Gimnastikaning rivojlanish tarixi


Mustaqil O’zbekiston Respublikasida gimnastika



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə5/5
tarix22.05.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#112090
1   2   3   4   5
GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida gimnastika
Etakchi trenerlar va gimnastikachilar yangi sharoitlarda ham katta yutuqlarga erishmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi halqaro maydonga chiqdi. Bu xol o’zbek sportchilariga jahon birinchiligida ishtirok etish imkonini berdi. Jumladan, O’zbekistonlik gimnastikachilar Oksana Chusovitina va Roza Galieva sport gimnastikai bo’yicha jahon birinchiligida ishtirok etib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo’ldilar.
G.Shamray va E.Saadiy oltin an’anasini ikkita ajoyib sportchi O.Chusovitina va R.Galieva davom ettirdilar. Ular 1992yilda Barselonada o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida sport gimnastikasi bo’yicha chempionlik shohsupasini egalladilar.Shuningdek, O.Chusovitina astoyidil mashq qilishni davom ettirib, Atlantadagi Olimpiya o’yinlarida qatnashish uchun litsenziya qo’lga kiritdi. 1996yilgi Olimpiya o’yinlarida O.Chusovitina, A.Dzyundzyak va E.Valievlar ishtirok etishdi. O.Chusovitina musobaqalarda ko’pkurash finalida jahonning yuzta kuchli gimnastikachilari orasida 10o’rinni egalladi. U «Mehnat shuhrati» ordeni bilan treneri S.M.Kuznetsova esaO’zbekiston Respublikasining fahrli yorlig’i bilan taqdirlanishdi. 1994yilda Xirosimada (Yaponiya) o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida O.Chusovitina sakrash va bruslarda bajariladigan mashqlarda 2ta bronza medalni qo’lga kiritdi.
1998yilda Bankokda o’tkazilgan musobaqalarda E.Gordeeva, A.Dzyundzyak, B.Boyatanova, S.Babaeva, C.Baxritdinova, O.Chusovitina kabi mahoratli gimnastikachi qizlar ishtirok etishdi. Bugungi kunda malakali murabbiylar: Sarkisov R.G. Sirkin R.S., Olushev A. va boshqalar. Respublikamizdagi sport murabbiylari malakasini oshirish maqsadida 1998yil sentyabrda Toshkentda O’zbekiston milliy tashkiliy qo’mitasi tomonidan halqaro toifadagi gimnastikachilarni tayyorlash mavzusiga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. Unda O’zbekiston MOK prezidenti S.Ro’ziev, O’zbekiston gimnastika federatsiyasining texnik qo’mita raisi S.Kuznetsova va boshqalar ma’ruza bilan chiqdilar. Seminar yakunida uning ishtirokchilariga XOK raisi Xuan Antonio Samaranch imzosi qo’yilgan sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari gimnastikaning aktual masalalariga bag’ishlangan konferentsiyalar muntazam ravishda o’tkazib turiladi.
2001yilning eng sara gimnastikachilari: V.Ochilova sport ustasi dasturi bo’yicha 1o’rin (murabbiy Nilova O.A.), Ninkova A. – sport ustasi nomzodi dasturi bo’yicha 1o’rin (murabbiy Kuznetsova S.M.), Agafonova Yu. 1o’rin, 1razryad (murabbiy F.).
2004yilgi Olimpiya rezervi qatoridan ayollar orasida Ochilova V.Almatova N, Xo’jaeva F, Kambekova A, Nasibulina R, Xabibraxmonova A., Valiev E., Markelova A, Fokin A, Karimjonov A, Asilov R, Xasanov K, Raxmatov I kabi sportchilar o’rin olgan. O’zbekiston gimnastikachilari barcha halqaro musobaqalarda mustaqil ravishda ishtirok etishmoqda. Jumladan, ular Osiyo o’yinlarida, Sidneyda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida O.Chusovitina qatnashishdi. Shu tariqa O’zbekiston gimnastikachilari halqaro musobaqalarda mustaqil ravishda ishtirok etish huquqiga ega bo’ldilar. Bu esa katta ma’suliyat hisoblanadi.
Respublikamizda gimnastikani rivojlantirish borasida gimnastika federatsiyasi katta ishlarni amalga oshirmoqda. O’zbekistonda gimnastika federatsiyasi 60yildan ortiq vaqt davomida SSSR gimnastika federatsiyasi tarkibida faoliyat ko’rsatib kelgan.
1993yilda O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi munosabati bilan sport gimnastikasi mustaqil federatsiya sifatida qayd etildi. Xuddi shu yili halqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) a’zoligiga qabul qilindi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Barselonadagi V Olimpiya o’yinlarida MDX terma jamoasi tarkibida O’zbekistonlik 2ta gimnastikachi qiz ishtirok etib, mustaqil O’zbekiston uchun dastlabki oltin medallarni qo’lga kiritdilar. 1993 yildan boshlab O’zbekiston sport vakillari barcha halqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, O.Chusovitina 1993yilda jahon chempionatida, 1994yilda «Yaxshi niyat o’yinlari»da va Osiyo o’yinlarida bronza medallarini qo’lga kiritdi. Hammasi bo’lib, bu mohir sportchi 15 medalni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan.
- 1994yilda respublikamiz gimnastika federatsiyasi Osiyo gimnastika assotsiatsiyasi a’zo sifatida qabul qilindi. 1995yil respublika terma jamoasi Sabamdao’tkazilgan jahon chempionatida birinchi bor ishtirok etib, 17o’rinni egalladi va Atlantada Olimpiya o’yinlarida qatnashish uchun 3ta litsenziyani qo’lga kiritdi. Hammasi bo’lib,
-1995yilda turli musobaqalarda 10ta medal qo’lga kiritildi.
1996yil sport gimnastikasining 3vakili Atlantadagi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etishdi: O.Chusovitina 10 o’rin, A.Dzyundzyak finalga chiqdi, I.Valiev – ishtirokchi.
1997yildan 2000yilgacha bo’lgan davr ichida terma jamoa – 1997yilgi jahon chempionatida (3ta gimnastikachi qiz finalga chiqdi), Osiyo o’yinlarida 1ta kumush medal, Butun jahon o’smirlar o’yinida, 1999yilda jahon chempionatida, Sidneydagi Olimpiyao’yinlarida qatnashdi. Shu davr ichida turli qiymatdagi 16medal qo’lga kiritildi.
1996 yildan boshlab federatsiya tomonidan III o’smirlar razryadidan II kattalar razryadiga bo’lgan majburiy dasturlar, klassifikatsion normativlar ishlab chiqildi va tatbiq etildi. Barcha halqaro qoidalariga muvofiq ravishda 30 o’tkazildi. Olimpiya qo’mitasi bilan birgalikda murabbiylar seminari o’tkazilib, unga halqaro ekspertlar taklif etildi va 35ta murabbiyga halqaro sertifikatlar topshirildi.
Unda gimnastikachi O.Chusovitina, A.Dyundzyak, S.Baxriddinova halqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan beriladigan «Jahon toifadagi usta» unvoniga, murabbiy S.M. Kuznetsova Jahon toifadagi trener» unvoniga sazovor bo’lishdi.
1999yilda O’zbekiston gimnastikasi nufuzi tufayli «Olimpiya birdamligi» 50ming dollar qiymatidagi sport anjomlari to’plamini hadya etdi. Bankokda o’tkazilgan Osiyo gimnastikasi uyushmasi kongressda (1988y.) O’zbekiston federatsiyasining ikki vakili boshqaruv hay’atiga, Kuznetsova S.M. ijroiya qo’mitasiga, Jalnavakova L.D. ayollarning qo’mitasi vitse prezidenti etib saylandilar.
O’zbekiston jamoasi o’z muxlislariga ega bo’lib, ular sevimli gimnastikachilari faoliyatini kuzatib, internet tarmog’i orqali fikr almashadilar, jumladan O’zbekistonga tashrif buyurgan bir guruh muhlislar uchun mo’ljallangan eng so’nggi modeldagi bruslarni hadya etishdi.
Federatsiya vakillari FIJ va Osiyo uyushmasi kongresslarida ishtirok etadilar. Barcha ishlar Respublika Davlat sport qo’mitasi, MOK bilan hamkorlikda olib boriladi. Muntazam ravishda prezidium yig’ilishlari o’tkazilib, terma jamoalarni tasdiqlash masalalari, musobaqalarda sportchilar erishadigan natijalar ko’rib chiqiladi, etakchi gimnastlarni halqaro turnirlarda qatnashish uchun mablag’ ajratuvchi homiylar bilan ish olib boriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Barshay V.M., Kuris V.N., Pavlov I.B.Gimnastika. 2011.
2. Brыkin A.T. Gimnastika. – M.: FiS, 1979.
3. Matveev L.P. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. – M.: FiS, 1991.
4. Menxin Yu.V., Volkov A.V. Nachala gimnastiki. – Kiev, 1980.


.
Yüklə 41,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə