Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38

 

 

18



18

Litogenezning  gumid  turi  mu`tadil  iklim  sharoitida  keng  tarkalgan.  Bu  mintakalar  uchun 

nurashning fizik, kimyoviy va biologik turlari xarakterlidir. Natijada, chakilgan (bulakli), kumirli, gilli, 

temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli karbonatli jinslar xosil buladi. 

Litogenezning arid turi kurgokchil iklimli mintakalarda keng tarkaladi va bu xududlarga asosan 

fizik nurash xarakterlidir. Natijada, chakilgan (bulakli) jinslar, dolomitlar, sul`fatlar, xloridlar va turli 

tuzlar, xamda mu`tadil iklimli mintakalar uchun xarakterli bulgan karbonatli, kremniyli, fosfatli jinslar 

xosil buladi. 



Gipergenez boskichi. Bu boskichda er yuzasidagi tub tog jinslari suv, muz, xarorat va boshka 

fizik, kimyoviy xodisalarga xamda organizmlarning ta`siriga uchraydi va buziladi (parchalanadi), ya`ni 

nurash xodisasi ruy beradi. 

Xaroratning  kunlik  uzgarishi  va  minerallarning  turli  issiklik  utkazish,  yutish  kobiliyatiga  ega 

ekanligi  natijasida  tog  jinslarida  mayda  darzlar  paydo  buladi.  Bu  darzlarga  suvning  kirishi  ularni 

kengayishiga,  chukurlashuviga  olib  keladi.  Natijada  turli  kattalikdagi  jins  va  mineral  bulaklari  xosil 

buladi. 


Suvlarning  minerallarga  ta`siri:  erish,  gidratatsiya,  gidroliz  jarayonlariga  olib  keladi.  Suv 

buglari  esa  minerallarni  oksidlanishiga  olib  keladi.  Natijada  minerallar  kimyoviy  jixatdan  uzgarib 

yangi sharoit uchun barkaror bulgan yangi mineral turlariga aylanadi. 

Nurashning  bu  turlari  bilan  bir  katorda  uning  organik  turi  xam  rivojlanadi.  Shunday  kilib,  er 

yuzasida  uzgargan,  buzilgan,  parchalangan  jinslar  katlami,  nurash  kobigi  xosil  buladi,  ya`ni  ilk 

(birlamchi) maxsulot xosil buladi (tayyorlanadi). 

Sedimentogenez  boskichi.  Nurash  jarayonidan  sung  va  u  bilan  bir  vaktda  xosil  bulgan  ilk 

(birlamchi) maxsulotlar tashiladi va yotkiziladi-chukma xosil buladi. 



Mu`tadil  iklimli  mintakalarda  tayyorlangan  maxsulotlar  yomgir  suvlari,  kor-muzlik  suvlari  va 

daryo suvlari bilan yuviladi, va parchalangan jins bulaklarining kattaligiga, okimlarning kuchiga karab 

uzi  xosil  bulgan  erlaridan  turli  masofalarda  yotkiziladi.  Bulardan  tashkari  dengiz  va  kul  xavzalarida 

daryolar  bilan  tashib  keltirilgan  erigan  va  donali  maxsulotlar,  okimlar  va  tulkinlanish  natijasida 

tashiladi,  saralanadi  va  turli  erlarda  yotkiziladi.  Daryo  suvlari  xavzalarga  kolloid  va  mukammal 

eritmalar  kurinishida  kup  mikdordagi  moddalarni  tashib  keltiradi.  Kolloidlar  kurinishida  gill 

minerallari,  kremnezem,  organik  moddalar,  temir  birikmalari,  marganets,  fosfor  va  kator  nodir 

(vanadiy, xrom, nikel, kobal`t) elementlari tashib keltiriladi. Xakikiy eritmalar kurinishida barcha engil 

eruvchi  tuzlar:  xloridlar,  sul`fatlar,  karbonatlar,  ishkoriy  metallar  kupincha  kremnezem,  organik 

moddalar, temir birikmalari, margenets,  fosfor va boshka  elementlar tashib keltiriladi. Kolloidlarning 

kup  kismi  daryoning  kuyi  okimida  va  kirgok  oldi  kismida  ayrim  xolda  xavzaning  urta  kismida  gilli 

maxsulotlar bilan birga chukadi. 

Xakikiy  eritmalardan  karbonatlar  fosfatlar,  temir  birikmalari  va  marganets  chukadi:  xlorid  va 

sul`fatlar  eritmada  koladilar.  Odatda  kirgokdan  xavzaning  urta  kismiga  karab  kum  yotkiziklari, 

alevritlar,  ular  esa  gilli  yotkiziklar  bilan  almashinib  boradi.  Kumlardan  gillarga  tomon,  temir, 

marganets va alyuminiyning kontsentratsiyasi ortib boradi. 

Maxsulotlarning  tashilishi  va  chukmaga  yotkizilishi  jarayonida  organizmlarning  mexanik  va 

kimyoviy  ta`siri  katta  axamiyatga  ega.  Arid  iklimli  mintakada  chukma  xosil  bulishi  va  tashilishi 

jarayoni shamol va kisman okar suvlar ishtirokida sodir buladi. 

Shamollar  arid  iklimli  xududlarda  kup  mikdorda  parchalangan  jins  zarralarini  mayda  chang 

(alevrit)  larni  kuchiradi.  Tashilish  jarayonida  parchalangan  zarralar  er  yuzasida  yumalatiladi  va 

kattaligiga  karab  saralanadi.  Tarkibida  turli  kattalikdagi  zarralar  bulgan  shamolning  ta`sirida 

koyatoshlar  silliklanadi.  Bu  zarralarning  tashilishi,  tuplanishi  yotkizilishi  natijasida  kum  tepalari-

barxanlar, dengiz va daryo kirgoklarida dyunalar xosil buladi. 



Kurgokchil  iklimli  mintakalarda  atmosfera  yoginining  mikdori  juda  oz  va  kamdan-kam  kiska 

muddatli  jala  kurinishida  yogadi.  Natijada  tog  va  balandlik  etaklarida  parchalangan  maxsulotlar 

elpigich shakliga uxshash tashilish konusi xosil kilib yoyilib yotkiziladi. Tashilish konusi yotkiziklari 

silliklanmagan, deyarlik saralanmagan tog jinsi va minerallar bulaklaridan iborat buladi. 

Erigan  moddalarning  asosiy  kismi  arid  iklimli  mintakalarga  yukori  balandliklarda  joylashgan 

mu`tadil  iklimli  mintakalardan  daryolar  bilan  dengiz,  okean  suvlarining  kurfazlariga  va  lagunalariga 




 

 

19



19

(kultiklariga) okib utishi natijasida tashib keltiriladi. Bu mintakalarda suvlar katta mikdorda buglanadi 

va uning tarkibidagi tuzlar chukmaga tushib kimyoviy chukindilarni xosil kiladi. 

Nival  iklimli  mintakalarda  chukmaning  tashilishi  asosan  muzliklarning  xarakati  bilan,  kisman 

ogirlik kuchi va suvlarning faoliyati bilan boglik. 

Muzliklar uz xarakati davomida uz asosini buzadi, dungliklarni tekislaydi, jins bulaklari bilan 

uz  tagini  tirnaydi  (buzadi,  xaydaydi)  va  parchalangan  jins  bulaklarini  uzok  masofalarga  tashiydi. 

Muzlik  bilan  tashiladigan  maxsulotlarning  kattaligi  turlicha  bulib  bir  necha  millimetrdan  yirik  gula 

tosh  kattaligigacha  bulishi  mumkin.  Bu  maxsulotlar  kisman  kayta  ishlanadi  va  muzlikning  erishi  va 

kaytishi natijasida morenalar kurinishida yotkiziladi. Morena jinslari deyarli saralanmagan buladi. 

Chukindi maxsulotning tashilishi va yotkizilishi davomida, chukindilar kattaliklari, solishtirma 

ogirligi,  kimyoviy  tarkibi  va  uxshashligiga  karab  turli  kismlarga  bulinadi  (differentsiatsiyaga 

uchraydi).  Toglik  xududlarda  mexanik  differentsiatsiya  natijasida  avval  yirik  bulakli  chukindilar, 

sungra kumlar va keyin gillar yotkiziladi. 

Suv  xavzalarida  kimyoviy  differentsiatsiya  jarayonida  suvdan  tuz  birikmalari  suvda 

eruvchanligiga boglik ravishda tartib bilan chukmaga tushadi. 

Diagenez  boskichi.  Chukmada  sodir  buladigan  uzgarishlar  diagenez  deb  ataladi.  Yangi 

yotkizilgan chukma suvga tuyingan va zichligi kam buladi. 

Chukma  tarkibida  parchalangan  jins  bulaklaridan  chukmaga  tushgan  biokimyo  va  kimyoviy 

komponentlardan  tashkari,  oz  mikdorda  kislorod,  kremniy,  temir,  marganets  gidrooksidlarning 

eritmalari,  tirik  bakteriyalar  va  organik  moddalar  mavjud  buladi.  Demak  chukma  kup  komponentli 

uzgaruvchan  turli  fizik,  kimeviy  va  organik  uzgarishlarga  uchragan  tizimni  ifoda  kiladi.  Diagenez 

boskichi  mobaynida  chukma  zichlanadi  va  namligi  kamayadi,  kolloidlar  paydo  buladi  va  eskiradi 

(kariydi),  il  eritmalaridan  yangi  minerallar  xosil  buladi  bir  xil  minerallar  uzgarib  yangilari  paydo 

buladi, chukmadagi moddalar aralashadi va ikontsentratsiyasi uzgaradi. 

Diagenez  natijasida  chukmalar  chukindi  tog  jinslariga  aylanadi.  Odatda  (kupincha)  chukma 

kattik  xolatga  utishi-tsementlanishi  mumkin.  Lekin  tsementlanmagan  xolatda  kolish  xollari  xam 

uchraydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Chunki  jinslar  xosil  bulish  sharoitiga  kura  chakilgan  (sinik,  bulakli),  gilli,  xemogen  va 

organogen  jinslariga  bulinadi.  Sinf  uchun  jinslarning  tasnifnomasiga  asos  kilib  uning  strukturasi 

(donalarining kattaligi) tsementning mavjudligi va mineralogik tarkibi olingan. 



Sinik  jinslar  strukturasiga  karab  yirik  bulakli-psefitlar  (>2  mm),  kumlar-psammitlar  (2-0,05 

mm), changli-alevritlar (0,05-0,005 mm) va gilli-pelitlarga (< 0,005 mm) bulinadi.  

Yirik bulakli jinslar-psefitlarga turli bush sinik (yirik shagal, mayda shagal, mayda kirrali tosh 

va tsementlangan (konglomerat, brekchiya) nurash) maxsulotlari kiradi. Bu jinslar tarkibidagi bulaklar 

aksariyat turli-tuman minerallardan tashkil topadi. Yirik bulakli jinslar turli tarkibdagi tsementlar bilan 

(oxakli, temirli, gilli) jipslashgan bulishi mumkin. Bu jinslar katlam-katlam bulib yotadi. 

Kumli  jinslar-psammitlar.  Bu  guruxdagi  jinslarga  kumlar  va  kumtoshlar  kiradi.  Donalarning 

kattaligiga  karab  kumlar  va  kumtoshlar  yirik  donali  (1,0-0,5  mm),  urtacha  donali  (0,5-0,25  mm)  va 

mayda donali (0,25-0,05 mm) jinslarga bulinadilar (3-jadval). 

Kumli  jinslar  tarkibidagi  donalarning  kattaligi  va  shakli  asosan  xosil  bulish  sharoiti  bilan 

belgilanadi. Dengiz kirgogi mintakasida kumlar yaxshi silliklangan va saralangan, bir xil kattalikdagi 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə