Зиёдулла Давронов


tabiat haqidagi, texnika haqidagi va ijtimoiy-gumanitar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

tabiat haqidagi, texnika haqidagi va ijtimoiy-gumanitar
fanlar.
Bu guruhlarning har biri o‘zlarining shajarasiga egadir. Ammo shu
fanlar ichida falsafa, aniqrog‘i dialektika barcha fanlarning
metodologiyasidir. U barcha fanlarda mavjud, barcha fanlar esa unda
mavjuddir. Har bir jismning, hodisaning o‘zagi bo‘lganidek, fanlarning ham
o‘zagi bo‘lib, bu o‘zakni dialektika tashkil qiladi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, har bir fan o‘zining shajarasiga ega. Masalan, falsafaga -
falsafa tarixi, global va regional falsafa (sharq, g‘arb va b.), siyosat falsafasi
– milliy g‘oya va mafkura falsafasi, huquq falsafasi, din falsafasi, mantiq
falsafasi, madaniyatshunoslik falsafasi, estetika falsafasi, texnologiya
falsafasi, texnika falsafasi, tabiat falsafasi, ijtimoiy falsafa, antologiya,


17
genoseologiya, inson falsafasi, jamiyat falsafasi, fan falsafasi, qadriyatlar
falsafasi, ma’naviyat, iqtisodiyot falsafasi va boshqalar kiradi.
Hozirgi zamonda dunyoda 2000 dan ortiq fanlar o‘qitiladi, bu
fanlarning barchasi ijod bilan bog‘langan. Demak, inson faoliyatini fan
taraqqiyotisiz tasavvur qilish qiyin. Odamlar fan yordamida maqsadlariga
erishadilar.
Bilim fan orqali olinadi. Bilim kuch va ma’rifatdir. Fan bor ekan
nodonlik va bid’at, toqatsizlik va tartibsizlik va turli to‘siqlar rivojlanish
yo‘lidan olib tashlanadi. Ularga barham berish fan va ijodning vazifasidir.
Inson qancha ma’rifatli bo‘lsa, u jiddiylashib boradi, axloqliroq,
madaniyatliroq bo‘ladi. Zero insonlarning ma’rifatli bo‘lishi, olg‘a qarab
harakat qilishi demakdir. Ma’rifatli kishi o‘z manfaatiga axloqiy jihatdan
yondashadi. Ijod qilishda turli uslub va nazariyalardan foydalanadi. Shu
jarayonning o‘zida yangi fanlar ham paydo bo‘ladi. Fanlarni ham uquvli,
talantli, buyuk shaxslar yaratadi. Fanning yana bir xususiyati shundaki, u
tabiatning rivojlanishi va jamiyatning moslashishi, yashab turmush tarzini
o‘tkazishning himoya vositasi hamdir. Himoya esa turli metodlardan
foydalanish asosida boradi. Bunday metodlarga abstraktlashtirish, tajriba
o‘tkazish, kuzatish, shakllantirish, (modellashtirish) matematiklashtirish,
tahlil va sintez qilish, tarixiylik-mantiqiylikdan foydalanish, induksiyalash-
deduksiyalash va boshqalar kiradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə