Geografiya 10-sinf 1-bilet



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#98697
1   2   3   4
10-sinf geografiya namuna @imtihonjavoblari2021uz 5447187256

Admin @imtihon_01
"zamonaviy barqarorlik” deb ataluv chi demografik vaziyat vujudga keladi. Ba’zida
demograf k o‘tish jarayoni bu holat bilan chegaralanib qolmasdan, depopulyatsiya
bosqichiga ham o‘tib ketadi.
Dunyoning turli mamlakatlari demografik o‘tishning har xil bosqichini boshdan 
kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, 
Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va 
aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va 
Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda
yetakchilik qilayotgan Xitoy ham demografik o‘tishning yakuniy bosqichiga
kirdi. Lotin Amerikasi va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida
ham o‘xshash demograf k vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy 
ko‘payishining eng past ko‘rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya,
Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotidagi
davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy 
kamayishi sodir bo‘lmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tishning 3-bosqichini 
kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. 
Demografi k o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. 
Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi
tabiiy ko‘payishining yuqori darajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil
yakunlari bo‘yicha, jahonning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta
yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa 
faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan. Demak,
dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar 
demografik o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsa lar, Afrikaning ijtimoiyiqtisodiy jihatidan
eng sust rivojlangan mamlakatlari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi.
Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng
qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo aholisi har
yili o‘rtacha 70–80 mln kishiga ko‘paysa, bu ko‘payishning 97% Afrika, Osiyo va 
Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarning demografik vaziyatidagi tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi, shaharlashuv, aholining turmush tarzi va an’anaviy qadriyatlarning 
saqlanganlik darajasi kabi omillar bilan bog‘liq.
 
2. «Geoid» va «Qor chizig‘i» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. 
Geoid 
(yunocha ge – Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”,
“Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va 
muvozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan 
farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik 
kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.


Qor chizig‘i – tog‘lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor yil bo‘yi erimay 
turadi.
 
3. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan birdaniga uchta davlatga chegaradosh 
bo‘lgan viloyatlarni ko‘rsating. Ularning qaysi biri ekvatorga yaqinroq joylashgan? 
viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə