Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
[84]
. Quyidagilar aktivlarning likvid ta’minoti vazifasini bajaradi: 
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining so‘zsiz kafolati; 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati; 
banklarda ochilgan hisobvaraqlarda erkin ayirboshlanadigan va-
luta shaklidagi garov; 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qimmatli qog‘ozlari shakli-
dagi garov; 
andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va 
kumush quymalari shaklidagi garov. 
Шубҳали
активлар
4.
Умидсиз
активлар
5


128
Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega deb hisoblanadi: 
ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan yerga bo‘l-
gan huquqni hisobga olgan holda; 
ko‘chmas mulk; 
xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari; 
yuridik va jismoniy shaxslarning kafolatlari. 
Aktivlar bo‘yicha ta’minot hisoblanuvchi garov bank tomonidan 
kreditni qoplashni asosiy manbayi deb hisoblanmasligi kerak. Garov 
kreditni to‘lashning ikkilamchi manbayi deb qaralishi kerak. Xavfsiz va 
ishonchli faoliyat andozalariga muvofiq tarzda banklar garovni kreditni 
qaytarishning asosiy vositasi deb hisoblangan holda, kredit bermasliklari 
kerak, shunga muvofiq ravishda bank asosiy qarz summalarining 
qaytarilishini va garovni sotishdan olinadigan foizlarni baholashi kerak. 
[85]
. Aktivlarni tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan, 
bank kafolatlari, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar 
uchun qo‘llaniladi va balansdan tashqari majburiyatlarni tasniflashni 
ham ko‘zda tutadi. 
Mazkur tizim bank boshqa aktivlari, jumladan, investitsiyalar, qim-
matli qog‘ozlar oldi-sotdisi, olishga doir hisobvaraqlar, uchinchi shaxs-
lar nomidan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha sotib olingan talab qilish 
huquqi va qaytarilmaslik xatari mavjud bo‘lgan boshqa aktivlarni baho-
lashda ham qo‘llanilishi mumkin. 
Kreditni tasniflash tizimi quyidagi mezonlar bo‘yicha qarzdorni 
baholashdan boshlanadi: 
tendensiya va tarmoq (iqtisodiy sektor) kelajagi; 
qarzdorning moliyaviy ahvoli; 
mijozning kredit tarixi; 
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi (nizomi); 
korxonadagi rahbarlik va boshqarish sifati (agar kredit korxonaga 
berilsa). 
Kredit tahlili va aktivlar tasnifi natijalari qarz oluvchining moli-
yaviy ahvoli, kreditlarni to‘lash tarixi va tegishli tarzda rasmiylash-
tirilgan garovning mavjudligi kabi omillarga bog‘liq. Ushbu omillarni 
kredit portfeli va tijorat bankining boshqa aktivlariga xos bo‘lgan 
tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo‘llash juda muhimdir. 
Markaziy bank Boshqaruvining 1996-yil 20-iyul 242-sonli «Tijorat 
banklari va ularni sho‘balari tomonidan tashkil etilgan ssudalar bo‘yicha 
yo‘qotish ehtimolligida aktivlarni tasniflash, zaxiralarni shakllantirish 


129
va foydalanish tartibi» haqidagi yo‘riqnomaga muvofiq ssudalar 
bo‘yicha yo‘qotish ehtimolini qoplash uchun zaxiraga o‘tkaziladigan 
mablag‘larning quyidagi mezonlari o‘rnatilgan (14-jadval). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə