Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38


Uzbekiston Respublikasi Xalk ta`limi vazirligi 

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

 

 

Geografiya kafedrasi 

 

 

 

«Geologiya» fanidan 

 

 

MA`RUZA 

MATNLARI 

 

 

 

 

 

 

 

 

Nukus-2013


 

 





1-Bob. er tugrisidagi umumiy ma`lumotlar 

 

1-Ma`ruza  erning shakli, ulchami va tuzilishi 



2-Ma`ruza  erning issiklik rejimi  

3-Ma`ruza  er magnetizmi 

4-Ma`ruza  erning zichligi va bosimi 

5-Ma`ruza  er pustining kimyoviy tarkibi 

6-Ma`ruza  erning paydo bulishi xakidagi gipotezalar 

Nazorat uchun savollar  

 

 

1-mavzu. erning shakli, ulchamlari va tuzilishi



 

erning shakli va ulchamlari tugrisida xozirgi davrdagi ilmiy tasavvurlar birdaniga paydo bulgan 

emas. Kadimgi xindlar erni fil ustida joylashgan tekislik kurinishida tasavvur kilganlar. Yunonlar esa 

erni  dengiz  bilan  uralgan  dumalok  baland  toglik  kurinishida  tasavvur  kilishgan  va  bu  toglikni  kattik 

tuntarilgan osmonga tiralib turadi deb xisoblaganlar.  

er, shar shakliga ega degan xulosani birinchi bulib kadimgi yunon olimi Pifagor (eramizgacha 

bulgan 580-500-yillar) aytib utgan. Aristotel esa eramizdan oldingi IV asrda bu xulosani ilmiy asosda 

isbot kilib berdi. Kadimgi yunon olimi Eratosfen Kirenskiy esa (eramizgacha II- asr) birinchi bulib bir 

muncha aniklikda er sharining radiusini anikladi.  

XVII-XVIII asr (1643-1727) oraligida angliyalik olim Isaak N`yuton erning anik shar shaklida 

emas ekanligini isbot kildi. N`yutonning xisoblari buyicha  erning uz uki  atrofida  aylanishi okibatida, 

uning ekvatorida rivojlanadigan markazdan kochirma kuchning ogirlik kuchidan kattaligi xisobiga, er 

kutbda sikilgan ellipsoid shaklini egallaydi.  

I.B.Listing  (1873  yil)  erning  shaklini  geoid  deb  atashni  taklif  kildi.  Geoidning  yuzasi  Dunyo 

okeanining  mutlok  tinch  xolatdagi  yuzasi  bilan  mos  tushadi.  Materiklarda  esa  bu  yuza  fikran 

utkazilgan kanal, daryo yuzalari buylab tutashtiriladi.  

Keyinchalik  erning  shakli  va  kattaligi  kator  olimlar  tomonidan  aniklandi.  Ayniksa  ishonarli 

ma`lumotlar  F.N.Krasovskiy  va  A.A.Izotovlar  tomonidan  olingan.  Ularning  xisobiga  kura  er  shakli 

uch  ukli  ellipsoid  aylanasiga  yakin  va  uning  kichik  (kutbiy)  uki  aylanish  uki  xisoblanadi.  erning 

ekvatorial radiusi 6378,2 km kutbiy radiusi esa 6356,9 km. erning yuzasi 510 100 934 km2 ga teng.  

Kursatib  utilgan  ma`lumotlarga  kura  er  planetasining  shakli  geoid  va  uch  ukli  ellipsoid 

aylanasiga  ega  emasligi,  uning  asl  shaklini  aniklash  olimlar  oldidagi  muammo  ekanligini  kursatadi. 

Kishilarning  amaliy  faoliyati  uchun  er  sharining  tuzilishi  14000  metr  chukurlikgacha  urganilgan. 

Xozirgi vaktda tog kazilmalari (shaxtalar) ning chukurligi 3,5-4,0 kilometrni tashkil kiladi (Xindiston 

va  Janubiy  Afrika  konlari).  Dunyodagi  eng  chukur  burg  kudugi  Kola  yarim  orolida  joylashgan  va 

uning chukurligi 14,0 kilometrdan ortib ketgan. Ayrim yakka burgulash kuduklarining chukurligi 8,0-

9,5  kilometrga  etgan.  Kuduklarning  urtacha  chukurligi  4-5  kilometrdan  oshmaydi,  yoki  er  radiusidan 

1000  marotaba  kichikdir.  erning  kolgan  (katta)  chukurliklardagi  tuzilishi  va  tarkibi  esa  bilvosita 

usullar-seysmologik,  gravimetrik  astronomik,  geodezik  va  geofizik  usullar  yordamida  urganilgan. 

Geofizik  ma`lumotlarga  kura  er  shari  bir  necha  kontsentrik  kobiklarga  bulinadi.  er  pustini  bevosita 

urganilishi  mumkin  bulgan  turt  tashki  geosferaga  bulish  mumkin  (atmosfera,  gidrosfera,  biosfera  va 

litosferalar)  xamda  seysmik  tulkinlar  tarkalish  tezligining  keskin  uzgarishiga  karab  kator  ichki 

sferalarga bulinadi (1-rasm). 

 

 



 

 

 

 

 

 

1-rasm. er sharini geosferalarga bulinish sxemasi 


 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Litosfera  kalinligi  va  tarkibi  jixatidan  turli-tuman  bulgan  erning  ichki  sferasidir.  er  pusti 

pastdan  mantiya  bilan  yukoridan  atmosfera,gidrosfera  va  biosferalar  bilan  chegaralangan.  Uning 

kalinligi pasttekisliklarda (Rus pasttekisligi) 35-40 kilometrni kadimgi tog tizimlari xududlarida) 50-65 

kilometrni,  yosh  tog  tizmalarida  (Garbiy  Al`p,Pomir,Tyan`-Shan`)  esa  80  kilometrni  tashkil  kiladi. 

Toglik tizmalarda er pusti ildiz xosil kilganday bulib er pustlogiga chukur botganga (chukib turganga) 

uxshab kurinadi. 

Atlantika  okeanining  ostida  er  pustining  kalinligi  10-15  kilometr.  Tinch  okeanining  markaziy 

kismida 4-6 kilometr (1-jadval). er pusti, er yuzasidan chukindi tog jinslari (gillar, kumlar, kumtoshlar, 

shagallar, gipslar, oxaktoshlar) dan tashkil topgan va kalinligi 15 kilometrgacha bulishi mumkin.  

Kadimiy chukindi jins katlamlari er ka`ridagi yukori xarorat va bosim ta`sirida metamorfik tog 

jinslarini  (gneys,slanets,  marmarlar)  xosil  kiladi.  Bu  jinslarni  ayrim  vaktlarda  mustakil  metamorfik 

katlamga kiritiladi.  

Pastda (suyuk) suyulgan silikat maxsulot - magmaning sovushidan xosil bulgan magmatik tog 

jinslari  joylashadi.  er  pustining  yukori  kismida  magmatik  jinslardan  ularning  engil  (nordon)  turlari 

"granit"  katlamini  xosil  kiluvchi  jinslar  joylashadi.  Chukindi  va  granit  katlamlarining  tarkibida 

kislorod  (0)  kremniy  (Si)  va  allyuminiy  (Al)  elementlari  keng  tarkalganligi  uchun  ularni  (sial)  nomi 

bilan birlashtiriladi.  

Chukindi  va  granit  katlamlarining  umumiy  kalinligi  pasttekisliklarda  15-20  kilometr-kadimgi 

toglar  ostida  15-25  kilometr  ulkan  yosh  tog  tizmalari  ostida  50  kilometr,  okeanlarning  ostida  granit 

katlamlari bulmaydi. 

Granit  katlami  tagida  xususiyati  jixatidan  bazal`tga  yakin  bulgan  tog  jinslari  yotadi.  Bunday 

tog jinslaridan tashkil topgan jins kavatini shartli ravishda "bazal`t" katlami nomi bilan atalgan. Bazal`t 

katlamini  tashkil  kilgan  jinslar,  magmaning  sovushidan  va  ularning  ustida  joylashgan  chukindi 

jinslarning metamorfizatsiyaga uchrashidan xosil bulgan. Granitlar degranitizatsiya jarayonida  yukori 

xarorat  va  bosim  ta`sirida  tarkibidagi  kremniyli  kislota  va  ishkorlarini  yukotadi  va  bazal`tlarga 

aylanishi  mumkin.  Bazal`t  kavatining  kalinligi  tekisliklarda  (platformalarda)  20-25  kilometrni,  yosh 

tog tizmalarida 15-20 kilometrni tashkil kiladi. 

er pustidan 2900 kilometr chukurlikgacha mantiya kavati joylashadi. Bu kavat tuzilishi, tarkibi, 

xususiyati va boshka belgilariga karab uch katlamga bulinadi: V katlami 200-400 kilometr, S katlami 

700-900 kilometr va D katlami 2900 kilometrgacha chukurlikni tashkil etadi. Seysmik ma`lumotlarga 

kura kavatlarni tashkil kilgan jismlar ayrim lokal joylardan tashkari asosan kattik xolatda buladi. 



 

1-jadval 

Litosferaning turli xududlardagi kalinliklari 

  

Xududlarning nomi  



Kalinliklari, km  

Xududlarning nomi  

Kalinliklari, km  



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə