Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


[122].  Depozit so‘zi lotincha  “depositum”



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

[122]. 
Depozit so‘zi lotincha 
“depositum”
so‘zidan olingan bo‘lib, 
omonat, asrab qo‘yilgan degan ma’nolarni beradi. Depozitlar – bu: 
bank va omonat kassalarga qo‘yilgan omonatlar; 
mijozlarning bankka muayyan talablarini tasdiqlovchi, bank daf-
taridagi yozuvlar; 
kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qo-
g‘ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar); 
bojxona muassasalariga boj va bojxona yig‘imlari tarzidagi 
to‘lovlar uchun oldindan berilgan badallar; 
sud va ma’muriy muassasalarga da’voni va sudga kelishini ta’-
minlash maqsadida o‘tkaziladigan pul badallari. 
Demak, depozit banklarda saqlash uchun topshirilgan pul mab-
lag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlardir. 
 
[123]. 
Depozitlarning quyidagi turlari mavjud: 
talab qilib olinguncha depozitlar; 
jamg‘arma depozitlar; 
muddatli depozitlar; 
jamg‘arma (depozit) sertifikati; 
boshqa depozitlar. 
Talab qilib olinguncha depozitlar
yuridik va jismoniy shaxs-
larning kundalik maqsadlari uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari 
mumkin bo‘lgan (talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi) mablag‘-
lardir. Bank o‘z omonatchilarining birinchi talabiga ko‘ra 
 
Depozitlar
– xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning pul mab-
lag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarini talab qilinishi bilanoq shartnoma 
asosida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘langan yohud 
bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan saqlash uchun 
bankka qo‘yiladigan omonatlardir. Depozitlar banklarning kredit berish, 
faktoring operatsiyalari o‘tkazish, investitsiyalarni amalga oshirishda foy-
dalaniladigan ssuda fondini tashkil qilish manbayi hisoblanadi.


209
ularning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi lozim. 
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra, 
shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning 
boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin. Bu depozitlar bank-
ning jalb qilingan mablag‘larining salmoqli ulushini egallaydi. Ular 
bankning eng arzon resurslari hisoblanadi. Mijozning har qanday vaqtda 
ogohlantirmasdan bu mablag‘larni olishi ehtimoli bankdan yuqori 
likvidlikni saqlash uchun doimo yetarli mablag‘larni kam likvidli, lekin 
yuqori daromad keltiruvchi mablag‘lar hisobiga zaxirada saqlab turishni 
talab qiladi. Shu sababli, bank o‘z omonatchilariga anchagina past foiz 
to‘laydi. Depozitlarning harakatchanligi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, 
bank ulardan kredit berishda foydalanadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə