Gistologiya va embriologiya



Yüklə 420,96 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.05.2023
ölçüsü420,96 Kb.
#113591
1-mavzu



1-Mavzu.Gistologiya fanining mavzusi va vazifalari. Gistologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari 
Reja:
1.“Gistologiya va embriologiya” fani uni biologiya fanlari tizimida tutgan o„rni va boshqa fanlar bilan 
o„zaro bog„liqligi, fanning maqsad va vazifalari, fanning asosiy bo„limlari va tarmoqlari. 
2.Gistologiya fanining rivojlanish tarixi. Gistologiya fanida qo„llaniladigan o„rganadigan usullar. 
Qoplovchi to„qima haqida ma‟lumot.To„qima klassifikatsiyasi, mikrostrukturasi. 
3.
Gistologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari
Keyingi yillarda odam va hayvonlar organizmining mikroskopik tuzilishi chuqur va har 
tomonlama o„rganilishi natijasida gistologiya fani ancha rivojlandi va yuksaldi. Organizmda yana yangi 
epiteliy to„qimalari topildi. Ularga ayrim bezlar ham kiritildi. Xuddi shunday epiteliylar ayrim sodda va 
umurtqali hayvonlarda ham topildi. Hozirgi vaqtda ular har tomonlama o„rganilmoqda. 
Epiteliy to„qimasi odam va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bo„lib, epiteliotsit hujayralaridan tarkib 
topgan. Bu to„qima (yoki qisqacha epiteliy) odam va hayvonlar tanasining tashqi va ichki, ham ichki 
muhitdan ajratib turadi. u mana shu ajratib turish vazifasi tufayli chegaralovchi (chegaralab turuvchi) 
to„qima deb ham yuritiladi. Tashqi va ichki muhitdan organizmni chegaralab turar ekan, u muhit bilan 
bevosita boliq turadi. epiteliy to„qimasining hujayralari, odatda, qatlam-qatlam bo„lib organlarni o„rab 
turadi. uning qatlam hosil qilish xususiyati hatto ulardan tayyorlangan kulturalarda ham ko„rinadi: epiteliy 
hujayralari bir biri bilan tutashib, o„z vazifasiga ko„ra tashqi muhitdan chegaralanib (ajralib) oladi. 
Bundan tashqari, epiteliy to„qimasining asosiy massasini hujayralar massasi tashkil qiladi. Biriktiruvchi 
to„qimada bo„lganidek, unda ham hujayralararo moddalar deyarli bo„lmaydi.U organizmning tashqi muhit 
bilan boliq bo„lgan ichki organlari yuzasini qoplab turadi. masalan, bu epiteliy ovqat hazm qilish 
sistemasining ichki yuzasini, ya‟ni oiz bo„shlii, qizilo„ngacha, me‟da, ingichka hamda yo„on ichaklarning 
yuzalarini, nafas yo„llari, ayirish va tanosil organlari devorini qoplab turadi va ularning yon muhitlari 
bilan boliq bo„ladi. 
Tashqi muhit bilan boliq bo„lmagan organlar yuzasini qoplovchi epiteliy seroz parda epiteliysi 
deyiladi. Bunga o„pkani o„rab turuvchi plevra pardasining ustini qoplab turgan epiteliy-perikard va qorin 
pardasi epiteliysi kiradi.Epiteliy to„qimasi qoplab turadigan bezlarga qalqonsimon va ayrisimon bezlar 
hamda gipofiz, ya‟ni ozenogipofiz epiteliysi kiradi. Bundan tashqari, sodda hayvonlar hamda baliqlarda 
uchraydigan bronxial tanachalar ham epiteliy to„qimasiga o„xshab tuzilgan. Epiteliy to„qimasi ikkita yirik 
qismga: qoplovchi va bez epiteliysiga bo„lib o„rganiladi. Ovqat hazm qilish sistemasini qoplab turuvchi 
epiteliy bevosita moddalar almashinuvi (trofik) jarayonida ishtirok etadi, ya‟ni parchalangan ovqat 
moddalari qon va limfa tomirlariga so„rilishini ta‟minlaydi.Ayirish organlari epiteliy organizmda 
moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo„lgan chiqindi moddalarni, ya‟ni mochevina, siydik kislota va 
chiqindi tuzlarni ajratib, tashqariga chiqaradi. Bulardan tashqari, epiteliy to„qimasi organizmni himoya 
qilish vazifasini ham bajaradi. Teri epiteliysi o„ziga xos morfologik tuzilganligi tufayli organizmni har xil 
tashqi ta‟sirdan, ya‟ni mexanik, ximiyaviy ta‟sirdan va unga har xil infeksiya kirishidan saqlaydi. 
Bez epiteliysi tashqi va ayrim ichki sekresiya bezlarini tashkil etarkan, mazkur bezlar har xil mahsulot 
ishlab chiqaradi. Tashqi sekresiya bezlarining ana shunday mahsulotiga sekret, ichki sekresiya bezlarining 
mahsulotiga gormon deyiladi. Bezlarning bu mahsuloti, odatda, organizmda juda muhim vazifalarni 
bajaradi. Masalan, qalqon-simon bez gormoni organizmda moddalar almashinuv jarayonida, uning o„sib 
rivojlanishida faol ishtirok etadi. me‟da osti bezi sekreti o„n ikki barmoq ichakka quyilib oqsillarni, 
yolarni parchalasa, uning insulin deb ataluvchi gormoni qonga o„tib, uglevodlarning qondagi konsepsiyasi 
barqaror saqlanib turishiga xizmat qiladi. Qolgan bezlar maxsuloti-sekret va gormonlar ham 
organizmning rivojlanishida o„zi-ga xos muhim vazifani bajaradi. Organizmda 
ulardan qaysi biri 
etishmasa
, o„ziga xos patologik jarayonlarga sabab bo„ladi.Endi epiteliy to„qimasining o„ziga xos 
xususiyatlari, joylashishi va boshqa to„qimalardan farq qiladigan belgilari ustida to„xtalib o„tamiz. 
Epiteliy to„qimasining hujayralari hamma joyda hamma vaqt bir-biriga nisbatan yonma-yon, zich 
joylashgan bo„ladi. Uning epidermis hujayralari qavat-qavat bo„lib joylashib, himoya vazifasini o„taydi. 
Yuqorida aytilganidek, bu hujayralarda oraliq modda bo„lmaydi. Ular bir-biri bilan desmasomalar va 
tutashtiruvchi plastinkalar yordamida birikkan bo„ladi. Epiteliy to„qimasining hujayralari hamma vaqt 
bazal membrana ustida joylashadi. Buzul membrana muayyan strukturaga ega bo„lmagan, ovaksimon, 
ya‟ni amorf modda va fibrinlar strukturasiga ega tuzilma bo„lib, epiteliy to„qimasi hayotida muhim 
vazifani bajaradi. Masalan, birinchidan, epiteliy to„qimasi hujayralarining trofikasini ta‟minlaydi, ya‟ni 
oziq moddalar bazal membrana orqali diffuziya yo„li bilan kapillyar qon tomirlardan (filtrlanib) epiteliy 
hujayralariga o„tadi (epiteliy to„qimasining o„zida esa qon tomirlar bo„lmaydi). Ko„p qavatli epiteliyning 
yuqori qavatida joylashgan hujayralar ham shu yo„l bilan o„z trofikasini ta‟minlaydi, shuningdek, bazal 


membrana o„z ostida joylashgan biriktiruvchi to„qima-ning epiteliy to„qimasi yuzasiga o„sib chiqib 
ketmasligini ta‟minlaydi. Bordi-yu, epiteliy jarohatlansa (kesilib ketsa, operasiya vaqtida ti tegsa), shu 
joydan biriktiruvchi to„qima o„sib, epiteliy yuzasiga chiqishi mumkin. 
Epiteliy hujayralari doim qutbli, ya‟ni bazal va apikal qismlarga ega bo„ladi. Hujayralarning pastki, ya‟ni 
bazal membranaga qaragan qismi tashqi va ichki morfologik tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko„ra 
apikal qismidan farq qiladi. Ayniqsa, bir qatorli yoki ko„p qatorli silindrsimon epiteliy hujayralarining 
apikal qismi har xil spesifik, morfologik tuzilishga ega. Bu tuzilmalarning har qaysisi bajaradigan 
muayyan vazifasiga moslashgan. Masalan, organizm nafas olish sistemasi devorlarini qoplab turuvchi 
epiteliy hujayralarining apikal qismida mayda kiprikchalar bo„lib, ular doim harakatlanib turadi. ularning 
vazifasi nafas bilan olingan havoni namlab, ilitib, havo zarrachalaridan tozalab berishdir. 
Demak, to„qimalar organizmlarning uzoq evolyusiyasi jarayonida divergensiya yo„li bilan bir-biridan 
ajrab, bo„linib ixtisoslashib borgan. Natijada to„qimalar turi paydo bo„lgan. Vaqt o„tishi bilan organizmlar 
bilan bir qatorda to„qimalar turi ham o„z ichida bo„linib, tabaqalanib, yangi ixtisosga ega bo„lgan 
to„qimalar paydo bo„lgan. Epiteliy to„qimasi ham ana shunday «o„z ichida» bo„liniyu, ixtisoslashib 
borgan to„qimalardir. Shu jihatdan olib qaraganda epiteliy odam va hayvonlar organizmining ko„p 
qismiga tarqalib, morfologik tuzilishi va qaysi organni qoplab turishi jihatdan har xil fiziologik 
vazifalarni bajaradigan bo„lgan. Masalan, teri epiteliysi tashqi muhit bilan bevosita boliq bo„lib, 
tashqaridan bo„ladigan ta‟sirdan organizmni saqlab turish, ya‟ni himoya qilish vazifasini bajarishga 
moslashgan. Ovqat hazm qilish sistemasini qoplab turuvchi epiteliy esa organizm trofikasini ta‟minlaydi. 
Shunday qilib, epiteliy to„qimasining o„ziga xos tuzilishi va vazifasi metodik nuqtai nazardan bir necha 
xil klassifikasiyalarning kelib chiqishiga sabab bo„lgan. Hozirgi vaqtda qo„llaniladigan ana shunday 
klassifikasiyalardan asosiysi uchta: 1)morfologik; 2)fiziologik va 3)genetik klassifikasiyadir. 
Morfologik klassifikasiyada epiteliy to„qimasi hujayralari-ning shakli, tuzilishi va qavatlar hosil qilishi 
asos qilib olin-gan. Hozirgi vaqtda epiteliy to„qima hujayralarining mikroskopik preparatlarini 
o„rganishda va o„qishda asosan morfologik klassifikasiyadan foydalanib kelinmoqda, chunki bu 
klassifikasiyada epiteliyning tuzilishiga xos barcha xususiyatlar e‟tiborga olingan bo„lib, bunda gistologik 
preparatlar oson ko„rinadi va o„rganiladi. Shu bilan birga to„qimaning morfofunksional tasviri yaxshi 
yoritib beriladi. Shuni e‟tiborga olib, biz ham epiteliy to„qimadan olingan gistologik preparatlarni ko„rish 
va o„rganishda asosan shu klassifikasiyadan foydalanamiz. 
Epiteliy to„qimasi, yuqorida aytib o„tilganidek morfologik tuzilishi jihatidan ikkita yirik guruhga: bir 
qavatli va ko„p qavatli epiteliyga bo„linadi. 
Bir qavatli epiteliy. Bu epiteliyda barcha hujayralarning pastki bazal qismlari bazal membrana bilan 
bevosita tutashgan bo„lib, bir qator joylashgan bir qavat hujayralardan iborat epiteliy tashkil qiladi. 
Organizmning ayrim joylarida (ichaklarda, nafas olish sistemasi epiteliysida) uchraydigan bunday epiteliy 
hujayralari orasida bo„yi-bo„yiga teng bir hujayrali (qadoqsimon) bex hujayralari ham uchraydi. Bir 
qavatli epiteliy o„z navbatida yana ikkiga: bir qatorli va ko„p qatorliga bo„linadi. 
Bir qavatli bir qatorli epiteliy hujayrasi bazal membranaga tutashgan bo„lib, yuqoridagi erkin, ya‟ni 
apikal1 qismi tashqi muhit bilan boliq bo„ladi. Shu bilan birga bu epiteliy hujayralari, odatda bir xil 
o„lchamda bo„lib, ularning yadrosi bir qator bo„lib joylashadi, ayrimlarida esa yadro hujayraning bazal 
qismiga siljigan bo„ladi. 
Bir qavatli ko„p qatorli epiteliyda ham hujayralarning bazal qismlari bazal membrana bilan tutashgan, 
lekin hujayralarning bo„yi har xil, ya‟ni baland-past bo„ladi. Faqat bo„yi uzun hujayralarning apikal 
qismlari to„qima yuzasiga etib chiqqan bo„lib, qolganlariniki oraliqda qolib ketadi. Natijada ularning uchi 
to„qima yuzasigacha o„sib chiqmaydi. Shuning uchun ularning yadrosi bir tekis joylashmagan bo„ladi. 
Epiteliy hujayralari shakliga qarab quyidagicha bo„linali: yassi shakldagi epiteliy hujayrasining bo„yi 
enidan ancha kichik bo„ladi, kubsimon hujayraning bo„yi eniga teng bo„ladi, silindrsimon yoki yuqori 
prizmasimon hujayraning bo„yi enidan ancha uzun bo„ladi. 
Ko„p qavatli epiteliy. Bu epiteliy bir necha qavat hujay-ralardan tashkil topgan bo„lib, bazal membrana 
bilan faqat eng birin-chi qavat hujayralari 
orqali tutashib turadi
, yuqori qavatdagilari esa tutashmaydi. Bu 
epiteliy bir necha xil bo„lib, tarkibidagi qavatlarni tashkil etuvchi hujayralar kubsimon, o„simtali va 
silindrsimon bo„lishiga qaramasdan, to„qima eng ustki qavatini qoplab turuvchi hujayralarning shakliga 
qarab nomlanadi. Masalan, to„qimaning ustki qavatini yassi epiteliy qoplab turgan bo„lsa, uni ko„p qavatli 
yassi epiteliy deyiladi. Ko„p qavatli epiteliy umurtqali hayvonlarda muguzlanadigan va 
muguzlanmaydigan holda uchraydi. Epiteliy hujay-ralari muguz qavat, ya‟ni tangacha hosil qilish 
xususiyatiga ega bo„lib, to„qimada shu qatlam hosil bo„lsa, unda bunday to„qima ko„p ko„p qavatli 
muguzlanadigan epiteliy deyiladi. Binobarin, hujayralarda muguzlanish xususiyati bo„lmasa, ya‟ni muguz 
qavati bo„lmasa, bunday epiteliy ko„p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi. 


Shuni aytib o„tish kerakki, epiteliy to„qimasining morfologik klassifikasiyasi hali maromiga etmagan 
bo„lib, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning mazkur to„qimalarini yanada chuqurroq o„rganib, unga 
o„zgartirishlar kiritish va to„ldirish kerak bo„ladi. 
Fiziologik klassifikasiya. Ma‟lumki, epiteliy to„qimasining hujayralari umurtqali va umurtqasiz 
hayvonlarda keng tarqalgan bo„lib, organizmning turli qismlarida uchraydi va o„ziga xos fiziologik 
vazifani bajaradi. Fiziologik klassifikasiyada hujayralar shakliga qarab emas, balki bajaradigan vazifasiga 
qarab belgilanadi. Masalan, qoplovchi epiteliy, ichak epiteliysi, kiprikli epiteliy, ayirish va tanosil 
organlari epiteliysi, bez epiteliysi va hokazo. Shuni aytib o„tish kerakka, epiteliy to„qima bajardigan 
vazifasiga qarab klassifikasiyalansa, unda sxema juda murakkablashib ketadi, chunki ayirish organlari 
epiteliysining o„zi bir necha xil bo„lib, turlicha vazifalarni bajaradi yoki bezlarni olsak, ularning vazifasi 
har har xil, ya‟ni tarkibi har xil sekret va gormonlar ishlab chiqaradi. 
Epiteliy to„qimasi hujayralarining vazifasi umuman olganda quyidagicha ta‟riflanadi: 
1. Qoplovchi epiteliy-teri, seroz parda epiteliysi. Bunga chiqaruv kanalchalari devorini qoplovchi epiteliy; 
plevra, perikard epiteliysi, organizm ichki bo„shliqlarining devorini qoplaydigan epiteliy kiradi. 
2. Ichak epiteliysi butun organizm trofikasini ta‟minlaydi, fiziologik vazifasiga ko„ra o„ziga xos 
morfologik tuzilishga ega. 
3. Kiprikli yoki hilpillovchi epiteliy. 
4. Ayirish organlari epiteliysi. 
5. Tanosil organlari epiteliysi. 
6. Bez epiteliysi. 
Genetik klassifikasiya. Organizmning embrional rivojlanishi davrida qaysi embrion varaqlaridan, ya‟ni 
ektoderma, entoderma yoki mezodermadan kelib chiqishiga qarab epiteliy uz guruhga bo„linadi. Bu 
klassifikasiyani N.G.Xlopin aniq eksperimental materiallarga asoslanib tuzgan. 
1. Ektodermadan hosil bo„ladigan epiteliy. Bunga teri epiteliysi, ter bezlari epiteliysi, oiz bo„shlii 
epiteliysi, so„lak bezlari epiteliysi kiradi. 
2. Entodermadan hosil bo„ladigan epiteliy. U odatda, bir qavatdan iborat bo„lib, yaxshi qutblangan 
bo„ladi. So„rish xususiyatiga ega bo„lganligi uchun ham organizm trofikasini te‟minlashda ishtirok etadi. 
Yuqorida aytib (zarrachalarni) tutib qolish bilan himoya vazifasini ham bajaradi. Ayrimlari esa sekret 
ishlab chiqaradi. 
3. Mezodermadan, odatda, bir qancha epiteliy hosil bo„ladi. Ular 
turlicha vazifalarni bajarib
, o„ziga xos 
tuzilishga esa bo„ladi. Odatda, quyidagicha guruhga bo„lib o„rganiladi; 1)tanosil organlari epiteliysi; 
2)ayirish organlari epiteliysi; 3)mezateliy. Bunda bo„lishiga sabab mezoderma organizmning embrional 
rivojlanish davrida filogenetik jihatdan mutaqil, kam tabaqalangan hujayra gruppalaridan hosil bo„lib, 
undan har xil vazifalarni bajaruvchi va o„ziga xos tuzilgan epiteliy tarqaladi. 
4. Ependima-gial epiteliy. Orqa miya o„zagining ichki yuzasini qoplab turadi (ependima). 
5. Endoteliy (mezenxima). Bu o„rinda shuni aytib o„tish kerakki, ulardan oxirgi ikkitasi organizmda 
qoplab turuvchi vazifani bajarsa ham keyingi vaqtlarda ularni epiteliy to„qimasiga qo„shib 
o„rganilmaydigan bo„lindi. Sababi orqa miya kanali va miya qorinchalari devorini qoplab turuvchi 
ependima nerv to„qimasi bilan, qon tomirining ichki devorini qoplab turuvchi endoteliy esa biriktiruvchi 
to„qima bilan qo„shib o„rganiladi. 
Epiteliyning bu tari ham o„z navbatida bir necha xillarga bo„linadi va har qaysisi o„ziga xos fiziologik 
vazifani bajaradi va o„ziga xos morfologik tuzilishga ega bo„ladi; odam va hayvonlarning turli 
organlarida uchraydi va shu organlar yuzasini qoplab turadi. 
Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasiga xos xususiyatlardan biri ularning bazal membrana ustida 
joylashib, u bilan bevosita tutashgan bo„lishi va o„z trofikasini ta‟minlashidir. Yuqorigi erkin yuzalari esa 
bajaradigan vazifasiga qarab turlicha differensiallangan, ya‟ni o„ziga xos morfologik tuzilishga esa 
bo„ladi 
1. Bu epiteliy hujayralarining shakliga ko„ra yassi, kubsimon, silindirsimon (prizmasimon) bo„ladi. 
Ularning yadrosi bir xil tekislikda, ya‟ni bir qatorda joylashadi. Shunga asoslanib, uni bir qatorli epiteliy 
deyiladi. Agar bir qavatli epiteliy har xil shaklda bo„lib, yadrolari har xil tekislikda, ya‟ni har xil qatorda 
joylashsa, uni ko„p qatorli epiteliy deyiladi. 
Bir qavatli bir qatorli epiteliy (mezoteliy). Bu epiteliy sut emizuvchi hayvonlar va odam o„pka 
pufakchalari, seroz bo„shliqlari devorining plevra pardasi hamda yurak haltasi yuzasini, charvi va qorin 
pardasining visseral hamda parietal varaqlarini qoplab turadi. mezoteliy nomi organizmning embrional 
rivojlanishi davrida embrionning mezoderma varaqlaridan hosil bo„lganligiga qarab berilgan. Sut 
emizuvchi hayvonlar va odamda uchraydigan bir qatorli yassi epiteliy (mezoteliy)ning boshqa 
epiteliylardan farqi uning aksariyati tashqi muhit bilan boliq bo„lmagan organlar yuzasini qoplab 


turishidadir. Tuban hayvonlarda esa (masalan, lansetnikda) embrion rivojlanishining boshlanich 
davrlarida hosil bo„ladigan ikkilamchi bo„shliq devorini qoplab turuvchi bir qatorli epiteliy tashqi muhit 
bilan boliq bo„ladi. 
Mezoteliy hujayralari fiziologik va reperativ regenerasiyalanish xususiyatiga ega. 
Fiziologik regenerasiya. Bu regenerasiyada o„z vazifasini o„tab bo„lgan hujayralar degenerativ holatga 
uchraydi va asta-sekin yon tomonlardagi hujayralardan va bazal membranadan ajralib, bo„shliqlarga 
tushib turadi. ularning o„rnini bo„linish xususiyatiga ega bo„lgan yon hujayralar to„ldirib boradi. 
Fiziologik regenerasiya jarayonida yon hujayra va bazal membranada hech qanday patologik o„zgarish 
sodir bo„lmaydi. 
Reperetiv regenerasiya, odatda, to„qimalar jarohatlanganidan, masalan, operasiyadan so„ng sodir bo„ladi. 
Bunda jarohatlangan hamma hujayralar to„qimadan ajralib tushadi. Faqat yashash qobiliyati saqlanib 
qolgan hujayralargina qoladi. So„ng to„qimaning jarohatlangan, ya‟ni bo„shab qolgan joyini atrofidagi 
solom hujayralar mitoz yo„li bilan tez ko„payib to„ldirib turadi. shu yo„l biln to„qima yana butunligini 
tiklab boradi. 
Bir qatorli kubsimon epiteliy. Bu epiteliy sut emizuvchi hayvonlar va odam buyrak kanalchalarining 
devori, jigar hamda tashqi sekresiya bezlarining o„rta diametrdagi chiqaruv kanalchalari (me‟da osti bezi, 
so„lak va sut bezlari)ning ichki yuzalarini qoplab turadi. ular ichki sekresiya bezlaridan qalqonsimon 
bezning vazifasi normal holatda bo„lganda, ulardan tashqari tuxumdonda, o„pka bronxlarining oxirgi 
mayda turmoqlari-bronxiolalarning devorida, ya‟ni 1-3 tartibli respirator bronxiolalar devorida uchraydi. 
Kubsimon epiteliy deyilishiga sabab hujayraning eni bo„yiga teng bo„lib, kub shaklini esalatadi. Yadrosi, 
odatda, bitta bo„lib, u hujayra markazida joylashadi. Bundan tashqari, bir qatorli kubsimon epiteliy sut 
bezlari, 
buyrak kanalchalari
, siydik ajratish yo„llarining ichki yuzasini qoplab turadi. bu hujayralarning 
apikal qismida mayda vorsinalar bo„lib, ularga bir qavatli bir qatorli vorsinali kubsimon epiteliy deyiladi. 
Buyrak kanalchalaridagi bu epiteliy haqiqiy siydik hosil bo„lishida ishtirok etadi. Masalan, u birlamchi 
siydik tarkibidagi organizm uchun kerak moddalarning (suv, har xil tuzlar va qand moddasining) 
qaytadan yana qonga so„rilishini ta‟minlaydi. Bundan tashqari, organizmda diametri kichik bronxlarning 
ichki yuzasini qoplab turuvchi epiteliy bo„lib, uni bir qavatli bir qatorli kiprikli kubsimon epiteliy deyi 
ladi. Bu xildagi epiteliy, shuningdek, suvda va quruq-likda yashovchi hayvonlarning embrional 
rivojlanishi davrida ularning qoplovchi epiteliy to„qimasini ham tashkil etadi. kiprikli kubsimon epiteliy 
hujayralarining erkin yuzalari, odatda, hilpillovchi kiprikchalar bilan qoplanib turadi. ularning asosiy 
vazifasi nafas yo„llaridan o„pkaga o„tadigan havoni changdan tozalash, sovuq havoni ilitib berish, 
shuningdek, quruq havoni ilitib berish, shuningdek, quruq havoninamlab berishdan iborat. Mikroskopik 
tuzilishiga ko„ra, ular trexeya va yirik bronxlar devorini qoplab turuvchi ko„p qatorli silindrsimon hujayra 
kiprikchalari tuzilishiga o„xshab ketadi, ulardan farqli o„laroq bular kubsimon bo„ladi. 
Bir qatorli prizmasimon (silindrsimon) kiprikli epiteliy. Bunday hujayralar 6-7 qirrali prizma tuzilishida 
bo„lib, silindrsimon shaklga ega. Ovalsimon yadrosi hujayraning bazal qismiga bir oz surilgan bo„ladi. 
Boshqa prizmasimon hujayralardan asosiy farqi uning apikal qismida mayda kiprikchalar bo„lib, ular 
doim bir tomonga qarab hilpillab turishidir. Shu sababli ham ular hilpillovchi epiteliy ham deyiladi. 
Bunday hujayralar, odatda, sut emizuvchi hayvonlarda va odamda bachadon naychasi ichki devori bilan 
bachadonning ichki yuzasini qoplab turadi. Bunday epiteliy hujayralarining atrofida ko„pgina bez 
hujayralari ham joylashgan bo„lib, ularning chiqaruv kanalchalari naycha bo„shliiga ochiladi. Ishlab 
chiqarilgan sekret nay bo„shliiga chiqadi. Naychaning kiprikli epiteliy hujay-rasining asosiy vazifasi o„z 
harakati, ya‟ni doimo hilpillab turish bilan nay bo„shliida urulangan tuxum hujayrani bez sekreti 
yordamida bachadon bo„shlii tomon surishdan iborat. Bachadonga kelib tushgan urulangan tuxum hujayra 
bachadon bo„shlii devoriga o„rnashib olib, shu erda o„ziga makon topadi va rivojlana borib embrionga 
aylanadi. Binobarin, homila shu tariqa dunyoga keladi. 
Bir qatorli xivchinli prizmasimon (silindrsimon) epiteliy. Bir qavatli xivchinli silindrsimon epiteliy 
qatoriga silindrsimon shakldagi yuqori prizmasimon hujayralar kiradi. Ularning apikal qismida bitta yoki 
ikkita xivchin bo„ladi. Bunday epiteliy hujayra-lari, asosan umurtqasiz hayvonlarning ovqat hazm qilish 
organlarida uchraydi. Har xil umurtqasiz hayvonlarda bu hujayra har xil tuzilgan bo„ladi. Masalan, 
bulutlarning ovqat hazm qilish organlaridagi so„ruv-chi epiteliy, ya‟ni gastral hujayralar pastdan yuqoriga 
tomon konus shaklida ingichkalashib boradi, apikal qismida bittadan xivchin bo„ladi. Xivchinlarning 
vazifasi hilpillab oziq moddalarni ichkariga yo„naltirishdan iborat. 
Kovakichlarda ham ovqat hazm qilish organlaridagi epiteliy hujayralar xivchinli bo„ladi. Bular ikkiga 
bo„linadi; biri ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, bular apikal qismida ikkitadan hivchinga ega. Ikkinchisi 
bez hujayralari qatoriga kiradi, ular ovqat hazm qilish yo„liga sekret ishlab chiqaradi. Bez hujayralarining 
apikal qismida ham ikkitadan xivchin bor. 


Ko„p qatorli epiteliy. Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda ko„p qatorli epiteliy ko„p uchraydi. Odamda 
yuqori darajada tabaqalangan bo„lib, nafas yo„llari (burun bo„shlii, kekirdak, traxeya, bronx va 
bronxiolalar) devorini, orqa miya kanali, bosh miya qorinchalari devorini qoplab turadi. ayrim umurtqali 
hayvonlarda (amfibiya va baliqlarda) hazm qilish organlari yuzalarining ayrim qismlarida uchraydi. 
Umurtqasiz hayvonlardan ochiq jabrali (polojabernie) mollyuskalar tanasining ko„p qismida uchraydi. 
Ular umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda uch xil shaklda uchraydi: 1)kiprikli; 2)xivchinli; 3)patli. 
Ko„p qavatli muguzlanuvchi yassi epiteliy. Bu epiteliy odam va hayvonlar terisining yuzasini qoplab 
turadi. ma‟lumki, teri asosan ikkita qalin qavatdan tuzilgan. Birinchisi tashqi epiteliy hujay-ralardan 
tashkil topgan epidermis, ikkinchisi uning ostida joy-lashgan asosiy qavat-dermadir. Ularning o„rtasida 
bir-biridan ajra-tib turuvchi bazal membrana joylashgan. Epidermisning o„zi bir necha qavatni tashkil 
etuvchi epiteliy hujayralardan iborat. Har bir 
qavat hujayralari morfologik tuzilishi va vazifasiga ko„ra bir-biridan farq qiladi. Epidermis 4-5 qavat 
hujayralardan tashkil topgan. Terining tuk bo„lmagan qismiga 
kaft va tovon yuzalari kiradi
, bu joylarda 
epidermis 5 qavatdan iborat. Epidermisning qolgan qismi 4 qavatdan iborat bo„lib, ularda beshinchi 
yaltiroq qavat bo„lmaydi. 
Ko„p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliy. epiteliyning bu turi umurtqali hayvonlarda va odamda 
yuqori darajada tabaqalangan bo„lib, o„ziga xos hujayralar qavati bilan ajralib turadi. Bunday epiteliy 
ko„zning muguz pardasi, qizilo„ngach, oiz bo„shlii va uning ichki yuzasini qoplab turadi. bu turdagi 
epiteliyning mikroskopik tuzilishi ko„z muguz pardasi misolida yaqqol ko„rinadi. U asosan uch qavatdan 
tashkil topgan. Har bir qavat hujayralari o„ziga xos morfologik tuzilishga ega. Pastdan birinchi qavatni 
tashkil etuvchi hujayralar bazal membrana ustida joylashganligi uchun ular bazal hujayralar deyiladi. Ular 
silindrsimon bo„lib, doim mitoz yo„li bilan bo„linib, ko„payib turadi. bo„lgan hujayralar ajralib, yuqori 
qavat hujayralarining orasiga suqilib kiradi. Yuqori qavatlardagi o„z vazifasini o„tab bo„lgan hujayralar 
esa bularga o„rnini bo„shatib beradi. Bazal hujayralar bazal membrana bilan, u esa ostida joylashgan 
biriktiruvchi to„qima bilan mustahkam birikib, epiteliy to„qimaning mustahkamligini ta‟minlaydi. 
Ichak epiteliysida ham ayrim boshqa epiteliy hujayralariga o„xshash regenerasiya jarayoni fiziologik va 
reperativ yo„l bilan boradi. Ichaklardagi regenerasiya jarayoni hozirgi vaqtda yaxshi o„rganilgan. 
Masalan, organizmga har xil moddalar yuborish yo„li bilan va ayrim nurlar yordamida ichak 
epiteliysining tiklanish jarayonida sodir bo„ladigan o„zgarishlarni kuzatib, proliferativ jarayonlar qanday 
kechayotganligini aniqlash mumkin. Yuqorida qisman aytib o„tilganidek, hozir aniqlanishicha, ichak 
kriptalarini tashkil etuvchi hujayralar ko„payish xususiyatiga ega. Ko„paygan hujayralar asta-sekin 
vorsina uchiga etib borib, so„ng bazal membranadan ajralib to„kilib tushadi. 
Endilikda bo„lingan hujayralarning siljish jarayoni va hujayra tarkibidagi moddalar miqdorining 
o„zgarishini nishonlangan tilidin moddasini hayvon organizmiga yuborib o„rganib chiqilgan. Masalan, 
sichqon organizmiga yuborilgan nishonlangan tilidin moddasi bir soatdan so„ng deyarli hammasi ichak 
kriptalari bilan vorsina hujayralariga yiila boshlaydi. Oradan 72 soat o„tgach, vorsinalarning yuqori 
qismida ko„rinadi. Bundan ma‟lumki, bo„linish natijasida hosil bo„lgan hujayralar asta-sekin vorsinalar 
yuqorisiga siljib boradi va to„kilib tushib turgan hujayralar o„rnini to„ldiradi. Ma‟lum bo„lishicha, 
vorsinalardagi epiteliy hujayralarining barchasi yangidan tiklanishi uchun 2,5-3 sutka vaqt ketar ekan 
(K.Leblon). 
Shuni aytib o„tish kerakki, ichakning epiteliy hujayralarida sodir bo„ladigan har xil jarohatlar yon-
veridagi hujayralarga ta‟sir qilmaydi. Buning asosiy sababi, ichak epiteliysidagi shiddatli fiziologik 
regenerasiya kombial hujayralarining muntazam bo„linib turish jarayonining o„zginasidir. Kombial 
hujayralar muntazam bo„linib turishi natijasida hosil bo„ladigan yangi hujayralar eskisini siqib chiqarib 
turadi, oqibatda jarohatlangan hujayra uzoq vaqt dosh bera olmay u ham tushib ketadi. Buning natijasida 
hujayralar orasiga kirib olgan mikroorganizmlar shu hujayralar bilan birga ichak bo„shliiga tushadi. 
Epiteliy hujayralari bu xususiyati bilan yuqorida eslatib o„tilganidek, to„qimalarni boshqa yot 
moddalardan va mikroorganizmlardan muttasil tozalab turadi va ularning qonga so„rilishiga imkon 
bermaydi. 
Ma‟lumki, teri ustki qavatining hujayralari muttasil to„kilib, o„rnini pastki qavat hujayralari to„ldirib 
turadi. terida sodir bo„lib turadigan bunday jarayonga fiziologik regenerasiyasi deyiladi. Aniqroq qilib 
aytganda, epidermisning o„sish qavatidagi hujayralar doim bo„linib turadi, yangi hosil bo„lgan hujayralar 
yuqori qavatlar tomon siljiydi va to„kilgan hujayralar o„rnini egallaydi. 
Bir qavatli epiteliy to„qimasida faqat bazal hujayralar ko„payadi, ko„p qavatli epiteliyda esa hamma bazal 
hujayralar va muguzlanuvchi ayrim (shox) qavat hujayralari ko„payadi. 
Teriga bo„ladigan har xil tashqi ta‟sir (mexanik, ximiyaviy, operativ va hokazolar) natijasida nobud 
bo„lgan to„qimalar o„rnining tiklanishiga, ya‟ni jarohat bitishiga reporativ regenerasiya deyiladi. 


Reporativ regenerasiya, odatda, jarohatlangan joyda qon oqishi butunlay to„xtagandan so„ng boshlanadi. 
Qon chiqib turgan jarohat yuzasi bitmaydi. Qon oqishi to„xtashi bilan dastlab kesilgan va hamma 
jarohatlangan hujayralar nobud bo„lib, tashqariga chiqadi. Jarohatlangan yuza chegarasidagi hujayralar 
jadal ravishda ko„paya borib, qotgan qon ostiga o„sib kiradi va ochiq yuzani asta-sekin bekitadi. Qotgan 
qon tushganidan so„ng ko„paygan hujayralardan epidermisning boshqa qavat hujayralari rivojlanadi. 
Ba‟zan shunday ham bo„ladiki, jarohatlangan joyda so joydagiga qaraganda ko„proq (ortiqcha) hujayralar 
qatlami hosil bo„ladi. Bu o„rinda yana shuni aytib o„tish kerakki, agar jarohatga infeksiya tushib, uni 
yiringlatib yubrmasa, jarohat bitgan joyda ter va yo bezlari tiklanishi va hatto tuk chiqishi mumkin. Bu 
hodisa aksariyat so epiteliyning jarohatlangan erdagi to„qima ustiga chiqib borishidan yuzaga keladi. 
Yuqorida aytib o„tilganlarni umumlashtiradigan bo„lsak, jarohat, birinchidan, yangi to„qimalar yuzaga 
kelishidan, ikkinchidan, jarohat chetlarining so to„qimalar tomonidan siqilib kelishidan, uchinchidan, so 
to„qima-larning jarohatlangan to„qima ustiga chiqib borishidan bitar ekan. 
Ma‟lumki, umurtqali hayvonlarning barchasida qoplovchi epiteliy ko„p qavatlidir. Shunga asoslanib, ko„p 
qavatli epiteliy qiyosiy o„rganilar ekan, umurtqali hayvonlarning qoplovchi epiteliysi xususida fikr 
yuritamiz. Chunonchi, to„garak oizlilar bilan baliqlarning epiteliysi (epidermisi) garchi ularning qavati 
juda ko„p bo„lsa-da, hamisha ko„p qavatlidir. Uning xarakterli tomoni shundaki, 
epiteliy barida shilliq

oqsil hujayralari bilan birga kolbasimon bez hujayralari ham bo„ladi. Mana shu bez hujayralari oqsil va 
mukopolisaxaridlar aralashmasidan iborat maxsus «qo„rqitadigan» modda ajratadi-ki, bundan xabar 
topgan baliqlar to„dasi qochish taraddudini ko„radi. Bundan farqli o„laroq, boshqa bir xil baliqlar 
epiteliysida temir xloridli hujayralar bo„lib, ular baliq tanasidagi osmotik bosimning bir xilda saqlanib 
turishiga xizmat qiladi. Epiteliy hujayralarining usti mikrovorsinalar bilan qoplangan bo„ladi. 
Amfibiyalarda qoplovchi epiteliy yuqorida ta‟riflanganidek, xiyol muguzlangan bo„lib, bezlari bo„lmaydi, 
shilimshiq bezlardan tashqari, 4-6 qator o„suvchi hujayra qavatlaridan va 1-2 muguzlangan hujayra qava-
tidan iborat. Aksariyat hollarda o„suvchi qavat bilan ustki hujayralar qavati o„rtasida oraliq bo„lmaydi. 
Ko„pincha ustki qavatning muguzlangan hujayralarida yadro saqlanib qolgan bo„ladi. Epiteliyda 
keratogialin donachalar bilan tonofilamentlarning qayta tashkil topishi munosabati bilan unda keratin 
hosil bo„lib turadi. Reptiliyalarda teri epiteliysi yaxshigina muguzlangan bo„ladi. Muguz tangachalar, 
hatto butun bir sovut hosil qiladi. Tangachalar bo„rtgan shaklda, plastinkaga o„xshagan bo„lishi mumkin. 
Shakli qanday bo„lishidan qat‟iy nazar, cherepisa singari bir-birining ustiga mingashib joylashadi. Ba‟zi 
reptiliyalarning, masalan, toshbaqalarning qorni bilan ustidagi tangachalar butun boshli toshdek qalqon 
hosil qiladi. Timsohlarda esa ko„pin-cha tangachalar ostida, ya‟ni terining biriktiruvchi to„qima qismida 
tangachalarning har qaysisiga aloqador suyak plastinkalar bo„ladi. Reptiliyalar terisida hech qanday 
bezlar bo„lmaydi. Ammo epiteliy qatlamidan narida maxsus sekret ishlab chiqaradigan bezlar bo„lishi 
mumkin. Chunonchi, timsohlarning pastki jaining ikki yon tomonida bir juft muskat bezlari bo„ladi, 
toshbaqalarda esa xuddi shu singari bez qalqonining qorin qismi bilan ustki qismi tutashgan joyda bo„ladi. 
Ilon bilan kaltakesaklarda epiteliyning muguzlanuvchi qavati vaqt-vaqti bilan tushib turadi, tushganda 
ham birn-ketin emas, balki birdan tushadi, uni xalq orasida «ilon po„st tashlabdi», «kaltakesak po„sti bu» 
deyishadi. Lekin bu vaqtga kelib, uning ostidagi yosh muguzlanuvchi qavat etilib ulgurgan bo„ladi. 
Ularda muguz moddalar hosil bo„lishi keratogialinli donachalar bilan tonofilamentlar ishtirokida yuzaga 
keladi. Endi mana shu po„st tushlash oldida ular epiteliysi qanday tuzilgan bo„ladi: tashqaridan keratindan 
hosil bo„lgan mustahkam ustki muguz modda bilan qoplangan bo„ladi. Elektron mikroskopda ko„rilganda, 
bu qavat tolali bo„lib ko„rinadi. 
Tangachalar usti qipiqlanib qovjiragan bo„ladi. Chuqurroqda mikroskopik gomogen qatlam bo„lib, 10-20 
qavat muguz tangachalardan (qipiqlardan) tuzilgan bo„ladi. Ular o„rtasidagi chegara bir-biriga qo„shilib 
ketgan bo„ladi. Bu qavat yupqa bo„lib faqat keratin fibrillaridan tashkil topgan, har bir fibrilning diametri 
2 nm. Bu qavat ostida esa muguzlangan hujayralar bilan qalinlashgan bir xil yupqa mikroskopik plastinka 
joylashgan. Oraliq qavat deb shuni aytiladi. Ba‟zi bir hollarda bu qavat ustki qavat bilan qo„shilib ketgan 
bo„ladi. Bundan keyingi anchagina chuqur joylashgan qavat bu bir qator qalin, muguz tangachalardan 
tuzilgan, diametri 8 nm li fibrillar ko„rinishidagi-keratin bilan to„lgan qavat keladi. Bu qavatning 
muguzlanuvchi hujayralari chegarasi saqlanib qolgan. So„ngra yadrosi bo„lgan, keratogialin palaxsalari 
bo„lgan yoru hujayralar bilan qalinlashgan (zichlashgan) qavat keladi. Mana shu hujayralar qavati 
navbatdagi po„st tushishini chegaralab turadi. vazifasi-oldin unda muguz modda hosil bo„ladi, keyin 
hujayralarda gormonlar ta‟sirida lizosoma va fermentlar aktivlashib, butun qavat ko„chib tushishiga sabab 
bo„ladi. bInobarin, mana shu jarayon po„st tashlashni, ya‟ni butun ustki muguz qavat-ning ko„chib 
tushishini ta‟sinlaydi va hokazo. 
Qushlarning qoplovchi epiteliysi reptiliyalarnikiga o„xshaydi, ya‟ni bez hujayralari bo„lmaydi. 
Dumazasidagi bezlardan tashqari, epiteliyning muguzlanuvchi qavati ancha murakkab tuzilishga ega, 


masalan, qushlar epiteliysi muguz qavat-patlar bilan qoplangan muguzlanuvchi pat hujayralari tuzilishi va 
ximiyaviy tarkibi jihatidan boshqa keratin ishlab chiqaruvchi hujayralar bilan bir xil. 
Endi sut emizuvchi hayvonlarning yashash sharoiti bilan boliq holda epiteliy tuzilishiga ega bo„lgan ko„p 
qavatli to„qimalaridagi o„zgarishlar bilan tanishamiz. Ma‟lumki, delfinlar bilan kitlarning muguzlanuvchi 
qoplovchi epiteliysi kam rivojlangan bo„lib, o„rniga biriktiruvchi so„richlar yaxshi rivojlangan. Mana shu 
so„rich-lar yordamida epiteliy biriktiruvchi to„qima bilan pishiq birikib turadi. Ulardagi bu xususiyat 
hayvonlar tanasining suvga ishqalanishi-da terini shikastlanishdan saqlab turadi. epiteliysining bir oz 
muguzlangan bo„lishiga sabab suv hararoratining kam o„zgarib turishidir. Binobarin, muguz moddaning 
termoregulyasiya vazifasi bu o„rinda ahamiyatsiz bo„lib qolgan. Morj va suv mushugida esa epiteliy bir 
qator muguzlangan hujayralar qavatiga ega, chunki bu hayvonlar quruqlikka chiqqan vaqtida ular 
tanasidagi haroratni boshqarib turadigan muguzlanuvchi to„qimaning zaruriyati tuiladi. Demak, 
muguzlangan qavat ular tanasidagi haroratni birday tutib turadi. bundan tashqari, ularning juni bo„lib, bu 
ham haroratning boshqarilishida ahamiyatga ega. 
Umuman olganda, quruqlikda yashovchi sut emizuvchi hayvonlarning ko„p qavatli to„qimalari (qoplovchi 
epiteliysi) hamisha muguzlanuvchi qavatga, ter va yo bezlariga ega. Buning ustiga qo„shimcha 
qilib 
aytish mumkinki
, hayvonlarning qaerida juni qalin bo„lsa, o„sha erida muguzlanuvchi epiteliy qavati kam 
rivojlangan (masalan, qo„ylarning ustida), qaerda juni bo„lmasa yoki kam bo„lsa, o„sha erida 
muguzlanuvchi qavat juda yaxshi rivojlangan bo„ladi (masalan, hayvonlarning oyoqlari kaftida) va 
hokazo 
Odam va hayvonlar organizmida turli xilda bir talay bezlar bo„ladi. Ularning ko„pchiligi terida, ovqat 
hazm qilish sistemasi va nafas yo„llari devorida joylashgan. Me‟da osti bezi yo„llari o„n ikki barmoq 
ichakka, prostata bezining sekret yo„llari siydik chiqaruvchi nayiga ochildi. Ularda ishlanib chiqqan 
sekret organizmda o„ziga xos muhim vazifalarni bajaradi. Umuman hujayralari o„ziga xos suyuqlik-sekret 
ishlab chiqaradigan va organizmda muayyan vazifa bajaradigan organ bez deb aytiladi. Sekret ishlab 
chiqaradigan bezlarning hujayralari glandulositlar deyiladi. Bezlar o„z mahsuloti bilan organizmning 
o„sishida, ovqat hazm qilishida va boshqa talaygina jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. bezlarning deyarli 
hammasi epiteliy to„qimasidan tarkib topgan. 
Har bir bez o„zicha mustaqil organ hisoblanadi, yiriklari tashqi tomondan biriktiruvchi to„qimadan 
tuzilgan qobiq bilan o„ralgan. Ularning har qaysisi qon aylanishsistemasiga va spesifik kanalchalar 
tarmoiga ega. Har xil nervlar bilan innervasiya qilinadi. O„z mahsulotining tarkibi va vazifasiga ko„ra bir-
biridan farq qiladi. 
Organizmdagi barcha bezlar odatda ikkita yirik guruhga bo„lib o„rganiladi: 1) tashqi sekretsiya bezlari, 
ya‟ni ekzokrin bezlar; 2) ichki sekretsiya bezlari, ya‟ni endokrin bezlar. 
Morfologik tuzilishi jihatidan ekzokrin bezlar chiqaruv kanalchalariga ega bo„lib, o„z mahsulotini shu 
kanalchalar orqali organizmning tashqarisiga, ya‟ni teri yuzasiga va ichki bo„shliqlariga (oiz bo„shlii, 
qizilo„ngach, me‟da va ichaklarga) chiqaradi. Endokrin bezlarda esa bunday kanalchalar bo„lmaydi, ular 
o„z mahsulotini bevosita qon va limfa tomirlariga, orqa miya suyuqligiga chiqaradi. Tashqi sekresiya 
bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulot sekret deyiladi, ishlab chiqarish jarayoni esa sekresiya deyiladi. 
Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo„lgan va tashqariga chiqariladigan moddalar 
ekskretlar deyiladi. Ekzokrin bezlarga so„lak, ter, sut bezlari, me‟da va ichak devoridagi bezlar, ko„z 
yoshi va me‟da osti bezining ko„pgina qismi kiradi. Endokrin bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, 
qalqonsimon bez oldi bezi, bo„yrak usti va jinsiy bezlar kiradi. Tuban xordalilardan endostil, baliqlar, 
suvda ham quruqda yashovchilardan ultimobronxial tanachalar kiradi. Endokrin bezlardan ishlanib 
chiqadigan mahsulot inkret, ya‟ni gormon deyiladi. 
Tashqi va ichki sekresiya bezlari epiteliy to„qimalariga, nisbatan joylashishiga qarab: ekzoepiteliy va 
endoepiteliy guruhga bo„linadi. Ekzoepiteliy bezlar epiteliy to„qimasining tashqarisida yoki uning ostida 
joylashgan bezlardir. Bular, masalan, so„lak, ter, yo bezlari va jigar. Agar bezlar epiteliy to„qimasining 
tashqarisida emas, balki uning qatlamida joylashgan bo„lsa, ular endoepiteliy bezlar deyiladi. Masalan, 
kekirdak shilimshiq pardasi epiteliysining barida joylashgan bezlar shular jumlasidandir. 
Ekzokrin bezlar, odam va hayvonlar organizmidagi bezlarning ko„p qismini tashqi sekresiya bezlari 
tashkil etadi. ular o„z mahsulotini ovqat hazm qilish sistemasining ichki bo„shliiga va nafas yo„llariga 
chiqaradi. Demak, benday bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo„lgan hujayralardan tashqari, 
chiqaruv kanalchalari sistemasiga ham ega. Bezlarning mahsuloti har xil bo„lib, tarkibi jihatidan bir-
biridan farq qiladi. Bez qaysi organda joylashgan bo„lsa, shu organning bajaradigan fiziologik vazifasi 
ta‟minlanishida aktiv ishtirok etadi. ma‟lum bo„lishicha, tashqi sekresiya bezlari juda xilma-xil bo„lib, 
ular tuzilishi, sekresiya qilish usullari (sekresiya tiplari), sekretining tarkibi va tashqariga chiqarish 
yo„llari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi sekresiya bezlarini o„rganish-da har xil klassifikasiyalardan 


foydalaniladi. 
Tashqi sekresiya bezlari bir hujayrali, ko„p hujayrali va kam hujayrali bezlarga bo„linadi. 
Bu bezlar asosan bitta bez hujayrasidan tashkil topgan. Umuman olganda, umurtqali va umurtqasiz 
hayvonlar organizmining 
turli joyida uchrab
, har xil shaklda bo„ladi. Bularga bir hujayrali qadoq-simon 
bez ham deyiladi. 
Umurtqali hayvonlar bilan odamda bir hujayrali bez ko„p tarqalgan. Bu bez organizmning nafas yo„llarida 
ko„p qatorli epiteliy tarkibida uchrab, o„z sekretini shu epiteliy yuzasiga chiqaradi. Havoni changdan 
tozalash va namlab berish vazifasini ham bajaradi. Bu bez yo„on ichakda, ayniqsa, uning oxirgi qismida 
juda ko„p uchrayda, bu erda esa himoya vazifasini bajaradi. Chiqindi moddalarni bir-biri bilan 
yopishtirib, ichakdevorini ortiqcha mexanik ishqalanishdan saqlab, yara-chaqa bo„lishiga to„sqinlik qiladi 
va ichak peristaltikasi yordamida so„rilishni osonlashtiradi. Nihoyat, tuban umurtqalilar, nemertin, 
mollyuskalar va ko„pgina boshqa jonivorlarning bez mahsulotlari to„siqlik vazifasini o„taydi. Turli 
umurtqasizhayvonlarda bir hujayrali bezning boshqa shakllari ham uchraydi. 
Ichak epiteliysi tarkibida uchraydigan bir hujayrali bez mikroskopda yaxshi ko„rinadi. Sekret asosan 
hujayraning apikal qismiga surilgan bo„lib, o„lchami har xil bo„lgan pufakchalar shaklida sitoplazmani 
to„ldirib turadi. yadro va organioidlari sitoplazma devoriga yaqin yoki bazal qismiga surilgan bo„ladi. 
Organoidlardan ko„zga yaxshi ko„rinadigan bu-yadroning apikal qismida joylashgan Golji apparatidir. Bu 
hujayra asosan shilliq, sekret ishlab chiqaradi. Hujay-raning apikal qismi kengaygan bo„lib, bazal qismi 
tomon ingichkalashib boradi. Sekret apikal qismidagi teshikchadan tashqariga chiqib, hujayra yana 
qadaqsimon shaklga kiradi. 
Ko„p hujayrali ekzokrin bezlar. Bu xildagi bezlar har xil yiriklikda va mustaqil tuzilishga ega bo„ladi. 
Tarkibida bez hujay-ralaridan tashqari, boshqa to„qima hujayralari ham uchraydi. Lekin sekret ishlab 
chiqarishda faqat glandulositlar ishtirok etsa, boshqa to„qimalari bezning trofik va metabolit jarayonlarida 
ishtirok etadi. ekzokrin bezlar turlicha murakkablikka va xilma-xil strukturaga ega. Shuning uchun ularni 
o„rganishda morfologik tuzilishiga asoslab yaratilgan klassifikasiyadan foydalaniladi. 
Organizmda uchraydigan ko„p hujayrali tashqi sekresiya bezlari chiqaruv kanalchalarining 
tarmoqlanishiga qarab, oddiy va murakkab bezlarga bo„linadi. Oddiy bezlar, o„z navbatida, 
tarmoqlanmagan va tarmoqlangan chiqaruv kanalchali guruhlarga bo„linib, har bir guruhdagi bezlar o„z 
shakliga ega va organizmning har xil joylarida tarqalgan. Tarmoqlanmagan oddiy bezlar naysimon, 
alveolyar (sharsimon) hamda kalavasimon shaklda bo„ladi, ya‟ni ular uzun naysimon shaklda bo„lib, nay 
devorining asosiy qismida sekretor hujayralari joylashadi, ishlab chiqargan sekret esa shu nay bo„shliiga 
o„tib, tashqariga chiqariladi. 
Tarmoqlangan oddiy bezlarning sekretor qismlari ham xuddi yuqoridagidek (naysimon, alveolyar) 
shaklda bo„ladi, lekin naychalari bitta bo„lmay, bir nechta tarmoqlardan tashkil topgan bo„ladi. 
Tarmoqlanmagan oddiy naysimon bezlarga ter bezlari, yo„on ichak kriptalari devoridagi bezlar, 
me‟daning pilorik qismidagi va ayrim fundal bezlar kiradi. Tarmoqlanmagan alveolyar bezlarga esa 
teridagi ayrim yo bezlarga kiradi. Kalavasimon bezlar ham me‟da devorida uchraydi. 
Kam hujayrali ekzokrin bezlar. Bunday bezlar asosan birlamchi oizli jonivorlar organizmida tarqalgan. 
Masalan, qo„sh qanotli hashoratlarning so„lak bezlarida ana shunday kam hujayrali ekzokrin bezlar 
uchraydi. Bu bezlar asosiy sekretor hujayralar va sekret chiqaruv naychasida joylashgan hujayralardan 
tuzilgan bo„lib, sekret hujayralari murakkab tabaqalanishga ega. Hujayralar sitoplazmasida endoplazmatik 
to„rdan iborat sisierna ko„rinishida oqsil sintez qiluvchi apparat juda yaxshi rivojlangan. Unda talaygina 
mitoxondriylar bo„lib, ularning bir qismi plazmatik membrananing bazal burmalarida joylashgan. Golji 
apparati esa sitoplazmaning hamma erida alohida-alohida kompleks bo„lib joylashgan bo„ladi. 
Endokrin bezlar. Umurtqali va ayrim umurtqasiz hayvonlar organizmida o„ziga xos morfologik tuzilishga 
ega va bajaradigan fiziologik vazifasiga ko„ra, har xil bo„lgan bir necha bezlar uchraydi, ular endokrin, 
ya‟ni ichki sekresiya bezlar deyiladi. Ular birgalikda endokrin va gumoral sistemani tashkil qilishda 
ishtirok etadi. 
Endokrin bezlarning ekzokrin bezlardan asosiy morfologik farqi shundaki, endokrin bezlar, yuqorida 
qayd qilib o„tilganidek, sekretini, ya‟ni gormonini ekzokrin bezlar kabi 
chiqaruv kanalchalariga emas

balki bevosita qon, limfa tomirlariga va orqa miya suyuqligiga chiqaradi. 
Endokrin bezlar evolyusion rivojlanish davrining so„nggi bosqichlarida paydo bo„lgan organlarga kiradi 
va ko„p hujayrali organizmlarning ko„pchiligida uchramaydi. Faqat bo„imoyoqlilar va umurtqalilarda ular 
yuksak darajada rivojlangan bo„ladi. Umurtqali hay-vonlarda quyidagi ichki sekresiya bezlari farq 
qilinadi: gipofiz, epifiz, ayrisimon bez, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me‟da osti bezining 
endokrin qismi, ya‟ni Langergans orolchalari, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlarning endokrin qismlari va 
yo„ldosh shular jumlasidandir. 


Endokrin bezlar uncha yirik bo„lmasa ham, lekin ular o„ziga mustaqil bo„lib, organizm uchun juda zarur 
gormonlar ishlab chiqaradi. Bez gormonlari organizmda moddalar almashinuvi, rivojlanish va o„sish, 
jinsiy baloatga etish kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi va ularni jadallashtiradi. Morfologik 
tuzilishiga ko„ra, ular xuddi boshqa organlarga o„xshab, tashqi tomondan biriktiruvchi to„qimadan 
tuzilgan kapsula bilan o„ralgan. So„ng bu to„qima bez ichiga o„sib, o„zi bilan qontomir va nerv 
sistemasini olib kiradi. Shuni ham aytish kerakka, endokrin bezlar boshqa organlarga nisbatan qon 
tomirlarga boy, shu tufayli ham ular qonni o„zidan ko„p o„tkazadi. Ularda har bir granulosit hujayralar 
atrofidan kapillyar tomirlar o„tgan bo„lib, ular o„z gormonini bevosita shu kapillyar tomirlarga chiqaradi. 
Endokrin bezlar organizmning ko„p qismida joylashgan. Ular embrional rivojlanish davrida embrionning 
uchala varaidan (ektoderma, entoderma va mezodermadan) hosil bo„ladi. 
1. Ektodermadan hosil bo„ladigan bezlar. Bular o„z navbatida: a) nerv sistemasi bilan birga bitta 
pushtadan kelib chiqadigan bezlarga (bularga boshoyoqlilarning optik bezlari, umurtqalilarning buyrak 
usti bezining maiz, ya‟ni adrenal qismi kiradi) va b) ektodermaning boshqa qismlaridan hosil bo„ladigan 
bezlarga (umurtqalilarda adenogipofiz bezlari) farq qilinadi. 
2. Entodermadan hosil bo„ladigan bezlar. Bularga qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me‟da 
osti bezining endokrin qismi kiradi. 
3. Mezodermadan hosil bo„ladigan bezlar. Bularga buyrak usti bezining po„stloq qismi bilan jinsiy bezlar 
kiradi. 
Gistologiyada qo‟llaniladigan tadqiqot usullari 
Ma'lumki, gistologiya mustakil fan sifatida rivojlanar ekan, uning asosiy tadkikot ob'еkti bilan tеkshirish 
usullari ham rivojlanib boradi. Gistologiyada tadqiqot ob'еkti — turli xil sharoitda har xil usullar 
yordamida tayyorlanadigai gistologik prеparatlardir. Tеkshirish usullariga mikroskospik tadqiqotlar bilan 
gistoximiyaviy (tsitoximiyaviy) tadqiqotlar, radiavtografiya bilan maxsus ekspеrimеntal-morfologik 
usullar va boshqalar kiradi.Mikroskopik tadqiqotlar Organizm to‟qimalari va organlarining soglom 
holatini, tuzilishini (strukturasini), kasalliklarda sodir bo‟ladigan patologik-morfologik o‟zgarishlarni 
chuqur va mukammal o‟rganish uchun avval ulardan gistologik prеparatlar tayyorlanadi. Gistologik 
prеparatlar tayyorlash usullari, masalan, sitologiya, embriologiya va patologik anatomiyadagi usullar 
bilan dеyarli bir xil.Gistologik prеparatlar qanday mikroskopda tеkshirilishiga harab, yеtarli darajada 
yupqa bo‟lishi kеrak. Masalan, yorug‟lik mikroskopida o‟rganiladigan prеparatlarning qalinligi 1 
mikromеtrdan (1mkm) 50 mikromеtrgacha bo‟lganda ular nur tutamini oson o‟tkazadi; elеktron 
mikroskopda o‟rganiladigan prеparatlarning qalinligi esa 30 nanomеtrdan (nm) 60 nanomеtrgacha 
bo‟lganda ular elеktronlarni bеmalol o‟tkaza oladigan bo‟ladi. Prеparatlar tirik to‟qimalardan ham, nobul 
bo‟lgan, ya'ni fiksatsiya qilingan to‟qimalardan ham tuzilmalar (strukturalar) olib tayyorlanishi mumkin. 
Tashqi ko‟rinishidan surtma bo‟lishi, iz bo‟lishi, parda (qobiq) bo‟lishi total bo‟lishi va biror organning 
yupqa kеsilgan kеsmasi bo‟ lishi mumkin. Shulardan eng ko‟p qo‟llanadigani to‟qima yoki organning 
fiksatsiya kilingan va bo‟yalgan kеsmasidir. Fiksatsiya dеganda, tuzilmalarning (kеsmalarning) 
butunligini saqlab kolish uchun ular aynimasligining chorasini ko‟rish tushu niladi. Buning uchun organ 
yoki to‟qimadan kеsib olingan kеsim; fiksatorga — spirt, formalin, buen eritmasi, o?ir mеtall tuzlari, 
fiksatsiyalovchi aralashma kabilarga solib qo‟yiladi yoki muzlatiladi, natijada kеsmadagi tuzilmalar o‟z 
hayot faoliyatini to‟xtatadi, ya'ni fiksatsiyalanadi. Kеsmalarni bo‟yash dеganda esa (elеktron mikroskop 
uchun prеparatlar mеtall tuzlar bilan changlatiladi), kеsmadagi ayrim tuzilmalarning kontrastligini 
oshirish uchun ularni turli xil buyoklar bilan bo‟yash tushuniladi. .Bo‟yoqlar, odatda, kislotali, asosli 
(ishkoriy) va nеytral bo‟ladi. 
Uz navbatida
, kislotali bo‟yo?lar bilan bo‟yaladigan tuzilmalar 'Oksifil dеb, 
asosli (anilin) bo‟yoklar bilan bo‟yaladigan tuzilmalar bazofil1 dеb yuritiladi. Nеytral bo‟yoklar bilan 
bo‟yaladiganlari nеytrofil tuzilmalar dеyiladi. Tayyor prеparatlarni maxsus usullar bilan bir nеcha 
daqiqadan bir nеcha yillargacha saklab qo‟yish va o‟rganish mumkin.Gistologik prеparatlar, odatda, turli 
tеkshirish — mpkroskopiya usullari yordamida tadqiq qilinadi. Masalan: 6iologiya laboratoriyalarida 
aksari yorug‟lik mikroskopidan foydalaniladi Bu mikroskopning o‟ndan ortiq markasi bor. Ular tabiiy 
yorug‟lik bilan yoki sun'iy yorug‟lik bilan ishlaydi. Yorug‟lik spеktrining ko‟zga ko‟rinadigan qismining 
eng minimal to‟lqin uzunligi o‟rtacha 0,4 mkm. Bu ko‟rsatkich 0,2 mkm bo‟lganda ob'еktning kattaligi 
2500 marta ortadi.hozirgi vaktda gistologik prеparatlarni mikroskopda ko‟rishning 15 dan ortiq usuli 
mavjud. quyida ularning eng asosiylari ustida qisqacha to‟xtalib o‟tamiz.Qorong‟i maydonli mikroskopda 
ko‟rish. Bu mikroskopning tuzilishi va unda prеparatlarni ko‟rish printsipi yorug‟ maydonli 
mikroskopdagi bilan dеyarli bir xil bo‟lib, u tirik hujayra va to‟qima tuzilmalarini o‟rganishga 
mo‟ljallangan. Unda hujayrani qorong‟i maydonda ko‟rish maxsus kondеnsor yordamida amalga 
oshiriladi, yani yorug‟lik nuri kondеnsor orqali ob'еktga qiyalatib tushiriladi. Bunda ob'еkt (prеparat) 
yorishib, maydon qorong‟iligicha koladi. Tirik hujayra tarkibidagi tuzilmalar yaxshi ko‟rinishi uchun 


ob'еktga tushayotgan yorug‟lik nuri har xil optik kalinlikda bo‟lishi shart. Mazkur mikroskopda bo‟yalgan 
yoki buyalmagan tirik hujayralarni, baktеriya va strukturalarni tadkik etish ancha ?ulay.Fazali kontrast 
mikroskopda ko‟rish. Bo‟yalmagan tirik hujayralar, odatda, yorug‟lik nurini tutib qolmasdan, o‟zidan 
o‟tkazib yuboradi. Shuning uchun ular mikroskopda ko‟rinmaydi yoki anglab bo‟lmas darajada ko‟rinadi. 
Ularni ko‟rish uchun tеgishli bo‟yoqlar bilan bo‟yashga to‟g‟ri kеladi. Fazali kontrast mikroskopiya usuli 
o‟rganilayotgan bo‟yalmagan tuzilmalarning bizga zarur bo‟lgan kontrastligini ta'minlaydi. Kontrastlikni, 
odatda, ob'еktivdagi fazali plastinka dеb ataladigan, kondеnsorga o‟rnatilgan maxsus halqa-diafragma 
hosil qiladi. Ob'еktni qancha yaxshi ko‟rish nurning qancha sinishiga bog‟liq, Yorug‟lik nuri ob'еktdan 
qancha tеz o‟tsa, uning yoritilishi, dеmak, kontrastligi shuncha ortadi, binobarin, hujayra tuzilmalari ham 
shunga yarasha yaxshi ko‟rinadi.Intеrfеrеntsion mikroskopda ko‟rish. Mazkur mikroskopda ko‟rish usuli 
fazali kontrast mikroskopda ko‟rishga o‟xshasada, unga nisbatan ko‟proq imkoniyatga ega. Masalan, 
uning yordamida bo‟yalmagan tirik hujayralarning anik tasvirini va ularning quruq vaznini (massasini) 
aniqlash mumkin. Bundan tashhari, bu usul yordamida hujayralarning kalinligini tarkibidagi kuru? 
moddalarning zichligini, shuningdеk suv, nuklеin kislotalar (NK), oqsil va fеrmеntlarning miqdorini 
bilish mumkin. Intеrfеrеntsion usulda bo‟yalgan prеparatlarning yadrosi, odatda, qizilga, sitoplazmasi esa 
zangori .rangga bo‟yaladi.Lyuminеstsеnt (yoki flyuorеstsеnt) mikroskopda kurish. Lyuminеstsеntsiyada 
kator moddalarning atomlari (molеkulalari) qisqa to‟lkinli nurlanishni yutar ekan, u qo‟zg‟algan holatga 
kеladi. Ularning ko‟zgalgan xolatdan normal holatga o‟tishi esa yorug‟likni katta to‟lqin uzunligida 
tarqatib yuborish hisobiga bo‟ladi. Binobarin, gistologik prеparat unga nur ta'sir qilish vaktida xosil 
bo‟lgan 
enеrgiya hisobiga nurlanadi
, ya'ni flyuorеstsеntsiyalanadi. Binafsha nurlar yoki to‟lkin uzunligi 
(0,27—0,4 mkm li spеktrning ko‟k qismi yorug‟lik manbai bo‟lib xizmat qiladi. Enеrgiya ob'еktga 
(prеparatga) turli yo‟llar orqali va turlicha ta'sir kilishi mumkin. Shunga ko‟ra, ular bir nеcha xilga 
bo‟linadi: fotolyuminеstsеntsiya, rеntgеnolyuminеstsеntsiya, radiolyuminеstsеntsiya shular jumlasidandir. 
Elеktron mikroskopda ko‟rish. Gistologik prеparatlarni elеktron mikroskopda o‟rganish hozirgi vaqtda 
kеng tarkalgan usul bo‟lib, uning yordamida hujayralarning nozik tuzilmalari, organoid va hujayra 
kiritmalariining tuzilishi hamda ularda sodir bo‟ladigan nozik o‟zgarishlar kuzatiladi. Elеktron mikroskop 
100000 marta va undan ham ortiq kattalashtiradi. Chunki elеktron mikroskopda yorug‟lik mikroskopdagi 
kabi uzun to‟lqinli nurdan emas, balki qisqa to‟lqinli elеktronlar nuridan foydalaniladi. Binobarin, 
kuzatilmokchi bo‟lgan ob'еkt tasviri elеktronlar nuri yordamida ko‟rsatilsa, bunday pribor elеktron 
mikroskop dеyiladi. Dеmak, qisqacha ta'riflaydigan bo‟lsak, elеktron mikroskopda ko‟rish bu — ob'еkt 
orqali o‟tkazilgan elеktronlar tutamini elеktromagnitli linzalar bilan fokuslash orqali prеparat tasvirini 
olib o‟rganishdir. 
Oddiy mikroskopda hayvonlar to‟qimasining mikroskopik tuzilishini o‟rganish uchun kеsmalarni 
(prеparatlar) kalinligi taxminan 3-5 mikron (mk) bo‟lishi kеrak. Bundan kalin bo‟lsa, hujayralar qavati 
ortib kеtib, ob'еktning tasviri aniq ko‟rinmaydi, ularni o‟kish yana ham qiyinlashadi. Elеktron 
mikroskopning afzalligi shundaki, to‟qimalardan olinadigan kеsma ancha yupqa (0,02 mk) bo‟ladi. 
Albatta, bunday kеsmalar, odatda, ultramikrotomdan foydalanib tayyorlanadi. Buning uchun esa 
mikrotom1 stolga qimirlamaydigan qilib o‟rnatiladi, pichoqlari aloxida shishadan yasaladi. Kеsmaning 
qalinligini mеtall stеrjеnning kеngayishi ta'minlaydi. Oddiy mikroskopda ob'еktning qalinligi, ya'ni 
hujayra yoki yadrolarning yirik-maydaligi, ularning diamеtri «mikron» bilan o‟lchansa, elеktron 
mikroskopda «nanomеtr» bilan, aksari hollarda esa «angstrеm» (A)2 bilan ulchanadi. hozirgi vaqtda 
elеktron mikroskopning yangi-yangi turlari yaratilmoqda. Masalan, hajmiy (rastrlovchi) elеktron 
mikroskop shular jumlasidandir. Uning yordamida prеparatlarning hajmiy tuzilishi o‟rganiladi. 
Gistoximiyaviy tadqiqotlar 
Yuqorida aytib o‟tilganidеk, hozirgi mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksatsiya qilingan ob'еktlarning 
nozik morfologik tuzilmalari har tomonlama o‟rganilsa ham, ammo ularning sifat va miqdoriy tarkibi 
to‟la ochilmay qolavеradi Buni, odatda, alohida gistoximiyaviy (tsitoximiyaviy) tadqiqot-
usullari,yordamida o‟rganiladi. 
Sifatiy gistoximiyaviy usullar. Bu usullar gistologik va ximiyaviy tеkshirish usullarini birga ko‟llash 
natijasida kеlib chiqqan. Bnnobarin, sifatiy gistoximiyaviy tеkshirish usul lari ob'еkt (prеparat)lar 
strukturasidagi ximiyaviy moddalar taqsimotini aniqlash yo‟lida turli xil ximiyaviy rеaktsiyalardan 
foydalanishga asoslangan. Dеmak, ular yordamida organ, to‟qima va hujayralarning ximiyaviy tuzilishi, 
ularda boradigan ximiyaviy jarayonlar o‟rganiladi. Ular yordamida to‟qimalarda sodir bo‟lib turadigan 
moddalarning almashinuv jarayonlari hamda fiziologik jarayonlar xakida aniq tasavvurga ega bo‟lish 
mumkin. Masalan, xozir gistoximiyaviy ycyllar qo‟llab, to‟qimalar 
tarkibidagi aminokislotalar
, oqsillar, 
nuklеin kislotalar (NK), uglеvodlar va lipidlar ham fеrmеntlar aktivligini aniqlash mumkin. Bularni 
aniqlash odatda, ximiyaviy rеaktiv moddalar bilan to‟qima hamda іujayra strukturasi tarkibiga kiradigan 


substrat moddalar o‟rtasidagi rеaktsiyalarning spеtsifikligiga va shuningdеk ximiyaviy rеaktsiya 
ma?sulotlarining bo‟yalgan cho‟kma ko‟rinishda ajralib chi?ishiga asoslangan. Masalan, gallotsianin 
ribonuklеin kislota (RN?)ni ko‟k-binafsha rangga bo‟yaydi xokazo. 
Miqdoriy gistoximiyaviy usullar. Gistologik usullar uzluksiz takomillashib, murakkablashib bormoqda. 
Endilikda shunday gistoximiyaviy tеkshirish usullari yaratildiki, ular yordamida faqat to‟qimalar 
tarkibidagi moddalar, ya'ni elеmеntlarning sifatini emas, balki ularning miqdorini ham aniqlash mumkin. 
Bunday usullar gistologiyada miqdoriy gistoximiyaviy tadqiqot usullari dеb nom oldi. Ular yordamida, 
odatda, muayyan to‟qima va hujayralar strukturasi aniqlanadi. 
Bunday usullarga sitospеktrofotomеtriya, tsitospеktroflyuorimеtriya, intеrfеromеt-riya kabilarni kiritish 
mumkin. Radioavtografiya usuli. Bu usul yangi zamonaviy usul bo‟lib, uning yordamida hujayra va 
to‟qimalardagi moddalar almashinuvi o‟rganiladi. Buning uchun hayvon organizmiga ovqat hazm kilish 
sistеmasi orqali yoki in'еktsiya yo‟li bilan har xil radioaktiv elеmеntlar yoki nishonlangan birikmalar 
yuboriladi. Radioaktiv fosfor P32, uglеrod C14, oltingugurt S
3
, vodorod H
3
yoki har xil izotoplar, 
chunonchi, radioaktiv izotop kabilar shular jumlasidandir. Mazkur moddalardan birortasi ekspеrimеntal 
hayvon organizmiga u yoki bu yo‟l bilan kiritilgach, har xil muddatlarda lozim topilgan organlardan 
bo‟lakchalar olib, ulardan gistologik prеparatlar tayyorlanadi. Prеparat tayyorlash odatdagi gistologik 
prеparatlar tayyorlash usuli bilan dеyarli bir xil. Lеkin farqi bunda mikrotom yordamida olingan kеsmalar 
alohida fotoemulsiyaga solib qo‟yiladi (bu ishlar albatta, qorong‟i joyda bajariladi). Bu vaqtda radioaktiv 
moddalar nuri to‟qimalarga fotoemulsiya orqali o‟tib, kumush bromid donachalarini sеnsibilizatsiya 
qiladi, har xil muddatlardan so‟ng shu qorongi joyda ularni xuddi fotografiya qog‟ozlarini tayyorlagandеk 
qilib «proyavitеl» va boshqa eritmalarga solib ishlov bеriladi. Shunda to‟qimaning radioaktiv moddalar 
to‟plangan .joyida kumush donchalari ko‟plab yi?ilib qoladi. Binobarin, ana shu kumush moddalarining 
yig‟ilgan mikdoriga harab, shu organdagi moddalar almashinuvi tеz yoki sеkin borayotgani haqida fikr 
bildirish mumkin. Masalan, hayvonning qalqonsimon 
bеziga radioaktiv izotop I
131
yuborib, uni mazkur 
organ qanday qabul qilishiga harab, bеzning funktsiyasi ortganligi yoki susayganligini aniqlash. mumkin. 
Maxsus ekspеrimеntal-morfologik tadqiqot usullari hozirgi vaqtda hayvonlar yoki odam organlari, 
to‟qimalari va hujayralarining tuzilishi hamda funktsiyasini har tomonlama o‟rganish, tadqiq qilish uchun 
yu?orida bayon etilgan tadqiqot usullaridan tashkari, yana bir qator usullar borki, ularga immunologik 
ximiyaviy tadqiqot usullari bilan maxsus ekspеrimеntal morfologik tadqiqot usullarini kiritish mumkin. 
Shulardan kеyingisi, ya'ni maxsus zkspеrimеntal-morfologik tadqiqot usullari amaliy tеkshirish usullari 
bo‟lib hisoblanadi. Tеkshirishning bu usuli, odatda, radiatsion ximеrlar, diffuzion kamеralar usuli va 
organ hamda to‟qimalarni transplantatsiya qilish usullarini o‟z ichiga oladi. 
Organ va to‟qimalarni transplantatsiya kilish, ya'ni ko‟chirib o‟tkazish hayvonlar ayni hayot 
kеchirayotgan davrda bajariladi. Butun bir organ yoki uning bir kismi, aksariyat, to‟qimalar parchasi bir 
hayvondan olinib ikkinchi bir hayvonga yoki shu hayvonning boshqa biror еriga ko‟chirib o‟tkaziladi. 
Bundan maqsad ko‟chirib o‟tkazilgan organ yoki to‟qimaning yashab kеtish qonuniyatini, ular 
strukturasidagi o‟ziga xos xususiyatlarni, tabiatini va bizga hali noma'lum bo‟lib kеlayotgan tomonlarini 
o‟rganishdan iborat. Ayniqsa qon bilan biriktiruvchi to‟qima gistogеnеzining1 o‟ziga xos tomonlariii 
tadki? etishda mazkur usul ancha qo‟l kеladi. Masalan, nurlangan hayvonga (rеtsipiеntga) boshqa hayvon 
(donor) suyak ko‟migi hujayralarining suspеnziyasini yuborib, qonning o‟zak hujayralari bilan 
biriktiruvchi to‟qimalarning diffеrеntsiyalanish yo‟lini kuzatishga imkon tug‟ildi( bu radiatsion ximеrga 
ham misol bo‟ladi, chunki tajribadagi hayvon radiatsion nur bilan nurlantirilgan). 
Organ va to‟qimalarni ko‟chirib o‟tkazish joyiga ko‟ra, ikki xil transplantatsiya farq qilinadi: 1) 
gеtеrotopik transplantaiiya — organ yoki to‟qima o‟z o‟rniga emas, balki boshqa joyga kuchirib 
o‟tkaziladi. Masalan, tog‟ay yoki muskulni suyak bo‟shlig‟iga ko‟chirib o‟tkazish va hokazo; 2) ortotopik 
transplantatsiya — organ yoki to‟qima bo‟shatilgan, ya'ni olib tashlangan organ yoki to‟qima o‟rniga 
ko‟chirib o‟tkaziladi. Masalan, olib tashlangan kasal yurak yoki buyrak o‟rniga boshqa sog‟lom yurak 
yoki buyrakni ko‟chirib o‟t?azish va hokazo. 
Umuman, transplantatsiya masalalarini, organ va to‟qimalarni konsеrvatsiyalash, sun'iy organlar yaratish 
hamda qo‟llash usullarini ishlab chi?ish va o‟rganish o‟ziga xos katta soha bo‟lib, u bilan biologiya 
hamda mеditsinaning transplantologiya sohasi shugullanadi. 

Yüklə 420,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə