@ImtihonJavoblari2021Uz
qat’iyan taqiqlanadi.
Geografiya
10-sinf
1-BILET
1. Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi.
Ma’lumki, geografi ya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadi-
gan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, 5-sinfda
Siz geografi yaga
“Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb
berilgan ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografi ya fanining o‘rganish
obyekti geografi k qobiq ekanligini ham bilib oldingiz. Geografi k
qobiq
sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv
(gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (bio- sfera) qobiqlarining o‘zaro
tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va
rivojlanayotgan juda
murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografi k qobiq insoniyatning
yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy resurslarning asosiy
manbayi hisoblanadi.
Geografi k qobiq, o‘z navbatida, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab katta-
kichik tabiiy geografi k
birliklarga, ya’ni quruqlik va suvlik, ma- teriklar va
okeanlar, tabiiy geografi k o‘lkalar, tabiat zonalari, provinsi- yalar, tabiiy
geografi k okruglar va hokazolarga bo‘linadi hamda bular- ning barchasi
geografi ya fani tomonidan har tomonlama tadqiq etiladi. Shuningdek,
geografi ya jamiyatning tarixiy rivojlanishi mobaynida pay- do bo‘lgan
hududiy tuzilmalar – mamlakatlar, viloyatlar, shahar
va qishloqlarni ham
o‘rganadi.
Geografi k qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni bosh-
qa fanlar ham o‘rganadi, lekin aynan geografi ya bu obyekt va jarayonlarni o‘zaro
bog‘liqlikda, ma’lum hudud chegaralarida bir butunligicha tadqiq ьetib, hududlar va
butun Yer yuzi haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvurni shakllantiradi. Geografi ya fan
sohasi sifatida
tarkib topgandan buyon, ayniqsa, hozirgi davrda, uning uchun tabiat va
jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Demak,
zamonaviy sharoitda geografi ya – geografi k qobiq ichidagi tabiiy hamda ijtimoiy jara
yon, hodisa va obyektlarni o‘zaro aloqadorlikda va bir butunlikda, ma’lum makon va
zamonda o‘rganadigan fan bo‘lib rivojlanib kelmoqda.
2.
«Demografik portlash» va «Eksklav» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
So‘nggi yillarda aholishunos olimlar «demografik portlash»ga nisba-
tan deyarli nihoyasiga yetib borayotgan jarayon sifatida baho berayotgan bo‘lsalar-da,
Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida aholining yillik tabiiy ko‘payish darajasi hali
ham yuqori darajada kuzatilmoqda. Shu bilan birga jahonning rivojlangan davlatlarida
tabiiy ko‘payishning manfiy holati – demografik inqiroz
yoxud depopulyatsiya
(tug‘ilishning o‘limga nisbatan pastligi) yuzbermoqda.
Bu holatni hozirgi kunda
Yevropaning turli davlatlarida (masalan, Germaniya, Ukraina, Serbiya va b.)kuzatish
mumkin
3.
Dunyoning siyosiy xaritasidan to‘laligicha Grinvich meridianidan g‘arbda joylashgan
Yevropa davlatlarini ko‘rsating. Bu davlatlar Yevropaning qaysi subregionlarida