa, o‘sha yerda vujudga keldi. O‘zlashtiruvchi xo‘jalikka (ovchilik, baliqchilik) asoslangan biron-bir jamiyatda davlatlar paydo bo‘lmagan.
Ibtidoiy tarixda (ilk urug‘chilik jamoasi davrida) aholining joylashuvi qon-qarindoshlik aloqalari bilan belgilangan. U yoki bu hududda faqat bitta qon-qar indosh urug‘ a’zolarigina yashagan.
Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllarining taraqqiyoti, aholi joylashuvi hudud- laming kengayishiga, tashqi aloqalarning uzluksiz rivojlanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarish zarurati va boshqa iqtisodiy omillar shuni taqozo etgan.
Shu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlangan. Bunda bir hududda turli urug‘ namoyandalari yashaydigan bo‘1gan. Ana shunday qilib, jamiyatning yangi hududiy tashkiloti vujudga kelgan, o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan katta oilalar paydo bo‘ lgan.
Bu jamoalar vakillari alohida uy-joylar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoqlari bilan chegaralangan, ya’ni, to‘la o‘zlashtirilgan va muttasil xo‘jalik hamda ishlab chiqarish nıaqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda hayot kechirib, o‘z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilishgan.
O‘zbek xalqi, O‘rta Osiyo xalqlari va ularning ajdodlari tarixida ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik tuzumiga bronza davridagi sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik zamin yaratgan edi.
Alohida ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni faqat ichki sabablarga bog‘1iq bo’lmay, Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalar hamda migratsiyalar tashqi ta’sir jarayorılari bilan bog‘liq edi.
Marg‘iyona-Baqtriya hududidan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va bronza buyumlari, o‘ziga xos me’morchilik an’analari nafaqat tashqi savdo va o‘zaro aloqalarning rivojlaganligidan, shuningdek migratsiyalar natijasida sivilizatsiyaning yangi o‘choqlari vujudga kelishidan dalolat beradi.
Qadimgi Sharq davlat markazlari bilan etnomadaniy va iqtisodiy munosabatlar muamınosi dolzarb mavzu bo‘1ib, arxeologiya ma’lumotlari o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologiya va iqtisodiy innovatsiya — yangiliklaming yoyi- lish xususiyatlarini ochib beradi.
Ilk davlatlarning hududiy asosini bir-biriga yaqin joylashgan qo‘shni
dehqonchilik tumanlari tashkil etgan. Xo‘jalik yuritish maqsadida o‘zlashtirilgan hududlarda aholi zich joylashgan bo‘lib, ular qadimgi dehqonchilik tuman-vohalari deb atalgan. Ularning har birida hosildor yerlar va sug‘orish tizimidan tashqari, uy-qo‘rg‘onlar va manzilgohlar, ekin ekilnıagan yerlar va yaylovlar mavjud bo‘lgan.
Qadimgi dehqonchilik tumanlarining tuzilishi tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy muhit bilan bog‘1iq edi. Bir necha tumanlar viloyatni tashkil etgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan bog‘liq holda boshqaruvning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar ma’lum hududlarda joylashgan o‘troq ziroatchilar jamoalari, dehqonclulik voha-tutman va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish va boshqarib turish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Shu tariqa ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlangan. Ikkinchi bosqich jamoaning o‘zini o‘zi boshqaruv muassasalarining yo‘lboshchi hokimiyatiga to’la bo'ysundirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalarning huquqiy tartibi yanada takomillashib boradi.
Bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishga olib keladi. Ilk davlatchilik tizimida boshqaruv iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va hududiy funksiyalar bilan bog‘1iq holda amalga oshirilgan.
Yuqoridagilardan xulosa tarzda ta’kidlash joizki, Qadimgi Sharqning ilk davlatlari («nomlar», shahar-davlatlar) tarixi dastlab jamiyatning qullar va quldorlarga bo‘linishidan boshlanmagan ekan. Jamiyatda qarama-qarshi sinflar paydo bo‘lib, ilk davlatlarning vujudga kelishiga asosiy sabab bo’ldi, degan xulosa, ya’ni davlat kelib chiqishiga oid sinfiy nazariya ko‘p jihatdan tahrirga muhtoj.
Ushbu jarayonning muhim omillaridan biri sinfiy qarama-qarshilikka aloqasi bo‘lmagan jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatidan bo’linishi, jamoalar uning umumiy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida birlashuvi zaruriyatidir.
Bu hol, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga bog‘liq bo‘1gan. Davlatchilik asoslari, siyosiy institutlar shakllangandan so‘ng jamiyatda chuqur ınulkiy va ijtimoiy tabaqalanish jarayonining boshlanishi namoyon bo‘lgan.
Ilk davlatlarning ishlab chiqarish faoliyatida dastlab ozod jamoa a’zolarining mehnati muhim o‘rin tutadi. Aholi sonining o‘sishi ham- da yangi aholi joylasha oladigan hududlarga, bo‘z yerlar va chorva uchun yaylov, ma’danlarga boy manbalarga ega bo‘lish ehtiyoj i katta yo kichik urushlarga sabab bo‘lgan. Doimiy harbiy bosqinlar sha- roitida ba’zi bir davlatlar tor-mor etilib, ba’zi birlari esa kuchayib borgan.
Bosqinchilik urushlari natijasida asirlar va xonavayron ja- moa a’zo1ari qullikka mahkum bo‘lishgan. Qullarning o‘sib borishi bilan ularning mehnatidan binokorlik, sun’iy sug‘orish inshootlarini barpo etish va ishlab chiqarish maqsadlarida keng foydalanilgan.
Shu tarzda tarixda quldorchilik tuzumi Qadimgi Misr, Shumer-Akkad va Ossuriyadek o‘rtamiyona hududga ega davlatlarda (o‘rta podsholik-lar) vujudga kelgan. Ularning iqtisodiy asosini yirik saroy, ibodatxo- nalar va katta oila jamoalarning xo‘jaliklari tashkil etgan. Jarniyatda boy-badavlat kishilar va ayrim to‘q oilalarning obro‘-e’tiboı i, ijti- moiy o‘rni baland bo‘lgan. Shuningdek, o‘rtaho1 va qashslıoq aholi guruhlari hamda qullar mavjud edi. Qadimgi davlatlar rivojining bos- qichlarida, o‘ziga xos xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlar mansub bo‘1gan.
Shu boisdan davlatchilik tarixini davrlashtirish va qadimiy jamiyatlarga oid tarixiy voqealarni qiyosiy o‘rganish dolzarb vazi-fadir. O‘rta Osiyo hududlarida ham ilk davlatlar quldorlik davlatlar sifatida vujudga kelmagan. Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalaming turli xilligini tan olib, mazkur mavzuga oid sinfiy na- zariyadan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Arxeologik manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadikî, ilk temir davri Baqtıiya va Sug‘d jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlami bir necha kichik oilalaıdan iborat xonadon jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uy-qo‘rg‘onlar joylashuvining tashqi belgilariyoq, uyja- moalari aftidan ancha yirik hududiy qo‘shni jamoalarni tashkil qilgani- dan dalolat beradi. Boshqaruv tarkibida uy egalari, shuningdek, ayrim voha- tunıanlarini boshqaruvchilari katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Alohida xonadonlar o‘ rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilab aftidan, ikkinchi darajali bo”ıib borgan.
Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik alo- qalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy-joyiga, ishlab chiqarish qurollarida, shuningdek, qishloq xo‘ja1ik mahsulotlari va chorvalariga ega bo‘lishgan, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zini iq- tisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirishgan. Katta oilali jamoalar shakli jaınoadagi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarakteriga bog‘1iq bo‘1ib, ular jamoatning iqtisodiy jihatdan mustahkamla- nishiga olib keldi.
Uy-qo‘rg‘on egalarining huquqlari ancha yuqori bo‘1ib, ular oila va jamoadaqi islı yurituvchilar sifatida an’anaviy qishloq xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida turli munosabatlari boshqarib turgan. Bu ijtimoiy tuzumda ayrim guruhlar dehqonchilik xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Shuningdek, tuzumda uy chorvachiligi, ixtisoslashgan hunarmand- chilik, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchilar, umuman. ishlab chiqaruvchilar bor edi. Undan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy tizimda rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilish vazifalami amalga oshirgan shaxslar ham mavjud bo' lib. bu toifa kishilariga uy-qo‘rg‘on egalari, j oa oqsoqollari, diniy arboblar, tuman va viloyat hokimlari kirgan. Ular- ning barchasi jamiyat hayoti va ishlab chiqarish tarkibida tutgan o‘mi bilan boshqalardan farq qilgan.


O‘zbekiston hududlarida davlatchilik dehqonclıilikdan ixtisos- lashgan hunarmandchilikning ajralib chiqishi tufayli ilk shahar mar- kazlari asosida rivojlangan. Shahar markazlarining ahamiyati, ayniq- sa harbiy to‘qnashuvlar paytida yanada oshib, ulardan tuman aholisi tomonidan boshpana va ijtimoiy mulkning asosini tashkil etuvchi chorva podalari uchun pana joy sifatida foydalanilgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ilk temir davrida O‘ zbekiston janu- bidagi jamoalarda «uy egasi», «qishloq oqsoqoli», «oqsoqollar ken- gashi», «voha-tuman hokimi» kabi mansablar mavjud edi.
Ijtimoiy tuzumning bu pog‘onasi ilk davlatchilikning yuqori darajasi bo‘lib, u jamoalarning ijtimoiy hayotida o‘z obro‘-e’tibori va ahamiyatini saqlab qoldi. Jamoa uchun tashkiliy boshqaruv keng ko‘ lamdagi qu- rilish, sug‘ orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish paytida zarur edi. Yo‘lboshchi hokimlaming boshqalardan ajralib turishiga qadimgi shalıarlaming ichki qa1’asida ularning alohida joylashgan saroy qo‘rg‘onlari mavjudligi ham guvohlik beıadi. Bu hokinıiyat jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turgan.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ ra, O‘rta Osiyo janubida (Malg‘ iyona-Baqtriya) ilk davlatchilik mil. avv. III mingyillikning oxirlari — II mingyillik boshlarida vujudga kelgan. Ularning markazlari saroy va ibodatxonalarga ega ilk slıaharlar bo‘lgan (Gonur. Dashtli).
O‘zbekiston hududida ilk davlatchilik tizimiga o‘tish bronza davrida boshlanadi. Surxondaryodagi Ulonbuloqsoy-Sherobod qadimiy ziroatchilik vohasi yodgorliklaming o‘rganilishi (Sopolli, Jarqo‘ton) dehqonchilik, me’morchi1ik va hunarmandchilikning yuksak taraq- qiy darajasini ochib berdi. Jarqo‘tonda alohida joylashgan ibodatxona qadimgi Sharqdagi sajdagohlar singari, e’tiqodga oid vazifasidan tashqari, ibodat-xo‘jalik majmuasi mohiyatiga ega bo‘ lgan.
Bronza davrida ibodat marosimlarini tashkillashtiruvchi va ijro etuvchi maxsus ijtimoiy guruhlar — kohinlar paydo bo‘1adi.
Qadimgi Sharqdagi ilk davlatlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan shu boisdan ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanishi jarayoni Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Misol tariqasida, Ikkidaryo oralig‘i (Mesopotamiyada) saroy — ibodatxona — shahar tizimining rivojlanishi ma’lum. Mazkur tizim Gonur, Dashtli va Jarqo‘ton me’morchilik rejasida ham o‘z aksini topgan.
Jarqo‘tonda hukmdor saroyi ham bunyod etilgan.

Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchi- lik va chorvachilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdoı shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik va chor- vachilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ Idi.


Mil. avv. IX—VIII asrlarda dasht chorvador qabilalari hayoti- da ko‘chib yuradigan chorvachilik shakli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchilar qurol-yarog‘ni rivojlantirish, o‘q otish va suvoriy jang qilish sohasida katta yutuqlarga erishib, o‘troq dehqon- chilik aholi uchun juda xavfii kuchga aylanishadi. Bu davrda suvo- riy-jangehi va harbiy yo‘lboshchi1arning mavqei oshadi. Shu tariqa
«harbiy demokratiya» tamoyillariga asoslangan ko‘chmanchi qa- bilalaming dastlabki uyushmalari vujudga keladi. Bunga o‘xshash uyushmaning markazi quyi va o’rta Sirdaryo havzasi dashtlarida joylashgan. Mil. avv. VII—VI asrlarda Sharqiy Kaspiybo‘yi, Janubiy va Sharqiy Oro1bo‘yi oralig‘i hududlarida joylashgan sak-massaget qabilalaming harbiy uyushmasi paydo bo‘ladi.
Mil. avv. VII—VI asrlar o‘rtalarida dehqonchilik voha-tumanlari asosida davlatchilik Baqtriya, Sug‘d, Xorazm va Farg‘ona vo- diysida rivojlanadi. Mil. avv. IX—VII asrlar tarixiga oid «Avesto»da yo‘lboshchilar va hukmdorlarning unvonlari belgilab berilgan —«kavi» (hukmdor, podsho), «sastar» (harbiy yo‘lboshchi), «zantu- pati» (qabila yo‘lboshchisi). Baqtriya va Sug‘d davlatchilik shakli «daxiyusasti» (barcha viloyatlar hududiy bir1ashuvi)ga ancha yaqin bo‘lgan.
O‘rta Osiyoda davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘1gan Amudaryo havZdSİda (Surxon-Sherobod vohasida)
Murg’ob, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holami dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar — Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuZatishinıiz mumkin.
Dastlabki shahar markazlarining paydo bo‘lishi muammOlarİ davlatchilik vujudga kelishi masalalari bilan uzviy bog‘liq mavzu hi- soblanadi. Ilk yozma manbalar
O‘rta Osiyo hududlarida davlatlar vu- judga kelishi haqida nisbatan aniq ma’lumotlar bermaydi. Bu o‘rinda arxeologik ma’1umotlarning ahamiyati beqiyosdir.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi — d£tStlâbki shaharlar va davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kun- ga kelib ko‘p1ab bronza va ilk temir davri yodgorliklarid an ishlab chiqaruvchi xo‘ja1ik bilan bevosita bog‘1iq bo‘lgan metall qurollari topib o“rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng iınkoniyatlar yaratdi.
Bronza davrida hunarmaııdchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etib, asosini ilk slıa- harlar tashkil etgan davlatchilikning shakllanishi uchun muhim oml l bo‘lgan. Dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy-iqtisodiy aloqalar n l g ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Shuningdek, davlatchilikning kelib chiqishida aholi madaniyati, e’tiqodlari va diniy qarashlarning umumiyligi muhim birlashtiruvchi vazifasini bajargan.
So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro
mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallaslıadi. Janu- biy va shimoliy hududlaridan aniqlangan topilmalardagi ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘11aming taraqqiy etganligidan dalolat beradi. O’zbekistonda eng qadimgi davlatlaming shakllanish jarayoni dehqonchilik va chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Ilk temir davriga kelib o‘troq aholi sonining ko‘payishi, hosil- dor bo‘z yerlaming jadal o‘zlashtirilishi va ishlab chiqaruvchi kuch- laming rivojlanishi natijasida aholi joylashish uchun hayotiy zarur hududlarini taqsimlanishiga olib keladi. Daryo vohalariga joylashib olgan ziroatchilar nafaqat ekin maydonlarini kengaytirib borishadi, shuningdek, ular o‘z podalarini boqish maqsadida atrofdagi yaylov-
lardan ham keng foydalanishadi. Ko‘chmanchi chorvadorlar dashtlar hamda o‘troq aholi hududlari chegaralarida (Sharqiy Kaspiybo‘yi va Orol dengizi oralig‘i, Sharqiy Orolbo‘yi, Quyi Amudaryo sohil yerlari, Quyi Sirdaryo, Pomir vohalari va boshq.) joylashishadi.



Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə