Geosinklinal va platforma viloyatlari haqida umumiy tushuncha



Yüklə 17,56 Kb.
tarix06.02.2018
ölçüsü17,56 Kb.
#26744

GEOSINKLINAL VA PLATFORMA VILOYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Yer qobig’ining geosinklinal zonalariga nisbatan tinch tektonik rejimda bo’lgan qismi platforma deb ataladi. Platformalar katta-katta maydonlarni egallaydi. Platformalar ikki qavatdan iborat bo’lib, pastki qavati burmalangan cho’kindi, yoxud metamorfik yoki magmatik jinslardan tuzilgan bo’ladi. Ustki qavati gorizontal yotgan cho’kindi jinslardan iborat. Ustki qavati - chexol, pastki qavati - fundament deb ataladi.

Yer qobig’ining uzoq vaqtlar cho’kindi jinslar to’planadigan va platformalar orasida joylashgan, aktiv tektonik xarakatlar bo’lib turadigan qismi gyeosinklinal deb ataladi. Geosinklinal yer qobig’ining asosiy geotektonik elementlaridan biri bo’lib, u platformaning aksini tasvirlovchi zonadir. Geosinklinal rayonlarda turli-tuman, kuchli tektonik xarakatlar vujudga kelishi sababli gorizontal xolda yotgan qatlamlar burmalanadi, egiladi va ayrim joylarda uziladi.



Platforma-Yer po’stining sust xarakatchan qismi bo’lib, qit'adagi asosiy qurilmalardan biri. Bir necha mln km2 maydonni ishg’ol etadi. Burmali o’lkalar o’rnida paydo bo’ladi. Platformaning tuzilishida, odatda ikki struktura qavati qatnashadi. Pastki qavat kuchli burmalanishga uchragan metamorfik va vulkan jinslaridan tashkil topgan bo’lib, ularning ichida ko’plab intruziyalar mavjud. Yuqori qavat (cho’kindi qoplama burmalanishga va metamorfizmga uchramagan, oralarida intruziyalar bilan kesilmagan sayoz dengiz, laguna va kontinental yotqiziqlardan, goxida vulkon jinslaridan iborat) 3-7 qalinlikda bo’ladi. Cho’kindi qoplam jinslari deyarli gorizontal xolatda yotadi. Ular turli tartibdagi kichik intensiv strukturalar bilan murakkablashadi. Platformalarda nisbatan intensiv burmalanish quyidagi joylarda kuzatiladi: 1) tarkibida tuz yotqiziqlari bo’lgan cho’kmalarda, 2) qo’shni burmalari o’lkalarga tutash chet qismlarida, 3) avlokogenlarda, 4) platforma asosidagi katta amplitudali yoriqlarga yondoshgan qismlarda.

Asosidagi tog’ jinslarining yoshiga qarab qadimgi va yosh platformalarga bo’linadi. Qadimgi platformaning asosi arxey va proterazoy eralarida hosil bo’lgan tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, yuqori qoplam keyingi eralarga mansub jinslardan tuzilgan. Bunday platformalarga Sharq, Yevropa, Sibir, Shimoliy Amerika, Xitoy-Koreya, Xindiston, Afrika, Avstraliya, Janubiy Amerika va Antarktida platformalari kiradi. Yosh platformalarning asosi paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Ustki qoplam jinslari yuqori paleozoy, mezozoy va kaynazoy jinslaridan tashkil topgan. Yosh platformalarga G’arbiy Sibir, Turon va Skif plitasi, G’arbiy Yevropa va boshqalar kiradi. Ba'zan cho’kindi qoplam bilan asosi orasidagi oraliq jinslar guruxi yotadi. Platformalarda magmatik jarayonlar kuzatiladi, ammo u burmali o’lkalardagi kabi kuchli kechmaydi. Magmatizm maxsulotlari nisbatan bir xil tarkibda bo’lib, bazalt magmasining maxsulidir. Platformalarda seysmik aktivlik juda sust, faqat yirik yer yoriqlari va kushni burmali ulkalarga tutash joylarda ancha kuchlidir. Issiqlik oqim darajasi burmali o’lkalardagiga nisbatan 2-4 marta kichik. U yosh platformalarda qadimgi platformalardagiga nisbatan yuqoridir. Qalqon va burmali o’lkalarga tutashgan perikraton cho’kma va plita platformaning eng yirik tektonik qurilmalari bo’lib hisoblanadi. Yuqorida zikr qilingan barcha xususiyatlar kontinental platformalarga xosdir. Ular zamindagi yer po’stining qalinligi 30-60 km ni tashkil qiladi.



Kontinental platformalardan tashqari okean platformalari xam mavjud, ular joy tuzilishiga nisbatan tekis bo’lgan okean tubida joylashgan. Okean platformalari ostidagi yer po’stining qalinligi 5-7km dan oshmaydi, uning tarkibida granit qatlam yuk, cho’kindi qoplam yotqiziqlarining qalinligi juda yupqa (0,2 - 1,0km gacha), ancha mo’rt, yoshi yura davridan nariga o’tmaydi, tekis yotadi.

Faollashgan platforma - tezligi va qarama-qarshiligi jixatidan burmalanish o’lka xarakatlariga tug’ri keladigan jadal tektonik xarakatlar natijasida qayta jonlangan platforma yoki uning bir qismi. Turg’un yoki nisbatan tekislashgan platforma qurilmalarining o’rnida burmali tog’ inshootlari shakllanadi. Faollashgan platformalar uchun tog’ara cho’kma va bukilmalar orqali ajralib turgan juda baland palaxsa tog’ va tog’ tizimlari ayniqsa xosdir. Cho’kindi qoplam jinslari va tog’ara cho’kma molassasining burmalanishi sust va o’rtacha bo’lib, faqat yoriqlar bo’ylab kuchliroqdir. Ko’tarilma va cho’kmalar o’zaro uzilma xilidagi yoriqlar orqali bir-biridan ajragan o’lkalarning chet qismlari bo’ylab uzilmalar avj olgan.

Platforma qoplamasi - platformalarning yuqori qurilma qavati, asosan cho’kindi jinslardan tashkil topgan, kristallashgan (qadimgi platformalarda) yoki burmalangan (yosh platformalarda) asos ustida yotadi. Ba'zan qoplama tarkibida magmatik maxsulotlar uchraydi. Platforma qoplamasining metamorfizmga uchramagan jinslari deyarli gorizontal xolda yotadi; u platforma asosida keskin nomuvofiqlik va stratigrafik tanaffus orqali ajraladi. Yosh platformalarda tanaffus vaqti uncha uzoq emas. Ko’pincha platforma asosi va qoplama orasida oraliq kompleks jinslari yotadi, bu ba'zi bir yosh platformalarga ayniqsa xos.

Geosinklinal - tektonika va umuman geologiyaning asosiy tushunchalaridan biri. Olimlarning qayd qilishicha, geosinklinal turlari ko’p va xilma-xildir: Parageosinklinal, ortoyegsinklinal, evgeosinklinal, miogeosinklinal, va xakozolar. Xozirgi vaqtda geosinklinal tushunchasining umumiy, ko’pchilik tadqiqotchilar qabul qilgan yoki tan olgan ta'rifi yuq. Geosinklinal-yer po’stining eng xarakatchan, yoriqlarga boy, yotqiziqlar katta qalinlikka (15-20 km) ega bo’lgan qismi. Geosinklinalning asosiy xususiyatlaridan biri-uning rivoj-lanishida turli bosqichlarning mavjudligi. Geosinklinal dastlabki bosqichida keng, chuqur dengiz xavzalarida shakllanadi, ularning ichida ayrim ko’tarilmalar, urtaliq massiv va suv osti bazalt vulkanlari paydo bo’ladi. O’rta bosqichda qayt qilingan xavzalar o’rnini ko’tarilmalar egallaydi. Geosinklinal bosqichining so’ngi bosqichida esa umumiy ko’tarilish sodir bo’ladi, ko’pchilik bukilmalar tutashadi. Ushbu jarayonlar natijasida ular burmali tog’ inshoatlariga aylanadi. Keyingi yillarda litosfera plitalarining tektonikasi goyasining rivojlanishi munosabati bilan geosinklinalga yangicha ta'rif berilmoqda. Ushbu goyaga asosan geo-sinklinal litosfera plitalarining o’zaro to’qnashgan joyi bo’lib, u yerda geosinklinal jarayoni kechadi. Bu jarayon surilayotgan okean plitasining suvsizlanishi va qayta erishi xisobiga xamda magmatik qayta o’zgarish, metamorfizm va to’qnashayotgan plitalar old qismlarining shakl o’zgartirishi evaziga kontinental yer po’stining paydo bo’lishida ifodalanadi.

Zilzila. Yer po’stining silkinishi zilzila deyiladi. Yer yuzasini yemiruvchi, buzuvchi zilzilalarning 68% ga yaqini Pireneyya, Alp, Apennin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog’lariga va O’rta Osiyoning tog’ tizmalariga, ximolay tog’lariga, qolgan 28% i tinch okean xalqasiga to’g’ri keladi. Bular seysmik rayonlardir. Zilzila xodisalarini o’rganuvchi fan syeysmologiya deb ataladi. Zilzila yer qobig’ining ichki qismidagi massalarning juda kuchli xarakatga kelishidan paydo bo’ladi va zilzila to’lqinlari markazdan atrofga qarab tarqaladi. Yer sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan o’tib keluvchi egiluvchan to’lqining o’rilishidan kelib chiqadi. Agar to’lqin tikka urilsa, ya'ni zilzila yer sirti bilan tug’ri yoki qiyaroq burchak hosil qilsa, yer ustidagi narsalar yuqoriga ko’tarilib, pastga tushadi. Agar to’lqin qiya urilsa, yer ustidagi narsalar gorizontal xarakatlanadi, ba'zan ular qayiqqa o’xshab tebranadi. Zilzila vaqtida ba'zi to’lqin zarbalarini kishilar sezmaydi, faqat maxsus asbobgina sezadi, bunday kuchsiz zilzila xarakati mikrosyeysma, asboblarsiz seziladigan zilzila makroseysma deyiladi.

Zilzila to’lqinlarini xisobga oluvchi asboblar o’rnatilgan 500 ga yaqin stantsiya yer sharida xar yili 9000 tagacha zilzilani, ya'ni soatiga bir marta zilzila bo’lishini xisobga oladi. Yerning ichidagi zilzila boshlangan markaz - gipotsyentr, uning yer yuziga tikka chiqqan joyi - fokusi - epitsyentr deb ataladi.
Yüklə 17,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə