Gerpes virusli kasallik bo’lib, uning shikastlash obyekti teri va shilliq qavatdir. Bugungi kunda gerpes sayyoradagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Aksariyat odamlar bu virus bilan aloqa qilishadi



Yüklə 1,77 Mb.
tarix07.06.2022
ölçüsü1,77 Mb.
#89019
GERPES

Gerpes virusli kasallik bo’lib, uning shikastlash obyekti teri va shilliq qavatdir. Bugungi kunda gerpes sayyoradagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Aksariyat odamlar bu virus bilan aloqa qilishadi. Virusga antitanalar dunyo aholisining 70 foizida topilgan. Olimlarning fikricha, 40 va undan katta yoshdagi odamlarning 80 foizi gerpes virusiga chalingan.

  • Gerpes virusli kasallik bo’lib, uning shikastlash obyekti teri va shilliq qavatdir. Bugungi kunda gerpes sayyoradagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Aksariyat odamlar bu virus bilan aloqa qilishadi. Virusga antitanalar dunyo aholisining 70 foizida topilgan. Olimlarning fikricha, 40 va undan katta yoshdagi odamlarning 80 foizi gerpes virusiga chalingan.
  • Gerpes infektsiyasi bir nechta kasalliklardan iborat: oddiy gerpes virusi, suvchechak virusi, sitomegalovirus, Epshteyn-Barr virusi. Biroq, gerpes infektsiyasida odatda oddiy gerpes tushuniladi.

GERPES QANDAY YUQADI?

Gerpes virusining birinchi turi so’lak orqali, o’pish bilan yuqish xususiyatiga ega, gerpes virusning ikkinchi turi qon quyish, organ transplantatsiya qilish va shuningdek, virus tashuvchisi bilan jinsiy aloqada bo’lish orqali yuqadi. Virusning birinchi turidan kelib chiqqan gerpes virusning ikkinchi turidan kelib chiqqan gerpesga qaraganda 10 marta ko’proq uchraydi.

  • Kasallikning manbalari surunkali va o’tkir shakldagi gerpesi bo’lgan insonlar, shuningdek virusning tashuvchilaridir. Shunisi e’tiborga molikki, virus inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Har qanday surunkali kasallik, masalan, qandli diabet, gerpes virusini faollashtirishi mumkin. Bundan tashqari, gerpes virusini faollashtiruvchi omillarga teri kasalliklari va yuqumli kasalliklar ham kiradi.

GERPES ALOMATLARI VA BELGILARI

  • Gerpesning inkubatsion davri, ya’ni virus yuqganidan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lguniga qadar vaqt 3-8 kun davom etadi. Kasallanganlikning belgilari yuzining terisi ustida, shuningdek labla va burun shilliq qavatida va jinsiy a’zolarda kichik og’riqli toshma toshishi hisoblanadi. Toshmalar chiqgan joylarda teri qizaradi va biroz shishadi. Ko’p hollarda insonning umumiy ahvoli qoniqarli bo’lib, kamdan-kam hollarda isitma va umumiy holsizlik kuzatiladi.
  • Gerpes virusi saraton kasalligining boshlanishi bilan bog’liq. Buning isbotlari, bachadon bo’yni saratonini keltirib chiqaradigan jinsiy gerpesdir. Gerpesning doimiy mavjudligi yuqori nafas yo’llari shilliq qavatining yallig’lanishiga olib keladi.
  • Agar bemorda jinsiy gerpes kasalligi mavjud bo’lsa:
  • Isitma;
  • Tez-tez siyish;
  • Mushaklarda va qorinning pastki qismida og’riq;
  • Chov limfa tugunlari kattalashishi va og’rishi mumkin.

LABDAGI GERPES YOKI UCHUQ

  • Uchuq oddiy gerpes virusi (lot. Herpes simplex) tufayli kelib chiqadi. Ba’zi kishilarga oddiy gerpes yiliga 6-8 marta ta’sir ko’rsatadi. Uchuq ko’pincha og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida, quloqlar atrofida, lablar chetida va yonoqlarda paydo bo’ladi. Labdagi gerpesning rivojlanishi bir necha bosqichda sodir bo’ladi:
  • Birinchi bosqich yoki achishish bosqichi — lablar atrofidagi achishish va og’riq bilan namoyon bo’ladi. Bir necha soatdan bir kungacha davom etadi. Uchuqning keyingi rivojlanishini viruslarga qarshi prepaatlarni qo’llash orqali oldini olsa bo’ladi, masalan asiklovir yordamida.
  • Agar uchuqni o’z vaqtida oldini olish imkoni bo’lmasa, u ikkinchi bosqichga o’tadi va lablar biroz shishadi, lablar atrofidagi teri qizaradi. Ushbu bosqich yallig’lanish bosqichi deb ataladi va shaffof modda bilan to’lgan donachalar shakllanishi bilan tugaydi.
  • Uchinchi bosqich — labda yaralar hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladigan yaralanish davri. Yaralar donachalar yorilganidan keyin paydo bo’ladi. Bemor lablari atrofida og’riq va achishish boshlanadi. Bu bemor atrofdagi odamlarga kasallikni yuqtira oladigan eng xavfli bosqichdir.
  • Va, nihoyat, to’rtinchi bosqich — qobiq paydo bo’lishi. Ushbu bosqich kasallikning boshlanishidan 7-9 kun o’tgach sodir bo’ladi. Yarachalar joyida jigarrang qobiq paydo bo’ladi va bu qobiq keyinchalik tushib, o’rni tuzalib ketadi.

GERPESNING ASORATLARI

  • Gerpesning asoratlariga virusning boshqa a’zolarga ta’sir qila olish xususiyatini misol qilsa bo’ladi. Bu esa o’z navbatida bronxlar, o’pka, traxeya, qizilo’ngach, miya va jigar kabi a’zolarning virusli jarayonlariga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlar spetsifik deyiladi.
  • Nospetsifik asoratlar ham mavjud bo’lib, ularning yuzaga kelishi boshqa bakterial yoki virusli infektsiyaning rivojlanishi bilan bog’liq.

UCHUQNI DAVOLASH USULLARI tashxislash

  • Uchuqdan halos bo’lish va uni davolash uchun «Vektavir», «Asiklovir», «Zoviraks» kabi malham shaklidagi maxsus dorilar mavjud. Ular gerpesning birinchi bosqichida juda samarali bo’lib, terida donachalar paydo bo’lishini oldini oladi.
  • Uchuqni uy sharoitida davolash mumkin. Lekin yuqori isitma, qattiq bosh og’rig’i, ishtaha yo’qolishi, holsizlik va zaiflik kabi alomatlar kuzatilsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing kerak.
  • Juda kam holatlarda gerpetik infektsiyani tashxislash zarur bo’ladi. Buning uchun pufakchalardagi suyuqlik o’rganiladi. Bundan tashqari, qon tahlili o’tkazgandan so’ng, gerpes virusini aniqlash mumkin.Shifokor uchuqni tashqi korik vaqtida aniqlashi mumkin.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə