Gerontologiya. Keksa yoshdagi bemorlarni parvarishlash



Yüklə 16,66 Kb.
tarix16.06.2022
ölçüsü16,66 Kb.
#89574
Gerontologiya


Gerontologiya.Keksa yoshdagi bemorlarni parvarishlash.
Gerontologiyada hamshiralik parvarishining o‘ziga xos xususiyatlari. Hamshiralik ishi bo‘yicha yuksak malakali mutaxassislar mavjudligi odamlar sog‘lomligi va jamiyat jadal rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Respublikamizda jahon andozalariga mos, davr talabiga to‘la javob bera oladigan shunday mutaxassislar tayyorlash uchun izlanishlar olib borilmoqda. Shuning uchun «Gerontologiya»da hamshiralik ishiga: «Gerontologiyada hamshiralik jarayoni», «Gerontologiyada kommunikasiya», «Hamshiralik faoliyati falsafasi» kabi yangi tushunchalar kiritildi. Zamon hamshiralik ishini «fan» sifatida rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bugungi hamshira kasallik belgilariga asoslanib bemorga «Hamshira tashxisi» qo‘ya olishi lozim. Keksa va qari bemorlarning dardini eshita, tushuna olish, ular bilan insoniy muloqotga kirisha bilish, bemor oldida javobgarlikni to‘la his etib, uning sog‘ligini ijobiy tomonga o‘zgartirish shu kunning talabidir. Hamshiralik ishini fan va sanoat darajasiga ko‘targan amerikalik nazariyotchilardan biri V.Xenderson tibbiyot hamshiralarining noyob vazifasi – inson, sog‘lom odam yoki bemorga o‘zining sog‘ligini tiklashi, mustahkamlashi, umrini osoyishta yashab o‘tishga ko‘mak bera oladigan darajada malaka va bilimga ega bo‘lishdan iborat deb hisoblaydi. Demak, gerontologiyada hamshiralik ishining maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Keksa va qari yoshdagi kishilarning asosiy ehtiyojlarini tushunmoq. 2. Yoshi o‘tgan va qari kishilarning sog‘lom bo‘lishiga, sog‘ligini saqlashga va tiklashga erishish. 3. Keksa va qari yoshdagi kishilarning o‘ziga-o‘zi qaray olishiga erishish. 4. Vaqti soati kelgan yoki og‘ir, tuzalmas kasallik bilan og‘rigan insonning (keksaning) umrini osoyishta yashab o‘tishiga imkoniyat yaratish. 5. Qariyalar uchun sog‘lom turmush tarzini yuzaga keltirish va rivojlantirish zarur.Gerontologiyada hamshiralik jarayoni – hamshira tafakkurining va harakatining alohida bir turi. Chunki keksa yoki qari kishilarga qarash, ularni davolash hamshiralardan alohida ma’suliyat, muomala madaniyati, ilmini talab etadi. Gerontologiyada yoshi o‘tgan, keksaygan shaxsning muammosini hal etishda hamshira rejali ravishda ish olib borishi zarur. Hamshiralik jarayoni – dinamik, o‘sib boruvchi va o‘zgaruvchan harakatli jarayondir.Keksa, qari kishi yoki bemorlarning dardi ko‘p. Demak, ularning parva rishiga bo‘lgan munosabat ham shunga mos ko‘p qirrali bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda qariyalarni parvarishlash rejasi vaziyatga qarab mutta sil o‘zgarib turadi. Bu jarayon ularning ehtiyojlarida mujassamlangan. Demak, parvarish rejasi bunday bemorlarning asosiy ehtiyojlariga asoslanib tuziladi.Hamshiralik jarayoni aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan, moslashuvchan jarayon. Hamshiraning ishi shifoxonalarda, oilalarda, qariyalar uylarida, poliklinikalarda olib boriladi. Hamshira bu jara yonda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimi, iste’dodi, tajribasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bemorning sog‘ligini tiklash, uni parvarish qilishga, muammolarini hal etishga sarflashi zarur. Keksa va qari bemorni suhbatga – dardlashishga chorlovchi, tinch, osoyishta muhitni yaratish. Keksa bemorning ruhiyati, emotsional holatidan kelib chiqqan holda, muloqot ko‘proq ularni qiziqtiruvchi yo‘nalishda olib boriladi. Buning uchun alohida faol ravishda eshitish qoidalarini qo‘llash zarur. 1. Tashqi qiyofasi bilan (bosh qimirlatish, tasdiqlash). 2. Fikrni davom ettiruvchi so‘zlarni ishlatish. Misol uchun: Keyin nima bo‘ldi? – Siz uchun ma’qulmi? – va hokazo.Bemorning fikrini bilish, buning muhimligini bildirish.Avaylash, g‘amxo‘rlikni his qildirish.So‘zlashganda yuz va tana harakatlariga e’tibor berish.Yoshi o‘tgan va qari kishilar tashvish – muammosini hal etish uchun uning mohiyati negizini qayta-qayta aniqlash va bilib olishga erishish. Buning uchun verbal (so‘z orqali), noverbal (harakat orqali) muloqot turidan foydalanish zarur.
Inson yoshi o‘tganda, keksayganda katta hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Bunday odamlar hamshiraning muloqotidan o‘ziga nisbatan munosabatni va hamshira haqidagi ma’lumotni ham bilib olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Muloqotda ma’lumotning 30% gapda ifodalanadi. Bunda 7% so‘z dan, 13% ohangidan, 10% mazmunidan bilib olinadi. 70% ni esa tashqi ko‘rinish: qo‘l, yuz, tana harakati bilan, hatto hid orqali bilib olish mumkin.
Kommunikatsiyada savol berish usulidan to‘g‘ri foydalanish zarur. Savollar uch xil yo‘nalishda beriladi.
1. Yopiq savollar – izoh talab qilmaydigan savollar. Misol: Siz bugun yaxshi uxladingizmi? Ha yoki yo‘q.
2. Ochiq savollar – izoh talab qiladigan savollar. Misol: Nega bugun yaxshi uxlay olmadingiz?
3. Yo‘naltiruvchi savol – fikrni davom ettirishga undovchi savol. Misol: Balki havo ta’sir qilgandir? Demak, savol berish qoidasi bemor ning muammosini chuqur aniqlash uchun yordamchi vosita hisoblanadi.Hamshiralik jarayonining barcha bosqichlarida hamshira kommunikatsiya tamoyillariga amal qilishi kerak. GerIaTrIK YorDaMNI TashKIl QIlIsh Aholi sonining qariyalar hisobiga ortib borishi geriatrik yordamini to‘g‘ri tashkil qilish, uning tibbiy va ijtimoiy asoslarini bilishni taqozo etadi. Qariyalarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqlarini tiklash faqat tibbiy choralar bilan cheklanib qolmay, balki masalaga ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshishni talab qiladi. Bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, uning ish qobiliyatini tiklashga, ruhiy tetikligini oshirishga va Qizil Yarim Oy jamiyati bilan aloqani o‘rnatishga yordam bermoq lozim. Yolg‘iz yashaydigan, o‘ziga-o‘zi xizmat qilaolmaydigan qariyalar uchun qariyalar uyi tashkil qilingan bo‘lib, ularda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.Geriatriyada qon aylanish doirasining yoshga aloqador o‘zgarishlari va kasalliklari, qon tomirlarning morfologik o‘zgarishlari kuzatiladi. Yirik qon tomirlar devorlarida sklerotik o‘zgarishlar, muskul qavatining atrofiyasi va elastikligining susayishi namoyon bo‘ladi. Bu esa qon tomirlarning kengayishi va qisqarish qobiliyatini pasaytirib, qon aylanishini izdan chiqaradi, arterial bosim ko‘tariladi. Miokarddagi sklerotik o‘zgarishlar yurak qisqarishlarini kamaytiradi. Shu nuqtai nazardan qarilik yoshidagi ayollar organizmini zo‘riqtirmaydigan jismoniy mashqlar, sekin-asta piyoda yurish, tez va oson hazm bo‘ladigan ovqatlarni ichak faoliyatini tartibga soluvchi oziq va moddalarni iste’mol qilishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari ko‘proq toza havoda sayr qilishlari lozim. Kasal bo‘lib yotib qolgan paytlarida yotoq yaralarining oldini olish parvarishlarini, o‘pka ventilyasiyasini kuchaytirish mashqlarini hamshira yordamida bajarishlari kerak. Bu borada ayniqsa, qarovchisi bo‘lmagan qariyalarning uylariga doimiy ravishda sog‘ligini nazorat qilish, kerakli hamshiralik parvarishini tashkillashtirish maqsadida maxsus hamshiralar biriktirilishi maqsadga muvofiqdir. Bu masala Qizil Yarim Oy jamiyati hamda oilaviy poliklinikalar xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim.
Yüklə 16,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə