Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə13/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.3.3. Induksion relelar


Induksion prinsipda, asosan, ikki turdagi rele tayyorlanadi, aylanuvchi diskli va aylanuvchi silindirsimon rotorli. Birinchi turdagi induksion relelarga hayallash vaqti tokka bog‘liq bo‘lgan maksimal tok relesi , ikkinchi turdagi induksion relelarga esa yo‘naltirilgan quvvat relesi va qarshilik relelari kiradi.
Induksion rele, asosan, cho‘lg‘amlarga ega bo‘lgan harakatlanmaydigan magnit o‘tkazgichlar va tokni yaxshi o‘tkazuvchi materialdan tayyorlangan disk yoki silindr ko‘rinishidagi harakatlanuvchi qism va u bilan mexanik bog‘langan kontaktlardan iborat. CHo‘lg‘amlardan o‘zgaruvchan tok o‘tganda magnit o‘tkazgichlarda o‘zgaruvchan magnit oqimlari hosil bo‘ladi va ular ta’sirida harakatlanuvchi disk yoki silindrda toklar induksiyalanadi. Induksiyalangan toklar va magnit oqimlarning o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi va disk aylanishi yoki silindr ma’lum burchakka burilishi mumkin. Induksion rele faqat o‘zgaruvchan tokda ishlash mumkin.
Aylantiruvchi momentni hosil qilish uchun induksion releda bir biridan fazalari bilan farq qiluvchi kamida ikkita magnit oqim mavjud bo‘lishi zarur. Aylanuvchi diskka ega bo‘lgan RT- 80 yoki RT- 90 turdagi induksion relelarda magnit oqimlardan biri cho‘lg‘amdan o‘tayotgan tok ta’sirida ikkinchisi esa magnit o‘tkazgichning bir qismiga joylashtirilgan qisqa tutashtirilgan cho‘lg‘am yordamida hosil qilinadi .
Harakatlanuvchi silindirsimon yakorga ega bo‘lgan RBM turdagi yo‘naltirilgan quvvat relelarida alohida tokka va alohida kuchlanishga ulanuvchi cho‘lg‘amlar bo‘lib, ular yordamida bir-biridan fazalari bilan farqlanuvchi ikkita magnit oqim hosil qilinadi.


Nazorat savollari

  1. Qanday elementlar elektromexanik elementlar deb ataladi?

  2. Rele qanday vazifani bajaradi?

  3. Elektromagnit relelarning cho‘lg‘amlari va kontaktlari qo‘yiladigan asosiy talablar.

  4. Elektromagnit prinsipga asosan qanday relelar tayyorlanadi?

  5. Maksimal va minimal relelar bir-biridan nima bilan farq qiladi?

  6. Maksimal tok relesining ishga tushish toki deb qanday tokka aytiladi?

  7. Maksimal tok relesining qanday toki deb qanday tokka aytiladi?

  8. Relening kaytish koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  9. Induksion relelarning ishlash prinsipi

  10. Magnitoelektrik relelarning afzalliklari va kamchiliklari

  11. Induksion relelarda aylantiruvchi moment qanday hosil qilinadi?



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə