Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38

 

 

16



16

sovushidan  xosil  buladi.  Bunday  sharoitda  magmani  tashkil  kilgan  zarrachalari  yaxshi  kirralangan 

kristallar  va  kristall  zarralari  kurinishidagi  barkaror  kimyoviy  birikmalar  xosil  kilishga  ulguradilar. 

Bunday  tog  jinslari  uchun  tulik  kristalli  struktura  xarakterlidir.  Intruziv  jinslarning  tipik  namunasiga 

granitlar, granodioritlar, dioritlar va boshkalar kiradi. 

Magma  lava  kurinishida  er  yuzasiga  yoki  okean,  dengiz  ostiga  okib  chikishi  bilan  uzi  xosil 

bulgan  sharoitdan  keskin  fark  kiladigan  kichik  bosim  va  xarorat  sharoitiga  duch  keladi.  Bunday 

sharoitda,  tez  sovib  kotish  natijasida  xosil  bulgan  effuziv  jinslar  tulik  kristallanib  ulgurmaydi  va 

shuning  uchun  ularning  tarkibida  turli  mikdorda  vulkon  shishasi  mavjud  buladi.  Sovub  kotgan, 

puffaksimon  lavalarda,  tashki  bosimning  keskin  kamayishi  natijasida  kup  mikdorda  gazsimon 

maxsulotlar  ajralib  chikadi  va  ularning  urnida  yumalok  bushliklar  -  govaklar  xosil  buladi.  Bunday 

jinslarning tuzilishi xech kachon tulik kristalli bulmaydi. Bu xolni liparit, kvartsli porfir, datsit, andezit 

tog jinslarida yakkol kurish mumkin. 

Intruziv tog jinslari xosil bulish chukurligiga karab abissal (katta chukurliklarda xosil bulgan) 

va  gipabissal  (kichik  chukurliklarda  xosil  bulgan)  turlarga  bulinadi.  Gipabissal  jinslar  xosil  bulishi 

jarayonida  magmaning  xarorati  abissal  jinslar  xosil  buladigan  sharoitga  nisbatan,  kichik  bosim 

xisobiga tezrok pasayadi. Tashki kiyofasi buyicha gipabissal jinslar effuziv va intruziv jinslar oraligida 

joylashadi. 

Magmatik jinslarni urganishda uning strukturasi va teksturasi katta axamiyatga ega. Magmatik 

tog  jinslarining  strukturasi  magmaning  kristallanish  sharoiti,  uning  tarkibi  va  uchuvchan,  engil 

birikmalarning  mavjudligi  bilan  boglik.  Kristallanish  darajasi  buyicha,  tulik  kristalli-donali,  tulik 

kristalli-mikrodonali, yarimkristallik va shishasimon strukturalarga ajratiladi. 

Tulik kristalli-donali strukturalar katta chukurlikda magmaning engil uchuvchan komponentlar 

ishtirokida sekin sovib kotishidan paydo buladi. 



Tulik kristalli-mikrodonali strukturalar magmaning kichik chukurliklarda va ayrim xollarda er 

yuziga okib chikishidan, kristallanishidan xosil buladi. 



Yarim  kristalli  va  shishasimon  strukturalar  magmaning  er  yuziga  okib  chikib  tez  sovib 

kotishidan  xosil  buladi.  Donalarning  nisbiy  kattaligiga  karab  tekis  donali  (donalar  kattaligi  teng)  va 

notekis (donalar bir-biriga teng emas) donali strukturalarga ajratiladi. Tekis donali strukturali jinslarda 

kristall  donalarining  kattaligi  nisbatan  bir-xil  kattalikga  ega  buladi.  Bunday  turdagi  strukturalar 

ma`lum kristallizatsiya sharoiti uzok vakt saklanib turganda xosil buladi. Bu strukturalar abissal jinslar 

uchun xosdir. 



Notekis donali, strukturaga ega bulgan jinslarda donalarning kattaligi xilma-xil buladi. Bunday 

strukturalarning  paydo  bulishi  kristallanish  sodir  bulayotgan  fizik-kimyoviy  sharoitning  keskin 

uzgarganligi  tugrisida  guvoxlik  beradi  va  tulik  kristalli  jinslar  uchun  porfirsimon  strukturani,  yarim 

kristalli va shishasimon jinslar uchun porfir strukturasining xosil bulishiga olib keladi. 



Porfirsimon struktura uchun, urta va mayda donali asosiy massa tarkibiga nisbatan katta donali 

kristallarning  tarkalishi  xarakterlidir.  Bunday  strukturaning  paydo  bulishi  xarorat  rejimining  keskin 

uzgarishi bilan boglikdir. 

Porfir strukturalari magmaning er yuzasiga okib chikishi sharoitida paydo buladi. Bunda yaxshi 

kristallangan,  zich,  shishasimon  massa  ichida  yaxshi  kristallangan  ayrim  mineral  donalari  yoyilib 

tarkalgan buladi. 

Donalarning  mutlak  kattaliklari  buyicha  tulik  kristalli  strukturalar,  yirik  donali  (>5  mm),  urta 

donali (1-5 mm) va mayda donali (< 1 mm) turlarga bulinadi. 



Magmatik tog jinslarining teksturasi kristallizatsiya sharoitiga va xosil bulgan yoki bulayotgan 

jinslarga  tashki  omillarning  ta`siri  bilan  boglik.  Minerallarning  tog  jinslaridagi  joylashishiga  karab 

yaxlit  va  govakli  teksturalarga  ajratiladi.  Birinchi  turdagi  tekstura  intruziv  jinslar  uchun  ikkinchi 

turdagi tekstura effuziv jinslar xarakterlidir. 



Zich  (yaxlit)  teksturali  jinslarda  ularning  tarkibini  tashkil  kiluvchi,  tarkibi  va  strukturasi 

buyicha  bir  xil  bulgan  kismlari,  fazoda  bir  tekis  ma`lum  bir  tartibsiz  joylashadi.  Ular  intruziv  va 

effuziv jinslarda keng tarkalgan. Govakli va notekis donali teksturalar uchun, tog jinslarining tarkibiy 

kismlari notekis joylashgan va tog jinsi bulagida  turli strukturaga  yoki turli struktura va tarkibga ega 

bulgan  kismlari  kuzatiladi.  Bu  teksturalarning  kuyidagi  turlari  bulishi  mumkin.  Taksit  teksturasi-tog 

jinslarining ayrim kismlari bir-birlaridan tarkibi yoki strukturasi bilan yoki xam tarkibi xam strukturasi 




 

 

17



17

bilan fark kiladi; gneyssimon tekstura-prizmasimon va tangachasimon minerallar bir-birlariga parallel 

joylashadilar;  flyuidal  tekstura-turli  minerallarni  joylashishi  okimni  eslatib  bir  tomonga  chuzilib 

joylashgan; govakli tekstura-tog jinslari kup mikdordagi bushliklar mavjudligi bilan xarakterlanadi. 

Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi ularning kanday sharoitda xosil bulishidan kat`iy nazar, 

magmada  kuyidagi  oksidlarning  ya`ni  SiO



2

,  Al

2

O

3

,  Fe

2

O

3

,  FeO,  MgO,  TiO

2

,  CaO,  Na

2

O,  K

2

O,  N

2

O 

ning necha foiz mikdorda borligiga karab aniklanadi. 

Magma  tarkibida  kremniyli  va  alyuminiyli  oksidlar  kup  buladi.  Agar  magma  tarkibida  SiO

2

 

kup bulsa, magma juda yopishkok va kuyuk, kam bulsa suyuk va xarakatchan buladi. Magmatik jinslar 



uz tarkibidagi SiO

2

 ning mikdoriga karab kuyidagi guruxlarga bulinadi: 



1. Nordon jinslar - 65-75% 

2. Urta jinslar - 52-65% 

3. Asosli jinslar - 40-52% 

4. Uta asosli jinslar - 40% dan kam. 

Nordon  jinslarda  kremniyli  kislotaning  mikdori  kup,  rangli  silikatlarning  mikdori  3-12%  ni 

tashkil kiladi, och rangga ega. Tarkibida kvarts, ortoklaz, nordon plagioklaz, biotit, shox aldamchisi va 

ozgina avgit uchraydi. Nordon jinslarga granit, granit-porfir, obsidian, pemza, kvartsli-porfir kiradi. 



Urta  jinslar  tarkibida  tuk  rangdagi  minerallarga  (shox  aldamchisi,  biotit,  avgit)  nisbatan  kup 

mikdorda  och  rangdagi  minerallar  uchraydi.  Bu  esa  urta  jinslarga  och-kulrang  yoki  kulrangni  beradi. 

Ochik  rangdagi  minerallar  ortoklaz,  mikroklin,  plagioklazlardan  iborat.  Urta  jinslarga  sienit,  traxit, 

sienit-porfir, diorit, andezit, porfiritlar kiradi (3-jadval). 



Asosli jinslardagi jins xosil kiluvchi minerallarga piroksenlar (avgit), olivinlar va plagioklazlar 

(labrador)  kiradi.  Ba`zida  shox  aldamchisi  minerali  xam  uchrashi  mumkin.  Asosli  jinslarda  kup 

mikdorda  tuk  rangli  minerallarning  mavjudligi  jinslarga  tuk  rangni  beradi.  Tuk  rang  muxitida 

plagioklazlarning  kulrang-kora  donalari  ajralib  kurinib  turadi.  Bu  guruxdagi  tog  jinslarining  tipik 

namunasi bulib gabbro, bazal`t, diabaz jinslari xisoblanadi. 

Magmatik tog jinslari er pusti va yuzida turli shakllarda yotadi (6-rasm). Intruziv jinslar uchun 

batolitlar,  shtok,  fakolit,  lakkolit,  tomirlar,  va  effuziv  jinslar  uchun  yopkich  va  okim  kurinishidagi 

shakllar xarakterlidir. 

 

3-Mavzu.Chukindi tog jinslari

 

Chukindi  tog  jinslari  deb,  litosferaning  fizik  va  kimyoviy  buzilishidan  xosil  bulgan 

maxsulotlardan  xamda  kimyoviy  chukmalar  va  organizmlarning  faoliyati  natijasida  xosil  bulgan 

geologik jismlarga aytiladi. 

Chukindi jins xosil kiluvchi chukmalar er yuzasida va suv xavzalarida turli geologik jarayonlar 

natijasida paydo buladi. Bu jarayonlar uz moxiyati jixatidan fizik-mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy 

va  organik  jarayonlardir  xamda  chukindi  xosil  bulish  (chukish)  muxitining  fizik-kimyoviy  sharoiti 

uzgarishi  bilan  idora  kilinib  turadi  (eritmaning  tarkibi  va  kontsentratsiyasi,  nordonligi,  ishkoriyligi, 

oksidlanishi, tiklanish potentsiali rN). Chukindi jinslarning xosil bulishi va uzgarishi jarayonlari kator 

boskichlarni uz ichiga oladi. 

Birinchi  boskichda  chukindi  jins  xosil  bulishi  uchun  ilk  (birlamchi)  maxsulotlar  tayyorlanadi. 

Bu maxsulotlarning asosiy kismi nurash natijasida xosil buladi va bu boskichni gipergenez deyiladi. 



Ikkinchi  boskichda  nurash  natijasida  xosil  bulgan  maxsulotlar  tashiladi  va  chukmaga  tushadi 

(chukindi xosil buladi). Bu boskichni sedimentogenez deyiladi. 



Uchinchi  boskichda  chukmaning  kayta  uzgarishidan  chukindi  jinslar  paydo  buladi.  Bu 

boskichni-diagenez  deyiladi.  Natijada  chukindi  jinslar  xosil  buladi  va  yukoridagi  boskichlarni  esa 

litogenezning boskichlari deyiladi. 

Chukmalarning  xosil  bulish  sharoiti  iklim,  rel`ef  va  xududning  tektonik  rejimi  bilan 

belgilanadi.  Bu  omillar  orasida  iklim  katta  axamiyatga  egadir.  Bu  xol  litogenezning  turlarini  iklimga 

karab ajratishga asos buladi. Litogenez nival, gumid va arid turlariga bulinadi. 

Litogenezning  nival  turi  kutb  mintakalarida  tarkaladi  va  fizik  nurash  natijasida  muzlik 

yotkiziklarining turli-tuman chakilgan jinslari xosil buladi. 




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə