Geometriya -geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi fan



Yüklə 16,5 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü16,5 Kb.
#108336
Geometriyaga oi


Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar bundan 4-5 ming yil muqaddam qadimgi Misrda paydo bo’lgan. Qadimgi yunon olimlari yer o’lchash usullarini misrliklardan o’rganib, uni geometriya deb ataganlar. “Geometriya” yunoncha so’z bo’lib, “geo”-yer, “metrio”- o’lchash degan ma’noni anglatuvchi qismlardan tuzilgan.
Mil.avv. VII-VI asrlarda Qadimgi Xorazmda ham Misrdagi kabi Amudaryoning quyi qismida yer o’lchash ishlari bajarilgan.

Qadimgi yunon olimi Evklid o’sha paytgacha ma’lum bo’lgan barcha geometrik tushumcha va xossalarni tartibga keltirib, “Negizlar” deb nomlangan kitobida bayon etdi.

Geometriya -geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi fan.

Stereometriya (qadimgi yunonchadan stereos - "qattiq, fazoviy" va yun onchadan μετρεω (metreo) - "oʻlchayman") Yevklid geometriyasining sohasi boʻlib, unda uch oʻlchamli, shakllar oʻrganiladi. Stereometriya Stereometriyaning ko‘pgina masalalarini yechishdan oldin quyidagi keltirilgan to‘g‘ri chiziq va tekisliklarni ta’rif va teoremalarini yodda tutish lozim.

Planametriya geometriyaning bo'limi bo'lib, u bir tekislikda joylashgan geometrik shakllarning xossalarini esa geometriyaning streometriyaning deb ataladigan bo’limi o’rganadi.

Planimetriya- geometriyaning tekislikdagi geometrik shakllarning xossalari o’rganuvchi bo’limi.

Geometriya real hayotdagi predmetlarning miqdoriy ko’rsatkichlari va fazoviy shakllarini o’rganadigan fandir. Geometriya ikki qismdan: planametriya va streometriyadan iborat. Planametriya- tekislikdagi, steometriya esa fazodagi geometrik shakllarning xossalarini o’rganadi.

Geometriyaning mantiqan qurilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Avval asosiy (boshlang’ich) geometrik shakllar ta’rifsiz qabul qilinadi.

Asosiy geometrik shakllarning asosiy xossalari isbotsiz qabul qilinadi.

Boshqa geometrik shakllar asosiy shakllar va ularning xossalariga tayanib ta’riflanadi hamda ularning xossalari ungacha ma’lum xossalarga tayanib isbotlanadi.

Fanning bunday tuzilishi aksiomatik tuzilish deb nomlanadi. Aksioma deb to’g’riligi isbotsiz qabul qilinadigan xossaga aytiladi.



Biror tasdiqning to’g’riligini mantiqiy mulohazalar yordamida keltirib chiqarish isbot deb ataladi. To’g’riligini isbotlash yo’li bilan asoslanadigan tasiq esa teorema deb ataladi. Teoremaning birinchi- sharti qismida nimalar berilgani bayon qilinadi. Ikkinchi- xulosa qismida esa nimani isbotlash lozimligi ifodalanadi.
Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə