Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38

 

 

14



14

minerallning kattikligini aniklash uchun kattikligi ma`lum bulgan etalon minerali bilan aniklanayotgan 

mineral tirnaladi. 

F.Moos  shkalasining  etalonlari  sifatida  kattikligi  I  dan  10  gacha  bulgan  kuyidagi  minerallar 

kabul kilingan. 

1. Tal`k - Mg

3

[Si


4

O

10



] [OH]

2. Gips - CaSO



4

*2H


2

3. Kal`tsit - CaCO



4. Flyuorit - CaF

5. Apatit - Ca



5

[PO


4

]

3



6. Ortoklaz - K[AlSi

3

O

8



7. Kvarts - SiO

8. Topaz - Al



2

[SiO


4

] [FOH]


9. Korund - Al

2

O



10. Olmos – C 

Kattiklikni Moos shkalasi buyicha aniklash nisbiy xarakterga ega.Maxsus kattiklikni aniklovchi 

asboblarda  etalon  minerallarining  kattikligini  aniklashiga  kura  kal`tsitning  kattikligi  46  marta, 

kvartsniki  450  marta,  olmosniki  4000  marta  tal`knikidan  kattadir.  Aniklanayotgan  minerallning 

kattikligi  shu  minerallning  etalon  minerallardan  kaysi  birini  tirnay  olishini  sinab  kurish  yuli  bilan 

topiladi. Masalan: aniklanayotgan minerallimiz apatitni (kattikligi 5) tirnasayu, uzi ortoklaz (kattikligi 

6) bilan tirnalsa uning kattikligini 5 bilan 6 oraligida buladi. 

Minerallarning kattikligi ayrim buyumlar yordamida xam aniklanishi mumkin. 



Minerallarning  solishtirma  ogirligi  (zichligi).  Minerallarning  solishtirma  ogirligi  asosan 

kuyidagicha  ikki  usul  bilan:  1.  Mineral  sikib  chikargan  suyuklikning  xajmini  ulchash  usuli,  ya`ni 

mineral namunasi ogirligi bilan usha mineral sikib chikargan suv xajmini ulchash usuli bilan. 2. Suvga 

tushirilgan  minerallning  yukotgan  ogirligini  aniklash  yuli  bilan  (mineral  namunasining  mutlak 

ogirligini, usha mineralning suvga tushirilishi bilan yukotgan ogirligiga bulinadi) aniklanadi.  

Minerallning  solishtirma  ogirligi  kulda  (kaftda)  taxminiy  tortish  yuli  bilan  aniklash  mumkin, 

ya`ni mineral ogirligi engil bulsa solishtirma ogirligi 2,5 gacha; urtacha bulsa 4 gacha; ogir bulsa 4-6; 

juda ogir bulsa 6 dan katta deb kabul kilish mumkin. 



Minerallarning  magnitligi.  Anik  magnitlik xususiyatiga  ega  bulgan  minerallarning  soni  juda 

ozdir, shuning uchun xam u diagnostik belgi sifatida muxim axamiyatga egadir. Magnitlik xususiyatini 

erkin  aylanadigan  magnit  strelkasi  yordami  bilan  tekshiriladigan  mineral  namunasini  shu  strelkaga 

yakinlashtirish yuli bilan aniklanadi. 

Magnit  strelkasi  yordamida  bilib  bulmaydigan  kuchsiz  magnitlik  xususiyatiga  ega  bulgan 

minerallarning  soni  ancha  kup.  Minerallarning  boshka  xususiyatlariga  radiofaolligi,  xlorid 

kislotasining  ta`siridagi  reaktsiyasi,  (kaynash),  ta`mi,  xidi  kiradi.  Bu  xususiyatlar  xam  minerallarni 

aniklashda diagnostik belgi sifatida urganuvchiga yordam beradi. 

 

 

 




 

 

15



15

3-Bob. Tog jinslari xakida umumiy ma`lumotlar

 

 



1-Ma`ruza  Tog jinslari tugrisida umumiy tushunchalar va ularni sinflarga bulinishi 

2-Ma`ruza  Magmatik tog jinslar 

3-Ma`ruza  Chukindi tog jinslari 

4-Ma`ruza  Metamorfik - uzgargan tog jinslari 

Nazorat uchun savollar 

 

1-Mavzu.Tog jinslari tugrisida umumiy tushunchalar va ularni sinflarga 



bulinishi

 

Minerallar  odatda  muayyan  bir  sharoitda  mineral  agregatlarini  xosil  kiladi.  Minerallarning 



bunday tabiiy  birikmalari tog jinslari deb ataladi. Tog jinslari shu xosil bulgan mavjud sharoit uchun 

doimiy bulgan tarkibga va tuzilishga ega buladi.  

Tog  jinslarining  asosiy  tarkibi  bir  xil  mineraldan  (monomineral)  yoki  bir  necha  xil 

minerallardan (polimineral) tashkil topishi mumkin. 

Tog  jinslari  mineral  va  kimyoviy  tarkibiga,  tuzilishiga  (strukturasiga),  yotish  va  xosil  bulish 

(genezis)  sharoitlariga  karab  sinflarga  bulinadi.  Ularning  mineralogik  va  kimyoviy  tarkiblari  ma`lum 

darajada  uzgarib  turishlari  mumkin.  Agar  tog  jinsi  tarkibida  ayrim  minerallarning  mikdori  10%  dan 

ortik  bulsa,  bunday  minerallarni  jins  xosil  kiluvchi  minerallar,  10%  dan  kam  bulsa  ikkinchi  darajali 

aktsessor  minerallar  deyiladi.  Minerallar  tog  jinslarida  birlamchi  va  ikkilamchi  bulishi  mumkin. 

Birlamchi minerallar tog jinsi bilan bir vaktda paydo buladi va ularning tarkibida deyarli uzgarmagan 

xolda  saklanib  koladilar.  Ikkilamchi  minerallar  esa  tog  jinslari  shakllanib  bulganidan  sung  sodir 

buladigan geologik jarayonlar natijasida xosil buladilar. Tog jinsining ma`lum bir turi uchun birlamchi 

bulgan  minerallar,  boshkasi  uchun  ikkilamchi  bulishi  mumkin.  Masalan:  kaolinit  (gilning  minerali) 

granitlarda ikkilamchi maxsulot xisoblanadi, kimyoviy chukindilarda esa, birlamchi maxsulotdir. 

Tog jinslaridagi kristall donalarining shakli xilma-xil bulib, asosan minerallarning kristallanish 

kobiliyatiga  va  uning  ajralib  chikishi  tartibi  bilan  boglik.  Tog  jinslarining  mineral  tarkibini  aniklash, 

ularning  tarkibiy  kismini  urganishga  imkon  bersa,  tog  jinslari  kanday  xosil  bulgan  degan  savolga 

ularning strukturasi va teksturalarini urganish javob beradi. 

Tog jinsining strukturasi (ichki tuzilishi) tog jinslari tarkibiy kismining (mineral bulaklarining) 

kattaligi, shakli va uzaro munosabati bilan boglik bulgan, tuzilishining uziga xos belgilarini kursatadi. 

Tekstura  tog  jinsini  tashkil  kiluvchi  mineral  bulaklarining  fazoda  joylashishi  va  taksimlanishini 

kursatuvchi  belgilar  yigindisini  kursatadi.  Jinslarning  tashki  kurinishida  tekstura  katta  masshtabdagi 

tuzilish belgilarini-katlamlanganligini, govakliligini, yaxlitligini kursatadi. 

Tog jinslari xosil bulish sharoitiga (genezis) karab shartli ravishda uchta sinfga bulinadi. 



1.  Magmatik  yoki  vulkan  tog  jinslari.  Ular  tabiiy  silikat  eritmalarining  (magma,  lava) 

sovushi va kotishi natijasida xosil buladi. 



2. Chukindi tog jinslari. Ular er yuzasida ilgari mavjud bulgan tog jinslari va minerallarning 

nurashi,  sungra  bu  maxsulotlarning  mexanik  va  kimyoviy  yul  bilan  yotkizilishi,  xamda  usimlik  va 

organizmlarning xayot faoliyati yoki chirishi natijasida xosil buladi. 

3.  Metamorfik  (uzgargan)  tog  jinslari.  Bu  sinfga  mansub  tog  jinslari  katta  chukurliklarda 

yukori  xarorat,  katta  bosim  va  magmatik  uchokdan  ajralgan  gaz  va  bug  maxsulotlarining  magmatik, 

chukindi va ilgari metamorfizatsiyaga uchragan jinslarga ta`siri natijasida xosil buladi. 

 

2-Mavzu. Magmatik tog jinslar

 

Magmatik  yoki  otkindi  tog  jinslari  magmaning  sovib  kotishi  va  kristallanishidan  xosil  buladi. 

Magmaning kaerda - er pustining ichkarisidami yoki yuzasidami sovub kotishiga karab ikki xil turdagi, 

intruziv  (er  ichkarisida  sovub  kotgan  jinslar)  va  effuziv  (okib  chikib  sovib  kotgan)  tog  jinslariga 

bulinadi.  Intruziv  (otkindi)  tog  jinslari  yukori  xarorat  va  bosimli  sharoitda  magmaning  sekin 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə