Geologik kartalarni o’qishni o’rganish. Geologik xaritani quyidagi tartibda o’qsh tavsiya etiladi



Yüklə 55,23 Kb.
tarix11.04.2018
ölçüsü55,23 Kb.


Geologik kartalarni o’qishni o’rganish.
Geologik xaritani quyidagi tartibda o’qsh tavsiya etiladi.

1.Xaritaning nomi, masshtab va qabul qilingan shartli belgilar bilan tanishish.

2.Relyef turlarini ajratish va tavsiflash. Xaritada tog’li (juda ham baland tog’li – absolyut balandligi 2000 m dan yuqori; o’rtacha balandlikdagi tog’li- absolyut balandligi 700-2000 m; past tog’li- absolyut balandligi 700 m dam kam), tekislik va past-baland ko’rinishdagi relyeflarni ajratish lozim. Ayniqsa relyefning yirik tektonik, erosion va akkumulyativ shakllariga e’tibor berish kerak.

3. Xaritada relyefning tuzilishini ko’rsatuvchi gorizontal chiziqlarning joylashishi, tog’ jinslarining holati va stratigrafik chegaralariga e’tibor berish. Ilgari aytib o’tilgandek , to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan jinslar gorizontal holatda yotgan bo’lsa, qatlamlar orasidagi chegaralar gorizontal chiziqlarga parallel, monoklinal holatda yoki bukilmalar hosil qilib yotgan bo’lsa, bir necha gorizontal chiziqlar

bilan kesilgan bo’ladi. Agar qatlamlarning birlamchi yotish holatlari uzilmalar, bukilmalar ta’sirida o’zgargan bo’lsa u holda maydonda ko’p uchraydigan yirik bukilmalarning cho’ziqligini va qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash kerak. Ayniqsa magmatik tog’ jinslarining yer yuzasiga chiqqan qismlariga va qatlamlarning yoriq bo’ylab siljishiga e’tibor berish lozim. Shuningdek, geologik strukturalar bilan relyefning o’zaro bog’liqligini ham hisobga olish zarur.

4.O’rganilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma qismiga taaluqli ekanligini aniqlash. Geosinklinal qism yer qobig’ining kuchli burmalanishi va mayda bo’laklarga (qismlarga)bo’linishi, cho’kindi jinslar qalinligi ko’pligi, magmatik va metamorfik jinslarning ko’p tarqalganligi va juda baland tog’li relyeflarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Platforma qismida esa yer yuzasining relyefi tekis, bukilma va uzilmalar rivojlanmagan, cho’kindi jinslarining qalinligi kichik va magmatik jinslar kam tarqalgan bo’ladi.

5.Tog’ jinslarining litologik tarkibini, yotish holatini, yoshini hisobga olgan holda maydonni tegishli rayonlarga ajratish.

6.Maydonning geologik sharoitlarini tahlil qilish. Maydonning geologik tuzilishiga tushuntirish sharhi yozish. Maydonning geologic kartasini har tamonlama o’rganish va tahlil qilish hamda tanlangan yo’nalishdagi geologik kesmani tuziosh asosida tushuntirish sharhi yoziladi. Tushuntirish sharhi quyidagi tartibda yoziladi:

1.Kirish. Bajariladigan ishning maqsadi va vazifasi, kartaning nomi va masshtabi ko’rsatiladi.

2.Geomorfologiya. Relyefning xususiyatlari, yer yuzasining eng yuqori va eng past joylari, notekisliklari ko’rsatiladi. Daryo vodiylari batafsil yoritiladi, terassa (supalar) soni, ularning kengligi, bir-biriga nisbatan balandligiga izoh beriladi.

3.Maydonning litologik va stratigrafik tavsifini. Maydonga tarqalgan cho’kindi, magmatik va metamorfik jinslarga qisqacha tavsif beriladi va ularning litologik tarkibi, yotish holatlari,qalinligi va yoshi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.

4. Tektonik sharoitlar. Maydonning tektonik tuzilishi qadimga sodir bo’lgan

Tektonik harakatlar natijasi orqali ifodalanadi. Yer qobig’ining yuqoriga aste-sekin ko’tarilishini yoki pastga cho’kishini , egilishini va bukilishini, qatlamlarning burmalar hosil qilib siqilishini, yoriq va uzilmalar pydo bo’lishini va ular orqali qatlamlarning bir-biriga nisbatan surilishini yuzaga keltiruvchi hamda bukilma va uzilmalarni yuzaga keltiruvchi tebranma harakatlarga tavsif beriladi.

Qatlamlarning birlamchi yotish holati o’zgargan yoki uzilmalar va yoriqlar bilan bo’lingan bo’lsa u holda nisbatan yirik bukilmalar elementlari va cho’ziqlik chegaralari aniqlanadi. Ayniqsa qatlamlarning yoriqlar bo’yicha siljishiga, sbros, vzbros, graben, gorst ko’rinishdagi burmalarga , magmatik va metamorfik jinslarning yer yuzasiga chiqqan qismlariga e’tibor beriladi. Tekshirilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklikal yoki platforma turiga mansubligi aniqlanadi.

5.Maydonning geologik rivojlanish tarixi. Tuzilgan stratigrafik kolonka yordamida tog’ jinslarining paydo bo’lishi va geologik strukturalarning rivojlanishiga ta’rif beriladi. Yer qobig’ining ustki qismining – dengiz, quruqlik, tekislik va tog’larning uzoq geologik vaqt davomida o’zgarishi haqida ma’lumotlar beriladi. Arxey, proterazoy, paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralariga oid o’zgarishlarga, taktonik harakatlarga hamda hozirgi relyefni yaratuvchi jarayonlarga ta’rif beriladi.

6.Xulosa. Geologik kartani tahlil qilish asosida maydonning dastlabki geologik ta’rifi beriladi.



р1

8-rasm. Olmaliq rudali tumanining sxematik geologik xaritasi.

1-to’tlamchi yotqiziqlar; 2-paleogen oxaktosh va qumtoshlari; 3-yuqori nadak podsvitasi; 4-quyi nodak podsvitasi; 5-yuqori akchin podsvitasi; 5

Geologik kartalar ularni chizish va o’qish, shartli belgilarida ifodalash.

Geologik kartalar yer shari yoki bir bo’lagining geologik tuzilishini ma’lum masshtabda berilgan shartli belgilar asosida berilgan tekislikdagi grafik tasviri tushuniladi. Geologik kartalariga nazar solsang unda alomat belgilar (rangi, shtrixovkasi, harfli indekslas, gorizontal yoki texnologik yoziqlar) topografik kartani asos qilib olib kartaga tushurilgan yoki unda daryolar, dengizlar, aholi yashash punktlari, yo’llar, joy rel’efi haqida ma’lumotlar gorizontallar yordamida yoki boshqalar ko’rsatiladi.

Berilgan masshtabga ko’ra geologik kartalar tanishish (masshtabi 1:1000000), kichik masshtabli (1:1000000; 1:500000), o’rta masshtabli (1:200000; 1:100000), va katta masshtabli yoki detallar (1:50000) turlarga bo’linadi.

Geologik kartalar ko’p turlarga bo’linadi. Geologik karatalarda ko’pincha yer ustki qismiga chiqib qolgan va tarqalgan hududlar har hil turdagi yoshdagi tarkibdagi tog’ jinslari tasvirlangan. Shuning bilan bir qatorda maxsus geologik kartalar bo’lib ular maxsus o’tkazilgan geologik izlanishlar natijasini tasvirlaydi.



  1. ditologik kartalar, bularda tog’ jinslari har xil tarkibdagi qum, tuproq ohaktoshlarning qatlamlari aks topgan.

  2. gidrogeologik kartalar, bu kartalarda yer osti suvlarning tarqalish hududi, sathi, ularning sifati, tarkibi ko’rsatiladi.

  3. foydali qazilmalar kartasi.

  4. To’rtlamchi yotqiziqlar kartasi. Bu sizlar bilan asosan kichik masshtabli va obrazli umumiy geologik kartalar bilan tanishamiz. Bu kartalarda har xil hududlarda yer qatlamlarining tuzulishini o’rganish hamda yer ustiga chiqqan jinslarning genetic turlari yoki yoshi haqidagi ma’lumotlarni ularning tarkibi yashash holatini o’rganish va o’zlashtirish ancha oson kechadi.

Geologik kartalarning asosiy qismidan yoki ko’rinishlaridan biri bo’lib, ularda hamma ko’rinishlar yagona qabul qilingan shartli belgilar va o’ziga xos bo’lgan ranglar bilan belgilangan kartalarning kompanovkasidan shartli belgilar jadval shaklida kartaning bir burchagida yo istagan joyida yagona prinsip asosida joylashtiriladi. Avvalia shartli belgilar yordamida tog’ jinslarning yoshiga qarab yoshi kichik jinslardan yoshi katta bo’lgan jinslarga qarab (tepadan pastga qarab yoki chapdan o’ngga qarab) qabul qilingan ranglar asosida ko’rsatiladi. Undan keyin magmatik, metamorfik tipdagi tog’ jinslarni ko’rsatuvchi va letologik tarkibini ko’rsatuvchi belgilar chiziladi. Undan keyin kartada tushuntiruvchi belgilar tektonik yoriqlar, qatlamlarning yetish elementlari va smoblar ko’rsatiladi. Umumiy geologik kartalarning tarkibi.

Geologik kartalarning asosi qilib tog’ jinslarning yoshi qabul qilingan bo’lib bu uning mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun bu kartalarni tashkil qiluvchi ranglar soni kartani sifat jihatidan ko’rinishini hosil qiladi. Tog’ jinslarning (xususiy cho’qindi jinslarini) nisbiy yoshini kartadan belgilashda II xalqaro geologik kongresda (Italiya, Boloniya 1881 y ) qabul qilingan jahonda tan olingan yagona ranglar bilan ranglash, rus geologi akademik A. P. Karpinskiyning taklifiga ko’ra qabul qilingan.Shu shkalaga muvofiq SNG davlatlarida chiqarilayotgan ko’rgazma kartalarda geologik tizimlarni ranglashda quyidagi ranglar qabul qilingan (kartaga qarang).



  1. To’rtlamchi (antropogen) – ochiq pushti (бледно палевый)

  2. Neogen qatlamlar - sariq, limon simon

  3. Paliogen - ochiq qizil (оранжевый)

  4. Bur - yashil

  5. Yura - ko’k

  6. Trias - binafsha

  7. Perm - ochiq jigarrang

  8. Tosh ko’mir - qo’ng’ir

  9. Devon - jigarrang

  10. Silur - ochiq yashil

  11. Ordovik - qo’ng’ir yashil

  12. Kembriy - qo’ng’ir, ko’krang .

O’rnatilgan xalqaro tasdiqlangan me’yorlarga binoan ranglardan foydalanib kartalarda ko’rsatiladigan kichik stratigrafik bo’linmalar, umumiy qonuniyatga bo’yin sinib bir xil tizimdagi tog’ jinslarning yosh jihatdan kichiklari shu tizimga xos ochroq qilinib bo’yalib ancha qadimiylari shu rangda to’qroq qilib bo’yaladi. Masalan Bur tizimining pastki bo’limi to’q yashil rangda yoki Yura – ko’k, yuqori Yura – ochiq ko’k (havorang) larda bo’ladi.

Tokembriy yoshdagi tog’ jinslari (ko’pincha metamorfik) qizg’ish ranglarda bo’yaladi.Magmatik tog’ jinslari geologik kartalarda tasvirlashda ularning yoshiga qarab emas balki ularning genetic va petrografik ko’rinishlariga qarab tasvirlanadi.

Effuziv va Intruziv tog’ jinslari har xil ranglarda tasvirlanishi ularning tarkibi bilan farq qilishidir. Nordon jinslar qizg’ish rangda asosiy jinslar yashil ko’kimtir rangda, ishqorli jinslar ochiq qizg’ish ranglarda bo’ladi. Magmatik tog’ jinslarining yoki agar ular aniq bo’lsa o’zining indeksi harfida ko’rsatiladi. Tog’ jinslari yoshini indeks bilan ifodalash geologik kartalarni o’qishni osonlashtiradi. Chunki bir-biriga yaqin bo’lgan ranglar qo’shilmasini o’qishi yoki ajratishi ancha murakkab va ko’p vaqtni oladi. Indekslarga lotin alfabitining bosh harflari bilan belgilash qabul qilingan. Masalan:Ordofik sistemani O harfi bilan belgilanadi. Agar bir necha sistemaning nomi bir hil harf bilan boshlanadigan bo’lsa unda birinchi bosh harfga o’sha tizim nomining keyingi harfi ham qo’shib yoziladi. Masalan: C harfi toshko’mor sistemasi uchun qo’yiladigan harf ammo Kembriy va Bur uchun ham shu harf quyilib u quyidagicha bo’ladi Cm va Cr. Sistemalar bo’yicha bo’linmagan yotqiziqlar, (qatlamlar, bir-biriga o’tuvchi qatlamlar) asosiy qatlamlarning harfi indeksi bilan belgilanib bog’lovchi + belgisi qo’yiladi.

Agar kartada, tizimdan tashqari (sistemadan mayda) bo’limlari bo’lsa masalan bo’lim, ularni belgilashda sistemaning indeksi bilan yonma-yon (O’ngdan-pastga) arbcha raqam qo’yilib u nisbiy yoshni belgilaydi. Masalan: Trias sistemasi (indeksi T) uch bo’limga bo’linadi. Quyi, o’rta va yuqori shunga mos ular T1 , T2 ,T3 bilan belgilanadi. Juda mayda bo’limlarni belgilashda bo’lim harfi yoki raqamining yuqori qismi o’ng tomonida harf yoki raqam qo’yiladi. Masalan Cэ3, Nэар va boshqa

Mavzu: Geoxronolog jadval, eralar, davrlar ularni indeks va rangi.
Panetamiz yoshini bilish insonlarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib kelmoqda. biroq, ma'lumotlarning kamligi tufayli bu masala yechilmay kelmoqda. Hozirgi vaqtdagi ayrim tekshiruvlarning yer yoshi to`g`risidagi hisoblari bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Yerimizning yoshini yillar bilan ifodalab berishda qilingan uri nishlar absolyut geoxronologiya deb nom olgan. Geologik yil hisobining yana bir usuli bor. U shundan iboratki, yer tarixini dunyoning taraqqiyotiga qarab bo`ladilar. Organik qoldiqlarni o`rganish shuni ko`rsatadiki, qazilma holida uchraydigan "formalar" asta sekin bir-birlari bilan almashinib turgan. Shu bilan birga organizmlar progressiv taraqqiyot yo`lida muayyan jarayondan o`tgan. Eng qadimgi qatlamlarda yuqori turdagi hayvonlar va o`simliklarning vakillari bo`lmagan holda, juda sodda organizmlarni uchratamiz. Organizmlarning "forma"lari asta-sekin murakkablashib borgan yangilari bilan almashinib turgan. Shunday qilib, bu "forma"larning almashinishi ketma-ketligini bilish ularga muvofiq kelgan. Yer bo`laklarining tarixini tiklashga imkoniyat yaratadi. Bu usul bilan aniqlanadigan nisbiy geologik xronologiyada birlik sifatida era va eraning bo`laklari qilib, davrlar (sistema) qabul qilingan. Davr o`z navbatida bir necha mayda bo`laklarga bo`linadi. Davr o`z navbatida bir necha mayda bo`laklarga bo`linadi. Eralar quyidagilardan iborat:

Arxey (grekcha "juda qadimgi") erasi - bu erada Yerda hayvon organizmlari hamda o`simlik organizmlari bo`lmagan.

Proterozoy (grekcha proteros- "birlamchi", zoy-"hayot") erasi- bu erada noaniq qoldiqlar va bevosita belgilar bo'yicha boshlang'ich organizmlar yashagan bo'lishi mumkin.

Paleozoy (grekcha "qadimgi") erasi -unda hozirgilardan jo'da kam farq qiladigan, lekin ancha yuqori tuzilgan o'simlik va hayvonlar bo'lgan.

Mezazoy (grekcha "o'rta") erasi-unda mukammal tuzilgan o'simlik va hayvonlar bo'lgan.

Kaynazoy (grekcha "yangi") erasi- bu erada o'simliklar va hayvonlar hozirgilarga brogan sari o'hshab boradi.

Arhey, proterozoy eralari to’liq o’rganilmaganligi uchun biz paleozoy erasidan boshlab davrlarni o’rganamiz. Bu era olti davrdan iborat:

1)Kembriy 2)Ordovik 3)Silur 4)Devon 5)Toshkumir 6)Perm

Mezazoy erasida davrlar uchga bo’lingan; 1,Trias, 2,yura, 3.Bo`r.Kaynazoy erasi ham uchta davrdan iborat:1. Paleogen 2. Neogen, 3 To`rtlamchi ( Antropogen ).

4,2-jadval


Eon, mln yil

Era, mln yil

Davr

Davomiyligi, mln yil

Chegaralar sanasi, mln yil

Fanezoroy

580 PH

Kaynozoy 65 KZ






0,7

0,7




22,3

22,3




42

65

Mezazoy 180 MZ






65

130




74

204




41

245

Paleozoy 335 PZ






45

290




60

350




60

410




25

435




45

480




100

580±20

Proterozoy 2000 yaqin PR Arxey 1500 ortiq AR










2550±100










Arxeyning pastki

Paleozoy erasidagi kembriy , silur , devon va perm davrlarining nomlari shu davrlarga xarakterli bo`lgan qatlamlar va organizmlar birinchi marta ta`riflangan joylarning nomlaridan kelib chiqqan. Tosh ko`mir davri Yer tarixida birinchi marta toshko`mir konlari, jumladan,Donesk va Moskva yoni ko`mir havzalarini hosil qilgan , juda ko`p o`simliklar rivojlangan davr nomi bilan ataladi.

Mezozoy erasidagi Trias davri shu davr qatlamlari jinslarining tarkibiga ko`ra keskin uch bo`limga ( trias-uchtalik degan so`z )bo`linganligi uchun shunday nom olgan. Yura davri esa shu davrga tegishli bo`lgan qatlamlar birinchi marotaba ta`riflangan sharqiy Fransiyadagi Yura tog`lari nomi bilan ataladi. Bo`r davri o`z nomini shu davrda juda ko`p miqdorda hosil bo`lgan tog` jinsidan olgan. Shimoliy Ukrainada bo`r qatlamining qalinligi 500 m dan ortiqdir.

Kaynazoy erasining davrlari o`z nomlaridan shu eraning hayvonot xususiyatlarinifodalaydi. Biz paleogen davridayoq umurtqali sut emizuvchilarining qoldiqlarini uchratamiz va nihoyat , antropogen davridan boshlab odam yashay boshlagan. Yer tarixidagi ba`zi davrlarda yashab o`tgan asosiy reptiyalarning namoyondalari 4. 10-rasmda keltirilgan.

Geologik kartalarni alomat belgilari va kartalarni to`ldirish qoidalari.

Yer qatlamining ma`lum bir qismini to`liq tasavvuriga ega bo`liish uchun geologik tuzilishi shu uchastkaning rivojlanish tarixini o`rganish uchun yer qatlamlarining yetish holatini aniqlashi kerak , ya`ni kartada ko`rsatilgan qatlamlar gorizantal holatidagi yoki qiyalik , burmalanganligi . Geologik kartalarni to`g`ri o`qish uchun avvalo rel`yefni hisobga olgan holda o`rganmoq kerak, chunki geologik kartalar yerning ikki o`lchami tekislikdagi tasviri , uch o`lchamli (hajmiy) geologik strukturalarining tafsilotidir.

Qatlamlarlar gorizantal holatda yetganda , joydagi relyefda bo`linishlar bo`lmasa , bu holatdageologik kartalarning o`sha qismi bir xil rangda shu qatlamga mos rangda bo`ladi . Bundan bir hil hollarda tasvirlardagi soylar, jarlar yoki darslar faqat yuqori Qatlam qalinligida, shu qatlam hududi, chegarasida hamda katta yoki chuqur bo’lsada katta yoki chuqur bo’lmagan Erizon kesimlar bo’lsa. Agar jarliklar chuqur bo`lmagan o`zanlardan tashkil topgan bo`lsa va gorizantal yotuvchi qatlamning qalinligi katta bo`lmasa , unda bir necha qatlamlarning chiqishi yoki ochilishi ko`riladi.

Geologik kartalarda bu uchastkalar quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi, asosiy maydon yer yuzasiga eng yaqin bo`lgan qatlam rangida bo`ladi. Uzun palosa bo`ylab qadimiy tog`jinslari chiqitlari o`ziga xos bo`yaladi .Kartalarda gorizantallar joydagi rel`yefning shaklini ko`rsatish bilan qatlam chegaralari shu bilan mos tushadi . Umumiy geologik kartalarda gorizantal qatlamlarning gorizantal ko`rinishlari:



  1. Gorizantal yotuvchi qatlam , yer yuzasida keng joyga tarqalgan bo`lib , kartada katta noo`xshov dog` ko`rinishni hosil qiladi.

  2. Eng yosh qatlamlar ikki qoya , balaandliklar oralig`ida , eng qadimiy qatlamlar hosil bo`lgan daryolar bo`ylabularning qirg`oqlarida uzunroq ko`rinish hosil qiladi .

  3. Daryolar vodiylarni yuvib chuqurlashtirish evaziga daryoning boshlanish joyidan to oxirigacha yosh jihatdan qadimiy jinslarni hosil qiladi .

Undan tashqari qatlamlarning qiya yotganida ham geologic kartalarda qatlamlar seriyasi uzun cho`zinchoq bo`ladi va bir-biriga almashib turuvchi shakl hosil qiladi.

Geologik xaritaga asoslanib geologik kesma tuzish usulini o’rganish.
Geologik kartalarda tasvirlangan tog’ jinslari va qatlamlarning yotish holatlari, tabaqalanishi, lotologik tarkibining chuqurlik bo’ylab o’zgarishi hamda maydonning yuza sathi haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lish maqsadida geologik kesmalar chiziladi.

Geologik kesmalar joylarning geologik tuzilishini to’la xarakterlaydigan qilib tuziladi. Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotgan bo’laklari hamda bukilmalar, uzilmalar va otqindi jinslar tarqalagan qismlari ajratiladi. Kesma chizig’i yo’nalishi qtlamlarning cho’ziqlik chizig’iga, yotish chizig’iga va daryo vodiylariga ko’ndalang qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning yotish holati va qalinligi kesmalarda aniq ko’rinadi.

Tanlangan yo’nalish bo’yicha kesma tuzish uchun datlab bu yo’nalishdagi ikki nuqta geologik kartada to’g’ri chiziq bilan tutashtiriladi. (1- rasm,a). Chiziq uzunligi tuziladigan kesma uzunligiga mos kelishi kerak. Bu chiziq kesma chiziq deb ataladi va uning har ikkala uchi shartli harflar (A-B) yaki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi.

Geologik kesma tuzishdan oldin millimetrovka qog’ozga kesmaning topografik asosi chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari karta masshtabiga mos kelishi zarur. Agar yer yuzasi relyefining o’zgarish amplitudasi katta bo’lsa, u holda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan ancha yirik qilib olinadi. Qatlamlar bukilmalar hosil qilgan bo’lsa, ularning vertikal masshtabini o’zgartirib bo’lmaydi, chunki kesmada tasvirlanayotgan bukilmalarning shakli butunlay o’zgarib ketishi mumkun. Bunday hollarda gorizontal va vertikal masshtablar bir xil bo’ladi.

Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yili, ostiga esa shartli belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma’lumotlar yoziladi.

Kesmani tuzish uchun kartada belgilangan kesama chizig’i ustiga millimetrovka qog’ozi qo’yiladi. Qog’ozga kesma chizig’i bilan gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalar tushiriladi. Bu nuqtalarning absolyut balandliklari aniqlanib, nuqta yoniga yozib qo’yiladi. So’ngra qabul qilingan vertikal masshtab bo’yicha kesma chizig’iga parallel chiziqlar o’tkaziladi. Kesma chizig’ining gorizontallar bilan kesishgan joyidan parallel chiziqlarga perpendikulyar chiziqlar chiqarilib, ularning o’zaro kesishgan nuqtalarivertikal masshtab bo’yicha belgilanadi. Shundan so’ng nuqtalar o’zaro tutashtirilib, berilgan yo’nalishdagi kesmaning topografik asosi, ya’ni yer yuzasining relyefi tuziladi. (1- rasm, b).

Kesma chizig’i bilan stratigrafik bo’linmalarning kesishishidan hosil bo’lgan chegaralar nuqtalar bilan belgilab chiqiladi va kesmaning topografik asosiga tushiriladi. Agar maydonda to’rtlamchi davr yotqiziqlari va to’rtlamchi davrgacha hosil bo’lgan yotqiziqlar uchrasa ularning qalinligi burg’ quduqlari yordamida aniqlanadi. So’ngra jins qatlamlari vertikal masshtab bo’yicha kesmaga tushiriladi. Bir xil genetik turga yoshga mansub bo’lgan jinslar chegarasi o’zaro tutashtiriladi. Tubjoy jinslarning va uzilmalarning yotish holatlari aniq o’lchovlar yordamida kesmada ko’rsatiladi.

Kesmada tasvirlanadigan to’rtlamchi davr yotqiziqlarining genetik turiga va yoshiga qarab rang tanlanadi. Jinslar esa litologik tarkibi bo’yicha shartli belgilarda aks ettiriladi (1- rasm, v).



Maydon va tarqalgan qatlamlar burmalangan bo’lsa , ularni kesmalarda tasvirlash uchun dastlab bukilma asosida joylashgan qatlamlar ko’rsatilib, so’ngra boshqa qatlamlar chiziladi. Antiklinal va sinklinal bukilmalarning o’qlari yuzasini, uzilmalarning yotish holatlarini ko’rsarish orqali kesmaga aniqlik kiritiladi.

Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish holatlari ko’rsatilib, so’ngra qatlamlarning yotishi ularga moslab tushiriladi. (9-rasmga qarang).р3


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə