112
tartibda depozitga joylashtirilgan pul mablag’lari bo’yicha amalga oshiriladi.
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlar ta’sis
shartnomasida belgilangan (kelishilgan) qiymat bo’yicha baholanadi. Korxona
mulkini boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida berishda moliyaviy
investitsiyalar shartnoma qiymati va berilgan mulklar qiymati o’rtasidagi farqlarni
hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish zarur.
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarning sintetik va analitik hisob
ma’lumotlariga mosligini tekshirish buxgalteriya balansining «Uzoq muddatli
moliyaviy investitsiyalar» (1 bo’lim) va «Qisqa muddatli moliyaviy investtsiyalar»
(II bo’limi satrlari bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftardagi: 0610, 0620, 0630,
0640, 0600, 5810, 5830, 5890-schyotlariing qoldiqlari bilan taqqoslash orqali
amalga oshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalar alohida turlarining mavjudligi va hisobot davri
davomidagi harakati to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya balansiga beriladigan
tushuntirishlarda keltiriladi. Moliyaviy investitsiyalar alohida turlarining hisobot
davri boshi va oxiriga qoldig’i to’g’risidagi ko’rsatkichlar 0610-0690 va 5810,
5830, 5890-schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bilan
solishtiriladi.
Buxgalteriya hisoboti va sintetik hamda analitik hisob registrlari
ko’rsatkichlarini solishtirish) natijalarini auditor tegishli tarzda rasmiylashtiradi.
Dostları ilə paylaş: