Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43

35
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Dunyo okeani, dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, havza, Magellan,
Dreyk, Yanszon, Varenius, J. Pikar.
Nazorat uchun savollar
1. Dunyo okeani qismlari deganda nimani tushunasiz?
2. Dunyodagi eng katta bo‘g‘izlar qaysi?
Amaliy topshiriqlar
1. Dunyoning tabiiy xaritasidan okean va dengizlarni toping.
2. Yozuvsiz xaritaga okeanlar hamda ularning ayrim qism-
larini tushirib, nomlarini yozing.
14- §. Dunyo okeani tubining
geologik tuzilishi, relyefi
Geologik tuzilishi.  Dunyo okeani tubi yirik litosfera pli-
talaridan tashkil topgan. Lekin ular materiklar bilan birga yax-
lit litosfera plitalarini tashkil etganligi uchun materiklar nomi
bilan ataladi. Faqat Tinch okean tubi mustaqil litosfera plitasi
tariqasida ajratiladi.
Okean tublarida daryo, dengiz to‘lqinlari va oqimlari, sha-
mol, aysberglar keltirgan yotqiziqlar, hatto organizmlar va
kosmik changlar cho‘kindi jinslar qatlamini hosil qiladi.
Terrigen, ya’ni vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘-
liq cho‘kindilar qirg‘oq yaqinida bo‘ladi. Terrigen yotqiziqlar
Dunyo okeanining 25 % ini qoplaydi.
Okean tagi esa nobud bo‘lgan dengiz organizmlari qoldiq-
laridan hosil bo‘lgan cho‘kindilar, ya’ni okean loyqasi bilan
qoplangan.
Okeanning qirg‘oqdan uzoq eng chuqur qismlarida qizil
tusli okean gili to‘plangan. U Dunyo okeani tagining 36 % ini
qoplab yotadi. Okean gili jigarrangdagi gilsimon balchiqdan
iborat. U okeanning 5 000 m dan chuqur qismlarida bo‘ladi.


36
Okean tubi relyefi. Dunyo okeani tubi relyefi juda murak-
kab tuzilgan. Okean tubida materik sayozligi, materik yonbag‘ri,
materik etagi, okean tubi botiqlari, o‘rta okean tizmalari va
eng chuqur cho‘kmalar kabi yirik relyef shakllari mavjud.
O‘rta okean tog‘ tizimining umumiy uzunligi 60 ming km dan
ortiq bo‘lib, u barcha okeanlarni kesib o‘tgan va bir qancha
tarmoqlarga bo‘lingan (9- rasm).
Atlantika okeanida Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika,
Braziliya, Angola; Tinch okeanda Shimoli-sharqiy, Shimoli-
g‘arbiy, Markaziy, Janubiy va Chili; Hind okeanida Somali,
Markaziy va G‘arbiy Avstraliya kabi botiqlar bor. Antarktida qir-
g‘oqlari yaqinida Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida va
Bellinsgauzen botiqlari bor.
Dunyoning tabiiy xaritasida beshta havzani ajratish mumkin.
Ular Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeani havzalari
va berk havzalardir. Daryo qaysi havzaga o‘z suvini quysa, o‘sha
havzaga tegishli bo‘ladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Okean tubi relyefi, materik sayozligi, materik yonbag‘ri,
materik etagi, okean tubi botiqlari, o‘rta okean tizmalari.
9- rasm. Okean tubi relyefi.
materik
sayozligi
okean
tagi
materik
yonbag‘ri
materik
etagi
chuqur
cho‘kmalar
o‘rta
okean
tizmalari
orollar


37
Nazorat uchun savollar
1. Dunyo okeani tubi qanday yotqiziqlardan iborat?
2. Okean tubi relyefi qanday tuzilgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Okean tubi relyefining asosiy shakllarini daftaringizga
yozing.
2. Tabiiy geografik xaritadan okean havzalarini toping.
15- §. Okean suvining
xususiyatlari
Okean suvining sho‘rligi. Dunyo okeani suvining asosiy
xususiyati sho‘rligidir. Agar suv tarkibidagi tuz miqdori 1 litr
suvda 1 grammdan kam bo‘lsa, chuchuk, ortiq bo‘lsa, sho‘r
suv deb ataladi.
Shuning uchun 1 litr suvda erigan moddalar (gramm yoki
promilledagi) miqdori suvning sho‘rlik darajasini bildiradi.
Dunyo okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰ bo‘lib, unda har
xil moddalar: tuzlar, organik moddalar, erigan holatdagi me-
tallar uchraydi.
 Ekvatorial zonaga (34 — 35 ‰) nisbatan tropik mintaqa-
larda suvning sho‘rligi ancha yuqori (Tinch okeanda 36 — 37 ‰,
Atlantika okeanida 37,9 ‰). Okeanning ochiq qismida suvning
sho‘rligi 33 ‰ dan 37 ‰ gacha, dengizlarda 2 ‰ dan (Fin
qo‘ltig‘i) 42 ‰
 
gacha (Qizil dengiz) o‘zgaradi.
  Okean suvining harorati. Dunyo okeani suvlarining haro-
rati geografik qonuniyat asosida o‘zgarib boradi. Suv yuzasi-
ning o‘rtacha yillik harorati 17,54 °C ga teng. Ochiq okeanda —
2°C dan 29 °C gacha o‘zgaradi. 5 — 10 °C shimoliy kengliklarda
yuza suvining o‘rtacha harorati 27 — 28 °C. Lekin tropiklarda
bu harorat 25 — 27 °C ni tashkil etadi. Qutbiy o‘lkalarda harorat
–1 –2 °C gacha pasayadi.


38
Dunyo okeanining suvi kenglik va uzunlik bo‘yicha o‘zgarishi
bilan birga, chuqurlik tomon ham o‘zgaradi. Okean tubida ha-
rorat 1 000 m dan chuqurda, o‘rta hisobda 2 — 3 °C atrofida
bo‘ladi.
Okean suvlari –2 °C da muzlaydi. Dunyo okeanining eng
issiq suvi Fors qo‘ltig‘ida, eng sovug‘i qutbiy doiralar ichka-
risida kuzatiladi.
Okean oqimlari. Dunyo okeanidagi suvning harakati oqim-
lar, qalqishlar va to‘lqinlar kabi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo‘nalgan
gorizontal harakati okean oqimlari deb ataladi. Bir tomonga
esadigan shamollar ta’sirida okean suvining 1 500 m gacha
qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi.
Okean oqimlari haroratiga ko‘ra iliq  va sovuq  oqimlarga bo‘-
linadi. Qutblardan ekvator tomon tub sovuq oqimlar, ekvatordan
qutblar tomon yuza iliq oqimlar harakatlanadi. Bu o‘ziga xos
„sovitgich-isitgich“ mashinasini barpo etadi. Bunday jarayon
„okean — atmosfera“, „okean — materik“ tizimida ham kuza-
tilib, materiklar tabiatining rang-barang bo‘lishiga olib keladi.
Dunyo okeanidagi Shimoliy va Janubiy passat oqimlari,
Passatlararo qarshi oqim va G‘arbiy shamollar oqimi (uzunligi
30 ming km) asosiy oqimlardir.
Quyosh va Oyning tortish kuchi ta’sirida Dunyo okeani
suvlarida qalqish hodisasi (sutka davomida ikki marta ko‘tarilib,
ikki marta pasayadi) bo‘ladi. Ochiq okeanda suvning qalqish
amplitudasi 1 — 2 m dan oshmaydi. Lekin materik qirg‘oqlarida
to‘lqin balandligi ortadi.
Shamol ta’sirida hosil bo‘lgan to‘lqinlar balandligi okean-
larda 4 m gacha, ayrim holatlarda 7,5 m, uzunligi 90 — 100 m
(ba’zan 800 m) atrofida bo‘ladi. Eng baland to‘lqin (34 m)
Tinch okeanning shimoliy qismida qayd qilingan. Tropik va
mo‘tadil kengliklarda dovullar tez-tez kuzatiladi. Dahshatli
to‘lqinlardan biri sunami (yaponcha — ajal va vayronalik kel-
tiruvchi to‘lqinlar) zilzila va harakatdagi vulqonlar ta’sirida
hosil bo‘ladi. Ochiq okeanda balandligi 1 m dan oshmaydi.
Lekin qirg‘oqqa kelganda 10 m, ayrim paytlarda 50 m ga


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə