Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axborotlarni mavzular bo`yicha qidirish uchun veb brauzerlardan foydalanish. Internet tarmog’ida foydalanuvchilar registratsiyasi. Elektron pochta bilan ishlash



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/12
tarix15.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axboro

Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Telefon liniyasi orqali internetga ulanish. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.


Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.

Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta'minotdan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan xar bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan Windows OT muxitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muxim xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va xar qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.


Internetning boshqa qismi kabi WWW – butun olam to`ri ham klient-server modeli asosida ishlaydi. Tarmoqqa kirgan foydalanuvchi veb brauzer (tarmoqni ko`rish darchasi) deb ataluvchi klient dasturiy ta'minotidan foydalanadi. Eng ko`p ishlatiladigan veb brauzerlar bu Internet Explorer va Opera deb nomlanadi. Veb brauzer ma'lumot yoki boshqa resurs so`rab tarmoqdagi serverga ulanadi. Server so`ralgan ma'lumotni qidirib topadi va veb brauzerga jo`natadi. Veb brauzer qabo’l qilib olingan ma'lumotlarni kompyuter ekranida tasvirlaydi. Veb brauzer serverga ulanganda, HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataluvchi tilda yaratilgan sahifalarni jo`natishni so`raydi. Veb brauzer veb sahifadagi hoshiyalash tili farmoyishlaridan foydalanib, veb sahifani ekranda aks ettiradi. Veb brauzerlar dasturlash tillari, masalan, Java, ActiveX, skript (script – stsenariy) tillari yoki AJAX texnologiyasi asosida yaratilgan ilovalar, xujjatlar, animatsiyalar va shunga o`xshash ob'ektlarni aks ettira oladi.
Ba'zi ma'lumotlar, masalan ovoz yoki animatsiyani veb brauzerlar tasvirlay olmaydilar. Bunday hollarda veb brauzerlar yordamchi (helper) yoki qo`shimcha (plug in, plagin deb o`qiladi) ilovalardan foydalanishga majbur bo`ladi. Buning uchun bunday ob'ektlar va ularni aks ettiradigan ilovalar veb brauzerlarning konfiguratsiyasida sanab o`tilishi kerak bo`ladi. Yillar o`tishi bilan veb brauzerlarning imkoniyatlari kengayib bormoqda. Hozirgi kunda veb brauzerlar HTML cahifalarni yaratish va ularni Internetda chop etishdan tortib, videokonferentsiyalar o`tkazishgacha bo`lgan imkoniyatlarga ega. Veb brauzerlar shaxsiy kompyuter va internet

orasidagi devorni olib tashlayapti. Hozir internetni foydalanuvchi kompyuteri imkoniyatlarining davomi deb qarash mumkin.


Veb brauzer yagona ilova bo`lmay, bir qator dasturiy vositalar yig`indisidir. Veb brauzerlar veb sahifalarni yuklash va aks ettirish bilan birga, internetdan kompyuterga zarar etkazishi mumkin bo`lgan troyan dasturlar, elektron pochta spami, xaking (huckingxakerlar hujumi) va fishing (fishingbaliq ovlash yoki beruxsat ma'lumot qidirish) kabi amallardan himoya qilish imkoniyatlariga ham ega. Brauzerlardan foydalanishda dilni xira qiladigan narsa, ularning serverlarga murojaat qilganlarida paydo bo`ladigan muammolardir. Bu muammolar texnik, dasturiy yoki tashkiliy ishlardagi kamchiliklar asosida yuzaga kelishi mumkin. Brauzerlarning xato haqidagi xabarlari bu muammolarning tabiatini ochib berishi va foydalanuvchiga nima qilish kerakligini o`rgatishi mumkin.


  1. Veb brauzer (to`rni ko`rish darchasi) to`rning klient-server modeli asosida qurilgan dasturiy taminotining klient qismini tashkil etadi. Veb brauzerlar veb sahifalarni klient kompyuterida ko`rish uchun xizmat qiladi. Ularning turli qurilmalar: Windows, Macintosh, Unix operatsion tizimlari ostida ishlovchi kompyuterlar, uyali telefonlar va cho`ntak kompyuterlari va boshqa qurilmalar uchun mo`ljallangan variantlar mavjud. Bir turdagi qurilmalarda ham turli brauzerlar foydalaniladi. Windows operatsion tizimi ostida ishlaydigan kompyuterlar Internet Explorer (Microsoft kompaniyasi) va Opera (Nescafe kompaniyasi) brauzerlari keng tarqalgan.




  1. Veb sahifalar HTML (Hyper Text Markup Language – gipermantni hoshiyalash tili) yordamida yaratiladi. Veb brauzerlar Veb sahifalarni HTML farmoyishlarini talqin qilish yordamida sizning kompyuteringiz ekranida aks ettiradi. Veb sahifalar tarkibiga matn bilan birga rasmlar, ovoz, video, hamda gipermurojaatlar kiradi.




  1. HTML farmoyishlari veb brauzerda matn, tasvir, gipermurojaatlarni ham tasvirlaydi. Bu gipermurojatlar yordamida turli amallar bajariladi. Agar gipermurojaat boshqa sahifaga o`tish uchun xizmat qilsa, bu sahifa ekranga chiqariladi. Gipermurojaat faylni yuklash uchun xizmat qilsa, bu fayl sizning kompyuteringizga yuklanadi.






  1. Veb brauzer o`z ishini muvaffaqiyatli bajarishi uchun turli qurilmalar, dasturiy vositalar va ma'lumotlardan foydalanadi. Ulardan birortasida muammo paydo bo`lsa, veb brauzer o`z vazifasini bajara olmaydi va paydo bo`lgan xatolik haqida sizni ogoh etadi. Bu xabarlarni to`g`ri talqin qilish paydo bo`lgan muammoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. quyida ko`p uchraydigan xatolar haqidagi xabarlar bilan tanishib chiqamiz.

  1. 503 Service is unaviable – Xizmatni chiqarishga behuda urinish. Bu xatoga juda ko`p sabablar olib kelishi mumkin. Lekin ularning bari veb brauzer veb serverga ulana olmaganligini bildiradi.





  1. Yüklə 1,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə