Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning shakl va



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

2.2. Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishning shakl va 
ko„rsatkichlari 
 
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish asosiy turdagi 
mahsulotlarni va hajmini oshirish va barcha agrosanoat majmuining iqtisodiy 
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Qishloq 
xo‗jaligining 
ixtisoslashuvi 
mehnatning 
ijtimoiy 
taqsimlanishisifatida, alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarishning ustuvorligi 
sifatida, ba‘zanesa tayyor mahsulot ishlab chiqarishdagi alohida bosqichining 
bajarilishi sifatida ifodalanadi. Bu eng avvalo, ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan obyektiv dinamik jarayondir.
Qishloq xo„jaligini ixtisoslashtirish katta iqtisodiy ahamiyatga 
ega:birinchidan, 
moddiy va moliyaviy resurslarni raqobatbardosh mahsulot 
ishlab chiqarishga jamlash (konsentratsiyalash) imkonini beradi; 
ikkinchidan,
ilmiy-texnika taraqqiyoti, tarmoq rivojlanishining sanoat yo‗liga o‗tishi uchun 
zarur sharoit yaratadi
uchinchidan,
mehnatni tashkil etish shaklini 
mukammallashtirishga imkon beradi; 
to„rtinchidan,
ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam beradi.
Qishloq xo„jaligini ixtisoslashtirish tarmoqlar xususiyatlariga bog„liq: 
takror ishlab chiqarishning iqtisodiyot va biologik qonunlarini qo‗shib yuborish, 
ishlab chiqarishning mavsumiy va hududiy xarakteri, mahsulotlarning ko‗p 
turlarining qisqa muddatlarda kelib tushishi, tez buziladigan mahsulotlarning 
katta hajmi, mahsulotlar va boshqa ayrim narsalarning bir tekisda iste‘mol 
etilishi. Bu xususiyatlar ixtisoslashuvning shakllariga sur‘ati va umuman butun 
jarayoniga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi.
Qishloq xo‗jaligida mehnatning bo‗linishi sanoatdagidek chuqur bo‗lishi 
mumkin emas, chunki unda ixtisoslashuv bilan bir qatorda, mahsulotlarning 
alohida turlari bo‗yicha, texnologik jarayonlar bo‗yicha ham mehnatni bo‗lish 
amalga oshiriladi. Uncha ko‗p bo‗lmagan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishgina tor doirada ixtisoslashgan korxonalarga jamlanib, butunlay 
mustaqil sifatida ajratilishi mumkin. Bunga parrandachilik fabrikalari, mol va 
qo‗y go‗shti yetishtirish uchun bo‗rdoqiga boqish komplekslari, issiqxona
uzumchilik va bog‗dorchilik xo‗jaliklari kabilar kiradi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish uning rivojlanishiga 
yordam beruvchi yoki rivojlanishini to‗xtatib qo‗yishga olib keluvchi ko‗plab 
omillar ta‘siri ostida yuz beradi.
Ixtisoslashuvning chuqurlashuviga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etish asosida texnikalar, texnologiyalarni mukammallashtirish va shu 
asosda ishlab chiqarishni tashkil etish, yaxshi yo‗l transport kabilarning 
mavjudligi yordam beradi. Korxonalar yuqori darajada ixtisoslashgandagina 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashni amalga 
oshirish, ishlab chiqarish va mahsulotlarni qayta ishlashning intensiv va 


33 
tejamkor texnologiyalarini joriy etish, mehnatning tashkil qilishning ilg‗or 
shakllaridan foydalanish mumkin bo‗ladi.
Ixtisoslashishni kechiktiradigan omillar – bu yerdan, suvdan, texnika va 
mehnat resurslaridan oqilona foydalanmaslik, o‗zini-o‗zi ta‘minlashga intilish, 
qo‗shimcha mahsulotlardan foydalanish, xo‗jalikning iqtisodiy barqarorligini 
ta‘minlash zarurati kabilardir. Bundan tashqari, yuzaga kelgan iqtisodiy 
sharoitlarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirishning zarur texnik asoslari yo‗qligi 
ham ta‘sir ko‗rsatadi.
O‗simlikchilikda tor doirada ixtisoslashuv samarasiz, chunki ko‗pgina dala 
ekinlari mavjud agrotexnika qoidalariga ko‗ra, biologik shartlariga ko‗ra, har 
yili bir joyga ekilavermaydi. Ularni almashlab ekish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Shu bilan birga yer massivlarining tabiiy maydalanishi, tuproq tarkibi, relyefi va 
boshqa belgilari bo‗yicha ularning bir uchastkadan turlicha xo‗jaligi yuritishda 
foydalanishni talab qiladi va bu ma‘lum ekin va tarmoqlar yig‗indisiga ega 
bo‗lish zaruratini keltirib chiqaradi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish asosiy yoki yetakchi 
tarmoqni ajratish va ularning ustuvor rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish 
hisoblanadi. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi quyidagilar hisobiga amalga 
oshirilishi mumkin:

tovar ishlab chiqarish tarmoqlari sonining qisqarishi;

intensivlashtirish asosida asosiy tarmoqda ishlab chiqiladigan mahsulotlar 
hajmini oshirish;

asosiytarmoq tovarliligini oshirish.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə