Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

 

 

10



10

jism  uchun  ma`lum  anik  bir  tartibda  joylashadi  va  struktura  panjarasini  xosil  kiladi.  Amorf 

minerallarda esa ionlarning joylashishida konuniy tartib bulmaydi. 

Kristallik  va  amorf  jismlarning  ichki  tuzilishidagi  bunday  fark  ularning  fizik  xossalariga 

(issiklik  utkazuvchanligi,  ulanishi,  kattikligi  va  boshkalarga)  ta`sir  utkazadi.  Shuning  uchun  ularni 

anizotrop jismlar deyiladi. Amorf jismlarda esa ularning fizik xossalari xamma yunalishlar buyicha bir 

xil buladi. Bu jismlarni izotrop deyiladi. 

Minerallar  uch,  turt,  olti  kirrali  prizmalar  yoki  piramidalar,  boshkalari  kublar,  oktaedrlar 

kurinishiga ega buladi.  

Kristallning  chegaralanish  yuzasi  uning  yonlari,  yonlar  kesishgan  chizikni  uning  kirrasi, 

kirralar kesishgan nuktani uning uchi (chukkisi)  deyiladi. Masalan kubning 6 tomoni, 12 kirrasi  va 8 

uchi bor (2-rasm). 

   

 

2-Mavzu. Minerallarning xosil bulish sharoitlari



 

Turli  geologik  jarayonlar  natijasida  paydo  bulgan  minerallar,  ularni  xosil  kilgan  energiya 

manbaiga kura uchta: endogen, ekzogen va metamorfik minerallarga (genetik guruxlarga) bulinadi. 

Endogen  jarayonlar  er  pustining  yukori  xarorat  (1200-1300

0

S)  va  yukori  bosim  3000-8000 



atm.)  xukmron  bulgan  katta  chukurliklari  bilan  boglik.  Magmaning  chukurlikda  yoki  erning  yuzida 

sovushidan  xosil  bulgan  minerallar  magmatik  minerallar  deyiladi.  Magma  tarkibida  kup  mikdorda 

engil  (uchuvchan)  komponentlar  bulgan  murakkab  tarkibli  silikat  eritmadir.  U  litosferaning  ostki 

kismida  plastik  xolatda  yotadi.  Magmatik  tog  jinslari  mineralogik  tarkibining  xilma-xilligi,  turli 

chukurlikda joylashgan, xilma-xil tarkibdagi magmaning mavjudligini taxmin kilishga asos buladi. 

engil-(uchuvchan)  gazsimon  va  bugsimon  moddalar  magmada  sodir  buladigan  kimyoviy 

jarayonlarda  faol  katnashadi  va  ularning  kristallanish  kobiliyatini  oshiradi,yopishkokligini 

kamaytiradi. 

Bu moddalar minerallarning erish darajasini pasaytirib, natijada ularning eritmadan chukmaga 

tushish tartibini uzgartiradi. engil (uchuvchan) birikmalar eritmada tashki bosim magmadagi bosimdan 

katta bulgan sharoitda ushlanib turadi. Tashki bosim pasayishi bilan ular intruziyalarni urab turgan tog 

jinslari  yoriklari  orkali  yukoriga  xarakat  kiladi  va  uzi  bilan  kurgoshin,  kalay,  rux,  kumush,  vol`fram, 

berilliy va temir kabi ogir metallarni engil xarakatlanuvchi birikmalar kurinishida olib chikadi. 

Magmaning  35-80%  mikdorini  kremniy  kislotasi  (SiO



2

)  tashkil  kiladi.  Uning  urtacha  mikdori 

buyicha magmalar nordon (65-75%) urta (52-65%) va asosiy (40-52%) turlarga bulinadi. 

Magmalarda  sodir  buladigan  jarayonlar  uta  murakkab  va  ular  oxirigacha  urganilgan  emas. 

Ayniksa magmaning parchalanishi yoki differentsiatsiyasi katta axamiyatga egadir. 

Differentsiatsiya,  magmada  sodir  buladigan  barcha  fizikaviy,  kimyoviy  jarayonlarning 

majmuasi  bulib,  birlamchi  magmani  bir-biridan  fizik-kimyoviy  xolatlari  bilan  fark  kiladigan  kator 

ikkilamchi  magmalarga  parchalanishiga  olib  keladi.  Parchalanish  jarayoni  esa  nixoyatda  barcha 

ma`lum magmatik tog jinsi va minerallarini xosil bulishiga olib keladi. Differentsiatsiya magmatik va 

kristallizatsion turlarga ajratiladi. 

Magmatik  differentsiatsiya  jarayonida  dastlabki  eritma  uz  tarkibiga  va  solishtirma  ogirligiga 

karab  bir-necha  aralashmaydigan  kismlarga  bulinadilar.  Mana  shu  ayrim  joylarda  bulingan 

magmalardan  ma`lum  xaroratda  va  bosimda  avvalo  kiyin  eriydigan  sungra  tez  eriydigan  minerallar 

kristallana boshlaydi va kristallizatsion differentsiatsiya boshlanadi. Bunday yul bilan xosil bulgan tog 

jinslarida  ayrim  minerallarning  donalari  anik  tugri  shakllangan  (anik  ifodalangan)  buladi,  boshkalari 

esa  ularning  oraligida  bushliklarni  kotishma  (tsement)  bilan  tuldiradi.  Bunday  tartibli 

differentsiatsiyadan  tashkari,  bir  vaktning  uzida  magmatik  eritmadan  ikki  va  undan  ortik 

komponentlarning tulik kristallanishi mumkin. 

Xosil  buladigan  kristall  donalarning  fazoviy  joylashishida  ularning  solishtirma  ogirligi  katta 

axamiyatga  ega.  Bunda  ogirrok  birikmalar  pastga  chukadi,  engil  va  tarkibida  uchuvchan  birikmalar 

bulgan zarralar yukoriga kutariladi. 

Yoriklar  oraligidan  xarakat  kilayotgan  magma  uz  yulida  turli  tog  jinslarini  uziga  kushib  olib, 

eritib  va  uzlashtirib  magmaning  va  magmatik  jinsning  yangi  turlarini  xosil  kiladi. Magmaning 




 

 

11



11

kristallanish  jarayoni  asosan  tugagandan  sung,  soviyotgan  keng  tekis  erning  chekka  kismlarida  turli 

uchuvchan  elementlar  xlor,  ftor,  bromlar  bilan  boyigan  (koldik)  magmaning  ma`lum  mikdorlari 

tuplanadi. Bu birikmalar ilgari xosil bulgan mineral va tog jinslariga ta`sir kursatadi va ularning urnida 

yangi  birikmalar  pegmatitlarni  xosil  kiladi.  Bu  jarayon  er  yuzidan  3-8  km  chukurlikda  va  300-900

0



xaroratda sodir buladi. Bunday sharoitda gigant "juda yirik" minerallar xosil buladi. 

Keyinchalik  tashki  bosimning  pasayib  borishi  bilan  intruziyalardan  gazli  eritmalar  ajralib 

chikishi va atrofidagi tog jinslarining tolasimon yoriklarida moddalarni xaydash jarayoni tufayli uziga 

xos  yangi  maxsulotlar-pnevmatolitlar  (pnevmo-gaz)  xosil  kiladi.  Bu  eritmalar  xlor,  ftor,  brom, 

fosforlarga  juda  boy  bulganliklari  tufayli  juda  engil  va  xarakatchan  buladi.  Fakat  shunday  yul  bilan 

xosil  bulgan  mineral  tuplamlarini-pnevmatolitik  minerallar  deyiladi.  Bu  jarayon  3-6  km  chukurlikda 

400-6000S xaroratda vujudga keladi deb taxmin kilinadi. 

Mineral  xosil  bulishining  gidrotermal  boskichi  magmatik  uchok  evolyutsiyasining  sungida, 

xarorat  374

0

S  dan  past  bulganda  va  bosim  kichik  bulgan  sharoitda  yuz  beradi.  Gidrotermal 



jarayonlarda  minerallar  kaynok  mukammal  yoki  kolloid  eritmalardan  xosil  buladi.  Bu  jarayonni 

kuyidagicha tasavvur kilish mumkin.          Magmadan ajralib chikkan suv bugi bilan erigan kimyoviy 

birikmalar, (komponentlar)  yoriklarda xarakat kilib, uzok masofalarga olib ketiladi. Xarorat va bosim 

kichik  muxitga  tushishi  bilan  ular  soviy  boshlaydi,  suyuladi  va  kaynok  eritmalar  -  gidrotermalarni 

xosil kiladi. Yukori xarorat va nisbatan katta bosimda bu eritmalar kimyoviy jixatdan juda faol buladi. 

Magmatik  uchokdan  uzoklashishi  (er  yuzidan  4-6  km  chukurlikda)  va  asta-sekin  sovushi  bilan, 

gidrotermalarning  eritish  kobiliyati  pasayadi  va  ilgari  erigan  birikmalarning  bir  kismi  turli-tuman 

mineral tuzlar kurinishida chukmaga tushadi va jins yoriklarini tuldiradi. 

Ekzogen (gipergen) jarayonlar er pustining past xaroratli va bosimli yukori kismi bilan boglik 

buladi.  er  yuzasida  mavjud  bulgan  murakkab  jarayonlar  birlamchi  magmatik  jins  va  minerallarning 

buzilishiga  olib  keladi.  Bu  buzilishlar  sof  mexanik  tarzda  sodir  bulishi,  ya`ni  yaxlit  tog  jinslari  turli 

kattalikdagi  va  shakldagi  bulaklarga  (parchalarga)  aylanadi  va  keyingi  kayta  uzgarishlar  jarayonida 

chukindi sinik jinslarni xosil kiladi. Tog jinslari va minerallarga atmosfera, gidrosfera va biosferaning 

turli  xil  kimyoviy  agentlarining  ta`siri  ularning  tarkibini  uzgarishiga  va  muayyan  sharoit  uchun 

barkaror  yangi  mineral  birikmalarining  paydo  bulishiga  olib  keladi.  Bunday  yul  bilan  xosil  bulgan 

minerallar va tog jinslari chukindi minerallar va tog jinslari deyiladi va xosil kiluvchi asosiy  omiliga 

kura, kimyoviy va organik turlarga bulinadi. 

Shunday  kilib,  ekzogen  kuchlar  ta`siri  natijasida  birlamchi  jinslar  murakkab  uzgarishlarga 

uchrab ikkilamchi chukindi tog jinslarining xosil bulishiga sabab buladi. Xosil bulgan chukindi jinslar 

esa kaytadan er yuzasida va ichkarisida turli uzgarishlarga uchrashi mumkin. 

 

 

 

3-Mavzu. Minerallarning fizik xususiyatlari

 

Minerallar  fizik  jism  sifatida  rangi,  kattikligi,  yaltirokligi,  solishtirma  ogirligi  kabi  xilma-xil 



xususiyatlarga ega. 

Kimyoviy  tarkibi  va  kristall  strukturasiga  boglik  ravishda,  bunday  xususiyatlar  xar  xil 

minerallarda turlicha namoyon buladi. Xar kanday mineral uziga xos biron bir aloxida xususiyati bilan 

xarakterlanadiki,  ana  shu  xususiyatga  karab  uni  doimo  boshka  minerallardan  ajratib  olish  mumkin. 

Kuyida biz muxim diagnostik axamiyatga ega bulgan xususiyatlar, minerallarning kiyofasi,shaffofligi, 

rangi,chizigining  rangi  (kukunining  rangi),  yaltirokligi,  ulanish  tekisligi,  sinishi,  kattikligi, 

pachoklanuvchanligi,  kayishkokligi,  solishtirma  ogirligi,  magnit  tortishi,  radiofaolligi  va  boshka 

xususiyatlari tugrisida tuxtalib utamiz. 



Minerallarning  kiyofasi.  Bu  xususiyat  uning  ichki  tuzilishi  va  xosil  bulish  sharoiti  bilan 

boglik.  Erkin  usgan  anizotrop  mineral  yakkol  ifodalangan  kristallik  shaklga  ega  buladi.  Odatda 

minerallar kristall agregatlar va usishmalari kurinishida uchraydilar. 

Kristall  agregatlari  deb,  minerallarning  ichki  tuzilishi  va  fazodagi  shakli  bilan  boglik  bulgan 

turli  shakldagi  mineral  donalarning  yigindisi  (tudasi)ga  aytiladi.  Donalarning  kattaligini  xisobga  olib 




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə