Git bilan ishlash



Yüklə 58,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü58,12 Kb.
#159680
1   2   3
8-GIT bilan ishlash

ALBATTA REAL LOYIHALARDA SHUNDAY BO`LADI
)
Git – talqinlarni boshqarish tizimi


JAMOANING BOSHQA A`ZOSINING 
FAYLI
SIZNING FAYLINGIZ


Yuqorida keltirilgan muammoni faqat GIT hal qilib bera oladi


Git nima?


Git - har qanday fayllar to`plamidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun dastur bo`lib , odatda
dasturiy ta`minotni ishlab chiqish jarayonida manba kodini hamkorlikda ishlab chiquvchi
dasturchilar o`rtasidagi ishni muvofiqlashtirish uchun ishlatiladi . Uning maqsadlariga
tezlik, ma`lumotlar yaxlitligi va taqsimlangan, chiziqli bo`lmagan ish oqimlarini qo`llab-quvvatlash
kiradi (turli tizimlarda ishlaydigan minglab parallel filiallar).
Git


Linux yadrosi kodlariga o`zgarishlar (1991-2002) patchlarni qabul qilish va
talqinlarni arxivlash orqali amalga oshirilgan. 2002 yilda loyiha ximoyalangan
talqinlarni boshqarish taqsimlangan tizimi BitKeeper ga o`tkazildi. 2005 yilda Linux
yadrosini yaratuvchi jamoasi va BitKeeper ni yaratuvchi kompaniya orasidagi
munosabat buzildi va mahsulotdan bepul foydalanish bekor qilindi. Bu Linux
yaratuvchilarining BitKeeper dan foydalanish davomida oshirgan malakalariga
asoslangan holda o`z tizimlarini yaratishi uchun turtki bo`ldi.
GIT ning qisqacha tarixi



Tezlik

Аrxitekturasi soddaligi

Chiziqli bo`lmagan dasturlashni qo`llashi (mingdan ortiq parallel 
tarmoqlar)

To`liq taqsimlangan

Linux yadrosi kabi katta loyihalar bilan samarali ishlay olish (ham tezlik
jihatdan, ham ma`lumotlar hajmi jihatdan)
Yangi tizim uchun asosiy talablar quyidagilar edi:


Nusxalar patchlar o`rniga
Git ning boshqa TBT (masalan, Subversion va unga o`xshash) lardan asosiy
farqi – bu Git ning ma`lumotlarga qanday qarashi. Ko`pchilik boshqa
tizimlar axborotlarni fayllarning o`zgarish(patch)lari ro`yhati ko`rinishida
saqlardi. Bunday tizimlar (CVS, Subversion, Perforce, Bazaar va boshqalari)
rasmda ko`rsatilganidek har bir faylga o`zgartirish kiritish vaqtida
saqlanuvchi ma`lumotlarga fayllar va o`zgarishlar to`plami sifatida qaraydi.
GIT asosi


Boshqa tizimlar ma`lumotlarni har bir fayl uchun asos talqinlarining o`zgarishi
ko`rinishida saqlaydi.


Git o`z ma`lumotlarini bunday ko`rinishda saqlamaydi. Buning o`rniga
Git saqlanuvchi ma`lumotlarni katta bo`lmagan fayllar tizimining
nusxalari to`plami sifatida qaraydi. Har safar siz loyihaning joriy
talqinini fiksirlagan vaqtingizda Git ayni vaqtda loyihaning barcha
fayllar nusxalarini saqlaydi. Samaradorlikni oshirish maqsadida fayl
o`zgartirilmagan bo`lsa bunday fayllarni nusxasini yaratish o`rniga
avvalgi saqlangan nusxaga tegishli yo`llanmani yaratadi. Ushbu jarayon
rasmda ifodalangan.



Git ma`lumotlarni ma`lum bir vaqtdagi holatlarini nusxasi
ko`rinishida saqlaydi.
Bu Git va deyarli barcha boshqa talqinlarni boshqaruvchi
tizimlar orasidagi muhim farqdir.


Ko`p amallarni bajarish uchun Git ga faqat mahalliy fayl va manbalar zarur,
shuningdek odatda tarmoqdagi o`zga kompyuterlardagi ma`lumot ham
kerak emas. Аgar siz tarmoqdagi ushlanib qolishlarga bog`liq bo`lgan
markazlashtirilgan tizimlar bilan ishlagan bo`lsangiz Git ni ishlatib ancha
o`zingizni yengil his qilishingiz tayin. Sababi loyihaning butun tarixi sizning
mahalliy diskingizda saqlanadi va ko`p amallar bir zumda bajariladi.
Deyarli barcha amallar mahalliy


Git ixtiyoriy fayllarni saqlashdan oldin tekshiruv yig`indisini hisoblab
chiqadi va bu faylning indeksi bo`lib xizmat qiladi. Shuning uchun fayl yoki
papka ichidagilarni Git bilmaydigan tarzda o`zgartirib bo`lmaydi. Git ning
bu funksiyasi uning asosi sifatida qurilgan bo`lib, falsafasining muhim
tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Аgar ma`lumotlar uzatish vaqtida
yoki diskda buzilsa Git bu haqda doim xabar beradi.
Git – ma`lumotlarning butunligini
ta`minlanishini kuzatadi


Git da siz qilayotgan amaldagi hamma harakatlar faqat ma`lumotlarni omborga qo`shadi.
Tizimni ma`lumotlarni o`chirishga majburlash yoki tizimda biror qaytarib bo`lmaydigan
ishni qilish juda qiyin. Boshqa TBT lar kabi saqlanmagan ma`lumotlarni yo`qotish
mumkin, biroq ularni fiksirlanganidan keyin yo`qotib qo`yish juda qiyin. Bu yanada qiyin
agarda siz o`zgarishlarni boshqa omborga jo`natib tursangiz.
Shuning uchun Git ni ishlatish – ko`ngil to`qlik, chunki nimanidir buzib qo`yishdan
cho`chimasdan bemalol tajriba o`tkazish mumkin
GIT ga ma`lumotlar tez tez qo`shilib turadi


Git da fayllar quyidagi uch holatdan birida bo`lishi mumkin:
fiksirlangan (committed);
O`zgartirilgan (modified);
tayyorlangan (staged).
“Fiksirlangan” fayl sizning mahalliy omboringizda saqlanganligini anglatadi.
“O`zgartirilgan”
fayllarga
o`zgartirilganu
lekin
fiksirlanmaganlar
kiradi.
“Tayyorlangan” fayllar – bu o`zgartirilgan fayllarning navbatdagi jo`natishga
(commit) ajratilganlari.


Shu tariqa GIT ishlatilgan loyihada
uch qism mavjud:
Ishchi katalog (working directory);
Git katalogi (Git directory);
Tayyorlangan fayllar sohasi(staging area).




Siz ishchi katalogingizda fayllarni o`zgartirasiz.
Siz tayyorlangan fayllar sohasiga fayllarni nusxasini qo`shib ularni
tayyorlaysiz.
Siz jo`natasiz. Bu paytda nusxalar tayyorlangan fayllar sohasidan Git
katalogiga saqlanadi.
Git dan foydalangan holatdagi standart ish jarayoni quyidagicha
ko`rinishda :



Yüklə 58,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə