Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə6/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Mutaxassisning vazifalari:
Hamshiralik ishi bo'yicha mutaxassislar davolash-profilaktika (diagnostika markazlari. tug'ruqxonalar, ayollar maslahatxonalari, tajribaxonalar, QVP), ilmiy-tadqiqot muassasalari, SES, sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish uchun tayyorlanadi.
Kunduzgi statsionarlar, uy sharoitidagi statsionarlar, ambulatoriya, jarrohlik markazlari, qishlok vrachlik punktlarini yaratgan holda ambulatoriya, poliklinika yordamini kuchaytirish orqali kasalliklarning oldini olish hozirgi kunda ham O'zbekistonda ustivor yo'nalish bo'lib qolmokda.
Hozirgi davrda bizning Respublikamizda hamshiralik ishi mutaxassislarining majburiyatlari ro'yxatiga vrachlarning quyidagi vazifalari kiritilgan:
1. Bemorlarni operatsiyadan keyin parvarishlash, operatsiya jarohatining holatiga baho berish, chok iplarini olish va boshqalar,
2. Hushini yo'qotgan bemorlar nafas olmayotgan holda yurak, o'pka reanimatsiyasini o'tkazish.
Tayyorlanayotgan yuqori malakali tibbiyot hamshirasi reanimatolog, anesteziolog, operatsiya xonasi hamshirasi, tug'ruqxonaning doyasi sifatida ishlashi mumkin.
Respublikamizda kasbiy mahoratga ega bo'lgan va tibbiyot texnikasi doimo yangilanib turadigan sharoitga tez moslasha oladigan, madaniy-intellektual saviyasi yuqori bo'lgan, yuridik huquqlarni anglagan va maxsus qonunchilik bilan himoyalangan mutaxassislarga ehtiyoj sezilmokda.
Tashxis qo'yishga, davolash-diagnostika jarayonining teng huquqli ishtirokchisi bo'lishga qodir rahbarlik darajasiga ko'tarilishga imkoniyati bo'lgan hamshiralik ishi mutaxassislarini tayyorlash vaqti keldi.


1.2. XALQARO «LEMON» DASTURIDA HAMSHIRALIK ISHI HAQIDA
Hamshiralik va doyalikning ma'nosini to'la tushunmoq uchun hamshiralik masalalariga bag'ishlangan bir qancha ma'lumotlarni o'zlashtirib olishga to'g'ri keladi.
Keyingi vaqtlarda gazeta va jurnallarda «LEMON» atamasi tez-tez tilga olinadigan bo'lib qoldi.
«LEMON» inglizcha Learning Materiales On Nursing so'zlarining qisqartma tarzida berilishi bo'lib, «hamshiralik ishi bo'yichao'quv materiallari» degan ma'noni anglatadi.
«LEMON» Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining tibbiyot hamshiralari, doyalar, feldsher va boshqa o'rta tibbiyot xodimlarini hamshiralik ishi bo'yicha o'quv materiallari bilan ta'minlash borasidagi loyihasidir. U sobiq SSSR hududida tashkil topgan yangi mustaqil davlatlar hamshiralari uchun mo'ljallangan.
«LEMON» loyihasi «Hamma sog'lom bo'lsin!» shiorini amaliyotga keng tatbiq etish ishlariga xizmat qiladi.
«LEMON» to'plami 1988 yil Vena konferensiyasida hamshiralik ishi sohasida boshlang'ich tayyorgarlik o'quv dasturi bo'yicha berilgan barcha tavsiyalarga asoslanilgan holda tayyorlangan bo'lib, u 12 bobdan iborat.
«LEMON» loyihasi boblari mavzularini bilish muhim ahamiyatga ega. Ular quyidagilardan iborat:
1. Hayot sayaomatlik va atrof-muhit.
2. Hamshiralik ishi va ijtimoiy fanlar.
3. Muloqot-munosabatlar.
4. Sogliqni mustahkamlash va tibbiy-sanitariya bilimlari.
5. Hamshiralik jarayoni va hujjatlar.
6. Fiziologiya va anatomiya masalalari.
7. Ota va onaning sog'ligi.
8. Hamshiraning klinik amaliyoti.
9. Kasb etikasi va axloqi masalalari.
10. Hamshira salomatligi va mehnat xavfsizligi.
11. Hamshiralik ishidagi asosiy o'zgarishlar.
12. O'quv ma'lumotlariga oid ko'rsatkichlar, . Sog'liq mavzusi barcha boblarning bosh g'oyasidir.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə