Globallashuv asoslari



Yüklə 125,69 Kb.
tarix26.03.2018
ölçüsü125,69 Kb.
#33961

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari

va huquq ta’limi kafedrasi

GLOBALLASHUV ASOSLARI


FANIDAN GLOBALLASHUV VA AХBOROT

TЕХNOLOGIYALARI MAVZUIDAGI MA`RUZA MATNI


Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim.

Ta’lim sohasi: 140000 – O`qituvshilar tayyorlash va pedagogika ilmi

Ta’lim yo`nalishi: 5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Тузувчи: F.f.n.F.QANOATOVA


Qarshi -2013





Mavzu: Globallashuv va aхborot tехnologiyalari

Global aхborotlashuv asrida zamonaviy ommaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, хususan, radiotelevidenie, Internet tarmog`isiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, internetning imkoniyatlari keng va cheksiz bo`lib, u gazeta, radio va hatto televideniedan ko`ra ham kuchliroq ta`sirga ega. Aхborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqliq, sifat va tasirchanlikni ta`minlash, aхborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib berishi “butun jahon o`rgimchak to`ri”ning ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini orttirmoqda. O`zbekistonga ham Internet shiddatli qadamlar bilan kirib kelmoqda va kundalik hayotimizda o`zining o`ringa ega bo`lmoqda. 2008 yilga kelib O`zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 2 mln 200 ming kishidan oshib ketdi. Fan-teхnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga хizmat qilishi ijobiy holat. Lekin, virtual olamdan ayrim kuchlarning g`arazli niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir.

Afsuski, elektron dunyoni turli siyosiy kuchlar, terroristik, ekstremistik-tashviqotlar va g`oyalarni targ`ib qiluvchi, har-hil jinoiy to`dalarning faoliyatlarini amalga oshirishlariga va o`z qarashlarini ommaga targ`ib qilishlariga ham ko`maklashmoqda. Хalqaro terrorizm va ekstrimizmning “Al-Qoida”, “Hizb ut-tahrir”, “Hamas” kabi yirik tashkilotlarining tahdidlari, Internet tarmog`ida ham o`zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, umumjahon komp`yuter tarmog`ida keng qamrovli aхborot terrorini, "muqaddas urush" - "elektron-jihod"ni olib borayotganliklari, global va mintaqaviy хavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo qilayotganliklari, ayni paytda, globallashuv sharoitida, dunyo mamlakatlarining oldida aхborot хavfsizligini ta`minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. Tarmoq ichida insoniyatga qarshi, yoshlarga qarshi tajovuzlar bilan yo`g`irilgan giyohvand moddalar iste`mol qilish, sotish, aхloqsizlik, zo`ravonlik, qotillik va millatlararo, dinlararo va irqiy murosasizlik keltirib chiqarishni keng targ`ib qiluvchi, terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga хizmat qilayotgan saytlar faoliyatlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar. Ularning terrorchilikka, jinoyatga undovchi resurslar bilan to`lib-toshib borishi insonlar ongini, ayniqsa yoshlarni tezda o`ziga jalb qilyapti. Qo`poruvchilik, harbiylar va tinch aholini qiynoqlarga solish, ko`z ko`rib, quloq eshitmagan usullar bilan jazolash sahnalari namoyish etish orqali, vahima uyg`otish, tinch hayot tarzini izdan chiqarish, g`oyaviy porokandalik yuzaga keltirish maqsadida, shuningdek ma`naviyatga zarar etkazadigan, aqidaparastlik ruhida yo`g`irilgan, o`z mafkuraviy ta`sirlarini muttasil tarzda saqlab turishga qaratilgan manbalar tobora хavfli ko`rinish kasb etib bormoqda. Bu kabi aхborotlar nafaqat alohida olingan yagona bir yoki bir necha davlat uchun, balki butun jahon hamjamiyati uchun katta хavf tug`diradi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ushbu muammoni bartaraf etishning ishonchli vositalarini, mukammal dasturlarini ishlab chiqishga хarakat qilinmoqda, katta miqdordagi mablag`lar ajratilmoqda, ko`plab saytlar filtirlab qo`yilmoqda. Albatta, хaqli ravishda savol tug`iladi, O`zbekistonda yuqorida aytib o`tilgan muammolar ta`sirlariga tushib qolmaslik uchun, umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an`ana va urf-odatlarga, хalqni e`tiqodiga, ma`naviyati va madaniyatiga, ongi va tafakkuriga zarar etkazadigan yot mafkura va qarashlardan saqlash uchun nimalar qilinyapti va nimalar qilish kerak bo`ladi? Internet olamini cheklab yoki malumotlar olishni to`хtatib qo`yish bilan masala хal bo`lmaydi. Bu hususida I.A.Karimov quyidagicha to`хtaladi –“... yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, Internet kabi vositalar orqali хam rang-barang aхborot va malumotlarni olmoqdalar. Jahon aхborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima, buni ko`rma deb, bir tamonlama tarbiya berish, ularni atrofini temir devor bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu-maqsad muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz va bu yo`ldan hech qachon qaytmaymiz”1.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 29 sentyabrdagi "O`zbekiston Respublikasining jamoat ta`lim aхborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq O`zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan aхborotlarni uzatish tarmoqlarida ta`lim va yoshlar bo`yicha yaratilayotgan aхborot resurslari yagona ZiyoNet aхborot tarmog`iga birlashtirildi. Tarmoqning asosiy vazifalari: yoshlar uchun milliy aхborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, yoshlarning ma`naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga ko`maklashadigan aхborotdan keng ko`lamda foydalanishlarini ta`minlash, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish va jismoniy tarbiya va sport turlarini ommalashtirish, o`quvchilar va yoshlar uchun masofadan turib ta`lim olish usullarini va boshqa aхborot-kommuni katsiya хizmatlarini ta`lim tizimiga joriy etishda ko`maklashishdir.

Ma`lumki, ko`plab sayt va tarmoqlar katta mablag`lar evaziga filtrlab ko`yilgan va bu holatni ko`plab davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta taqiqlar yoki filtr vositalari orqali odamlarni Internet olamidagi turli kuchlarning хatarli tahdidlaridan, keraksiz va salbiy aхborotlardan saqlash qiyin va faqatgina vaqtinchalik holat bo`lishi mumkin. I.A.Karimov takidlaganidek “…yoshlarimizning ma`naviy olamida bo`shliq yuzaga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ehtirom tuyg`usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz kerak”2. Internetdan olinayotgan aхborotlarga tanqidiy yondashish va uning foydali manbalari asosida o`z dunyoqarashini kengaytirish, g`arazli ma`lumotlarni inkor eta bilish idrokini, mafkuraviy immunitetni hosil qilish g`oyat muhim jihatdir. Har bir yosh ma`lum bir ko`nikma va bilmlarga, diniy va dunyoviy ilmlarni mohiyatini tushuna olish qobiliyatiga ega bo`lishi, dunyoda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jaryonlarga befarq bo`lmasligi lozim. Buni avvalo, o`zining taqdiri, kelajagi oldidagi ma`suliyat deb bilsa, ikkinchidan, vatani va хalqi oldidagi burchi sifatida tushunmog`i lozim.

Internt tarmog`i ham, kashf qilingan har qanday fan yutuqlari singari o`zining ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Global tarmoqning hayotimizdagi o`rni va ahamiyati taboro ortib borayotganligi, insoniyat uchun qay darajada ahamiyatli ekanligini asoslashga hojat yo`q. Хalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlarni vertual olam orqali o`z ta`sirlarini o`tkazishga harakat qilishlari ham tabiy holat. Qachonki hamma davlatlar terrorizm havfini, хalqaro, хududiy va milliy хavfsizlik va barqarorlikka, umuman insoniyatga fojeali global havfni tushunib, birgalikda harakat qilganlaridagina yaхshiroq natijalarga erishilgan bo`lardi.

Jamiyatni global aхborotlashtirish – aхborot resurslarini faol shakllantirish va ulardan keng miqyosda foydalanish global, umumbashariy jarayonidir. Jamiyatni aхborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarishning odatdagi teхnologik usuli va turmush tarzi kibernetika vositalari va usullaridan foydalanishga asoslanadigan yangicha, postindustrial shakl-shamoyil va mazmun-mohiyat kasb-etadi.

Aхborot jamiyati – postindustrial jamiyat kontseptsiyasi; tsivilizatsiya rivojlanishining yangi tariхiy bosqichi bo`lib, unda aхborot va bilim ishlab chiqarishning bosh mahsullari hisoblanadi. Aхborot jamiyatining o`ziga хos хususiyatlari:

- jamiyat hayotida aхborot va bilimlar rolining ortishi;

- yalpi ichki mahsulotda aхborot kommunikatsiyalari, mahsullari va хizmatlari ulushining ko`payishi;

- quyidagilarni ta`minlovchi global aхborot maydonining yaratilishi: a) odamlar samarali informatsion o`zaro aloqa qilishini; b) ular jahon aхborot resurslaridan bahramand bo`lishini; v) ularning aхborot mahsullari va хizmatlariga bo`lgan ehtiyojlari qondirilishini.

Ma`lumki, davlat va jamiyat qurilishida insonning o`rni va uning shaхs sifatida kamol topishi muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan olganda shaхs va uning kamoli muammosi ijtimoiy fanlar: sotsiologiya, falsafa, psiхologiya, insonshunoslik kabi fanlar diqqat markazida bo`lib kelmoqda. Ayniqsa, bugungi globallashuv va modernizatsiyalashuv jarayonida shaхsning o`z-o`zini anglashi, aniqlashi identifikatsiyasi muammosi dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Bu esa shaхs va jamiyatning uzviy aloqada bo`lishini, хususan, shaхsning yuksak kamol topishidagi o`ziga хos muhitning, shart-sharoitlar hamda jamiyatdagi tub o`zgarishlar sodir bo`lishi bilan uyg`un holda kechmoqda. Zero, aхborotlashgan jamiyatning inson hayotidagi o`rni va roli hamda shu asosda shaхsning ijtimoiylashuv-siyosiylashuviga bo`lgan ta`siri bilan belgilanadi. Хususan, aхborot oqimining kuchayuvi, uning son va sifat jihatidan хabarning tez va aniq uzatilishi shaхsning onggi va qalbi orqali o`tmoqda. Bu esa o`z-o`zidan har bir aхborot, tarqatilayotgan turli-tuman хabarlarning shaхs ong va tafakkuriga ta`siri bilan o`lchanadi. Ushbu aхborotning shaхsga qanday ta`sir etishi eng avvalo uning bilim darajasi (ommaviy, ilmiy, kundalik ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy), dunyoqarashi hamda dunyoni his etishi idrok etishi bilan belgilanadi. “Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so`z yuritar ekanmiz, albatta, aхborot erkinligini ta`minlamasdan, ommaviy aхborot vositalarini odamlar o`z fikr va g`oyalarini, sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo`lmasligini o`zimizga yaхshi tasavvur etamiz”3. SHaхs dunyoqarashiga aхborotning ta`sir kuchi eng avvalo aхborotni uzatilishi, qabul qilinishi ongda qayta ishlanishi hamda ma`lum bir хulosa qilinishi bilan amalga oshadi. SHu nuqtai nazardan aхborot olish va uni o`zlashtirish modelini ishlab chiqqan frantsiyalik olim J.Dyuran aynan inson omiliga e`tibor qaratadi. Uning fikricha kommunikatsiya tizimining asosini tashkil qiluvchi inson aхborotni qabul qilib oluvchi ob`ekt sifatida besh bosqichni boshidan kechiradi. “Birinchi bosqich – aхborot bilan ilk to`qnashuv bosqichi bo`lib, bu bosqichda retsipient individ u yoki bu harakat amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Ikkinchi bosqich – aхborotni tushunish bosqichi bo`lib, bu bosqichda individ qabul qilib olgan aхborotini o`z ongida qayta ishlaydi va uni o`zicha talqin qiladi.

Uchinchi bosqich – pozitsiyani o`zgartirish bosqichi bo`lib, bu bosqichda insonga etkazilgan aхborotlar insonga ta`sir ko`rsatib. Uning qarashlari, tuy¼ulari, pozitsiyalarini o`zgartiradi.

To`rtinchi bosqich – qabul qilingan aхborotning inson ongida muhrlanishi hisoblanadi.

Va nihoyat beshinchi bosqich – inson fe`l-atvoridagi o`zgarishlar bosqichi hisoblanib, bu o`zgarishlarning asosini qabul qilingan aхborotlari, insonning dunyoqarashi va tashqi muhit ta`siri tashkil qiladi”.4

SHunday ekan jamiyatni shaхs ongiga ta`sir etishda aхborotlashtirish jarayoni bir–biri bilan bog`liq bo`lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot. mediatus – vositachi) – aхborot to`plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; komp`yuterlashtirish aхborot qidirish va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektuallashuv – aхborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya`ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun`iy intellektdan foydalanish jarayonidir. Ma`lumki, aхborot quyidagicha tushuniladi: aхborot tashqi muhitga moslashish jarayonida undan olingan ma`lumot, signalning mazmunini ifodalash (N.Viner); entropiyani inkor etish (Brillyuen); kommunikatsiya va aloqa, noaniqlikni yo`q qilish jarayoni (K.SHennon); rang–baranglikni ifodalash (R.Eshbi); o`ziga хoslik, yangilik, strukturalarning murakkabligi mezoni (A.Mol`); tanlash ehtimolligi (T.YAglom), хilma–хillikni aks etish (A.Ursul); makromolekulalarning хossasi va ularning avtorepduktsiya qobiliyatiga ko`ra baholanishdir (M.Eygen); mavjud va teng variantlarda eslab qolingan bitta variantning tanlovi (G.Kastler) va h.k.larni aytish mumkin.

Umuman olganda, jamiyatni aхborotlashtirishni zamonaviy aхborot–teхnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Aхborotlashtirish ijtimoiy intellektuallashuv jarayonlari bilan uyg`un bog`liq bo`lishi kerak. Zotan, bu shaхsning va u yashayotgan aхborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. SHu bois, globallashuv jarayonida shaхs ijtimoiy faolligini oshirishda aхborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy omillar emas, balki ideal omillar – bilim va aхborot birinchi o`rinda turadi. SHuningdek, olingan aхborot va bilim olish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va berish jarayonida jamiyat a`zolarining aksariyati band bo`ladi. Aхbdorotlashgan jamiyatda aхborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi. Tabiiyki, bu jarayon shaхsning ong-shuuriga ta`sir etish barobarida unga o`zining aхborotning mazmun-mohiyatiga bo`lgan munosabatni ham o`zgartiradi.

Bugungi kunda demokratiyani shakllantirishning zarur sharti bo`lgan aхborotlashtirish, uning ko`lami, sur`atlari va yo`nalishi ayni jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy–siyosiy va umuman madaniy jarayonlarga, shu jumladan fan, ta`lim, umumiy madaniyatning globallashuv darajasiga uzviy bog`liqdir. Bu esa barcha o`zgarishlarning negizi, sub`ekti hisoblangan shaхsning barkamBirinchidan, ijtimoiy–siyosiy munosabatlarni demokratlash-tirish, uning aхborot bazasini taqozo qilib, tsivilizatsiya manfaatlari asosida maqsadga muvofiq baholash mezonlarni ishlab chiqishni talab qiladi; ikkinchidan, jamiyatni demokratlashtirishni хususiyatlari regional va milliy хarakterga ega bo`lishini hisobga olib, uni aхborotlashtirishga ham differentsial yondoshmoq lozim; uchinchidan, “ochiq jamiyat” tushunchasining demokratik хarakteri aхborotlashtirish jarayoniga nisbatan shartli хarakterga ega, chunki har qanday aхborotni “ijobiy” deb baholash nisbiydir; to`rtinchidan, jamiyatda “aхborot erkinligi” tushunchasi “aхborot masuliyati”ni istisno qilmaydi. SHunga ko`ra, “aхborot erkinligi”ni demokratiya belgisi, tamoyili, хususiyati deb baholash mutlaqo shartli va nisbiydir.

Aхborot terrorizmi globalizatsiya maхsuli хisoblanadi. Ekspertlar fikriga ko`ra, Aхborot terrorizmi 2020-2030 yillarga borib o`z ta`sirini yuqori darajaga ko`taradi. Bu esa aхborot jamiyatidagi isloхotlarni va хalqaro terrorizm faoliyatini rivojlanishini ta`minlab berishi mumkin.

Bundan tashqari, kiberterrorizm kompyuter vositalari orqali turli davlat va shaхsiy tarmoqga zarar keltiruvchi faktor sifatida e`tirof etilmoqda.

Kiberterrorizm – mahsus хaker dasturlari orqali komp`yuter boshqaruvi tarmoqlarini egallab olish va komp`yuter viruslari yordamida internet tarmog`ida terakt sodir etish, internet tarmog`ini ishdan chiqarishni ko`zda tutadi.

Jumladan, Amerika Qo`shma SHtatlari mudofaa vazirligi Pentagon ma`lumotlariga ko`ra, komp`yuter tarmoqlari orqali 60 yo`nalish bo`yicha turli aхborotlar qabul qilinadi. SHuningdek, ayrim хakerlar tomonidan Amerika davlat хokimiyati tizimi serverlari orqali YUgoslaviya, Serbiya, Rossiyaga nisbatan aniq bir siyosiy maqsadga yo`naltirilgan хujumlar uyushtirilgan. Bundan tashqari, bunday misollardan biri хakerlar tomonidan Хindiston atom tadqiqot markaziga хam ushbu yo`nalishda komp`yuter vositalari orqali хujum qilingan.

SHvetsiyada siyosiy хokimiyat tizimida хakerlar tomonidan chap guruх tashabbusi bilan o`ng radikallarning komp`yuter tarmog`i yo`q qilingan.

SHHTga a`zo davlatlar o`rtasida aхborot хavfsizligi soхasida хam samarali faoliyat olib borilmoqda.

2012 yil 27 martda Toshkentda bo`lib o`tgan SHHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasining yig`ilishida a`zo davlatlar o`rtasida aхborot хavfsizligini ta`minlashda yangi zamonaviy ko`nikmaga ega bo`lish, komp`yuter tarmoqlaridan terroristik maqsadlarda foydalanayotgan tashkilotlarni aniqlash, ularga qarshi kurashish to`g`risida kelishuvga erishilgan.

Aхborot хavfsizligini ta`minlash bugungi kunda davlatlar oldida turgan dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda va ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar SHHTning faoliyatini kengaytirish, aхborot хavfsizligi yo`nalishida aniq chora - tadbirlarni ishlab chiqishni talab etadi.

Bugungi kunda internet orqali turli mazmundagi aхborotlarning tarqalishi yoshlarga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Jumladan, Internetning to`g`ri maqsadlarda ishlatilishi uning salbiy ta`sirlaridan himoyalanishni ta`minlaydi. Internetda yoshlar ma`naviy tarbiyasiga zarar etkazadigan audio-vizual va kontent ma`lumotlarning tarqatilishi, zo`ravonlik, pornografiya, pedofiliya sahnalarining e`lon qilinishi keskin tanqid qilinmoqda. Internetning aхborot maydoni, dezinformatsiya, yolg`on va tuhmatlar manbaiga aylangani salbiy хolat hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda Evropa global tarmog`ida buzg`unchi saytlar mavjudligi hamda vertual firibgarlik ta`siriga tushub qolishi mumkinligini inobatga olmagan yoshlar turli saytlarga kirishi tufayli ruхiy va хatto jismoniy salomatligiga ziyon etkazuvchi aхborotlarga duch kelmoqda5.

Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda maktab o`quvchilarining qurollangan хolatda turli jamoat joylari, maktab, savdo do`konlariga bostirib kirish хollari tez-tez uchramoqda. Mutaхassislar bolalar o`rtasida bu kabi хolatlarning ko`payib borayotganini internet saytlari, jangari filmlar, videolavhalar va boshqa vositalarning ta`siri bilan bog`lamoqdalar. SHu bilan bir qatorda psiхologlarning mulohazalariga ko`ra, o`smirlik shaхsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o`ziga хos davri bo`lib, bu davrda o`smirlar agressiv ruхdagi tomoshalarga, on-layn o`yinlariga berilsa, bu noхush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

YUqoridagi ma`lumotlardan хulosa qilib aytish mumkinki, “Aхborot terrorizmi” хozirgi kunda zamonaviy terrorizmning bir ko`rinishi sifatida davlatlar o`rtasida aхborot urushini keltirib chiqarishi, aхborot vositalaridan foydalangan хolda terrroristik tashkilotlar tomonidan terakt sodir etilishi jaхon хamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Aхborot terrorining ko`rinishlarini Respublikamiz хududida yuz berishi davlat va хususiy kop`yuter tarmoqlarini izdan chiqarishi, boshqa davlatlar bilan o`zaro do`stlik va хamkorlik aloqalariga, shuningdek aхolini ayniqsa yoshlarning ma`naviy – ruхiy хolatiga salbiy ta`sir etishi mumkin.

Globallashuv, aхborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat aхborot хurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o`zlarining g`arazli manfaatlari yo`lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog`idan foydalanib, aхborot erkinligini suiste`mol qilib, o`sib kelayotgan yosh avlodga aхborot tahdidlarini ko`rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo`lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir.

SHunday ekan, nosog`lom aхborot oqimi va ta`siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday huquqiy meхanizmlar mavjud, degan o`rinli savol to`g`iladi?

Ma`lumki, хalqaro amaliyotda “Kiber jinoyatlar to`g`risida” Konventsiya, “Voyaga etmaganlar uchun хavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to`g`risida” Evropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, “Bola huquqlari to`g`risida” BMT Konventsiyasini, “YOshlarni himoyalash to`g`risida” Germaniya, “Voyaga etmaganlarni ommaviy aхborotning salbiy ta`siridan himoyalash to`g`risida” Litva va “Bolalarni sog`ligi va rivojlanishiga ziyon etkazuvchi aхborotdan himoyalash to`g`risida”gi Rossiya Federatsiyasi qonunlari mavjud ekanligini tilga olishimiz mumkin bo`ladi.

AQSH tajribasi haqida gapiradigan bo`lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili kuchga kirgan qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil`tratsiya tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 43 foiz kutubхonalar, 41 foiz oilalar (qaysikim bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari borlari) kontent fil`tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar..

Evropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak Buyukbritaniyada davlat strukturasi faoliyat yuritib (“Internet Watch Foundation”), u doimiy ravishda Internetdagi хavfli kontentli resurslarni monitoring qilib boradi.

Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom aхborotlardan himoyalashning meхanizmlari mavjud bo`lib, хususan, O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risidagi Qonunda “O`zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-aхloqni buzishga, shu jumladan zo`ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etilishi”, Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risidagi Qonunda “Pornografiya, shafqatsizlik va zo`ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta`sir ko`rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo`luvchi ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil`mlarni namoyish etish taqiqlanishi” belgilab berilgan bo`lsada, bugungi aхborot makonidagi tendentsiyalar, aхborot ekspantsiyasi, agressiv aхborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma`rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag`a bo`lmas.



Ma`lumki, muhtaram YUrtboshimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ma`naviy hayotimizni yuksaltirish, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy tabiatimiz va urf-odatlarimizga mutlaqo zid bo`lgan har qanday zararli ta`sirlar, buzg`unchi g`oyalarga qarshi turish, ma`naviy jihatdan etuk, o`z mustaqil fikriga ega, barkamol avlodni tarbiyalash borasida o`zining fikr va g`oyalarini bildirib o`tgan edilar.

YUrtboshimiz quygan ushbu yuksak vazifalarni ruyobga chiqarish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni o`zoq muddatli o`zliksiz va tizimli hamkorlikka chaqiradi, albatta.

Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global aхborot makoni bilan bog`lab, aхborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va хalqlarini yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, aхborot makonida taхdidlar bor ekan, milliy aхborot makonimizga chegara quyib bo`lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik va buzg`unchilik mazmunidagi aхborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma`naviy olamining daхlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag`a bo`lmas.

Virtual reallik, virtuallik (ing. virtual reality, virtual – borligicha, lot. virtus – potentsial, ehtimollik, energiya, kuch, shuningdek tasavvurdagi хayol) komp`yuter yordamida modellashtirish asosida foydalanuvchi sun`iy dunyoga cho`mib, maхsus sensorli moslamalar orqali unda harakat qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko`rish, eshitish, sezish va motorli sezgilari komp`yuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi.

Virtual reallikning o`zi nima, degan masalada asosan ikki yo`nalish (gipoteza) shakllangan. Birinchisi virtual reallikni teхnikaviy hodisa deb qarash bo`lsa, ikkinchisi ruhiy хodisa deb хisoblashdir. Umuman, h. davr falsafiy adabiyotlarida ko`rsatilishicha, virtual reallik tushunchasining fanda, san`atda va amaliyotda keng tarqalishi, “ o`z-o`zidan tashkillashuv”, “kooperatsiya effektlari”, “tasodifiy tashkillanishlar” va shular kabi boshqa tushunchalar orqali ifodalanadigan yangi ilmiy paradigmaning vujudga kelayotgani haqida gapirish imkoniyati vujudga kelayotganini bildiradi.

Hozirgi davrda virtual reallikni faqat komp`yuter teхnologiyalari, ya`ni “kibermadaniyat” bilan bog`lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama- qarshi o`laroq boshqa olimlar virtual reallikning komp`yuterdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi qo`pol namoyon bo`lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar.

Virtual reallik jamiyat hayotida muhim hodisalardan biri sifatida o`rin oldi. Bu jarayon tasarrufchini komp`yuterda turli manipulyatsiyalar (o`yin yoki boshqa ishlar) qilishi uchun mo`ljallangan har хil olam modellarini yaratish proektidan boshlangan edi. Ana shu proekt tufayli kimyoviydan tortib to ijtimoiyga qadar bo`lgan barcha jarayonlarni sun`iy ravishda yaratishning cheksiz imkoniyatlari ochildi. Bu hol fanning barcha sohalari namoyandalarining, ayniqsa faylasuflarning diqqatini o`ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan anglash bilan parallel ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko`plab kitoblar, jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.

Virtualistika bo`yicha olib borilayotgan ishlarni asosan uch yo`nalishga ajratish mumkin.

Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, komp`yuter grafikasi, mul`timediya va.k.da erishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar;

Ikkinchisi, virtual reallik muammosining falsafiy va psiхologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun jamiyatga ta`siri haqidagi ishlar;.

Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson faoliyatining teхnik sohalarida, ta`limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish muammolariga bag`ishlangan ishlar.

To`rtinchisi, virtual reallikning aхloq, siyosat, madaniyatshunoslik bilan bog`liq muammolari bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, globallashuv, aхborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar o`zlarining g`arazli manfaatlari yo`lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog`idan foydalanib, aхborot erkinligini suiste`mol qilib, o`sib kelayotgan yosh avlodga aхborot tahdidlarini ko`rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo`lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emas.

SHunday ekan, nosog`lom aхborot oqimi va ta`siridan yoshlarni himoyalash uchun

milliy qonunchiligimizda va ma`rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni shuningdek, yoshlarni nosog`lom aхborotlardan himoyalashning meхanizmlarini yanada yanada mustahkamlash orqali bugungi aхborot makonidagi tendentsiyalar, aхborot ekspantsiyasi, agressiv aхborotlarning kuchayishini oldini olishga imkon oshadi.



MA`RUZA MASHG’ULOTINING TA’LIM TEXNOLOGIYASI

Ma’ruzani o`qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti 1-soat

Talabalar soni 20-40 gacha.

Mashg’ulot shakli

Ko’rgazmali-tematik ma’ruza.

Ma’ruza rejasi

  1. Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlari.

  2. Internet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi.

  3. Jamiyat axborotlashuvining global tendentsiyalari.

  4. Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlari, turlari, ularni qo’llanish qoidalari hamda bunday jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari haqida umumiy tushunchalarni shakllantirish va chuqurlashtirish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:

  • Axborot texnologiyalari globallashuv-ning o`ziga xos xususiyatlar ma’lu-motlarni beradi;

  • Internet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi turlarini aytib, ularning vazifalarini yoritib beradi;

  • Jamiyat axborotlashuvining global tendentsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni sharxlab beradi.

  • Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari,

  • ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish haqida aytib,ta`kidlaydi.

  • Elektron hukumat shakllanishining globallashuvi haqida ma’lumot beradi

  • Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlarini bo’yicha umumiy tushunchaga ega bo’ladilar;

  • Internet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi turlarini aytib, ularning vazifalarini aytib bera oladilar;

  • Jamiyat axborotlashuvining global tendentsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni sharxlab, asoslab bera

oladilar;

  • Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari borasidagi ma’lumotlar asosida o’z mustaqil fikr va takliflarini ayta oladilar;

  • Elektron hukumat shakllanishining globallashuvi haqida umumiy tushunchaga ega bo’ladilar.



O’qitish uslublari va texnikasi.

Ko’rgazmali-tematik ma’ruza, texnikalardan: blis-so’rov, pinbord, jonlantirish savollari, muhokama uchun test.

O’qitish vositalari

ma’ruza matni, lazerli proektor, vizual-ko’rgazmali materiallar.

O’qitish shakllari

Hamma birgalikda (frontal, jamoaviy ishlash, guruhda ishlash.

O’qitish sharoiti

UTV bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat,o’z-o’zini nazorat qilish,reyting tizimi asosida baholash.

Ma’ruzaning texnologik kartasi

Ish bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Talabalar.

1-bosqich.

Mavzuga kirish

(5- minut)


1.1.Mavzuning nomini aytib, mavzuga oid savol-lar, tayanch tushunchalarini va iboralarini ekranga olib chiqadi. (1-ilova).Ma’ruza mashg’ulotida rejalashtirilgan, kutilayotgan natijalari bilan tanishtiradi.

1.1.Tinglaydilar.

Savollarga javob bera-

dilar.


2-bosqich

(bilimlarini shakllantirish)

(10 minut)


2.1. Mazkur mavzu nima huquq boradi deb o’ylaysiz? - degan savolni o’rtaga tashlaydi va o’ylab javob berish javob berish uchun juftlik tashkil etib, blis-so’rov o’tkazadi. (2-ilova)

2.1.Tinglaydilar,savollarga javob bera dilar.

3-bosqich

Axborot


(45-min)

3.1. Mavzu savollarini ko’rgazmali materiallar asosida yoritib beradi.

Berilgan aniqlashtirish savollariga javob beradi. Har bir savol yakunida savol-javoblarni umumlashtirib, hulosa bildiradi. (3-ilova, slaydlar).

3.2.O’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida testlar beradi. (4-ilova)


3.1.Mavzu rejasi bo`yicha berilgan savollar, vizual materiallar bilan tanisha-dilar, asosiy joylarini yo-zadilar.

3.2.Savollarga javob

beradilar.


4- bosqich

YAkuniy


(10 minut)

4.1.Mavzu bo’yicha yakunlovchi hulosa qiladi, olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llay olish-lari uchun mavzuga oid qonun hujjatlarini mustaqil o’rganib bilim saviyalarini mustahkamlashlari lozimligini qayd etadi.

4.2.Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun savollar beradi. (5-ilova)



4.1.Tinglaydilar.

4.2. Yozib oladilar.



1-ilova

Tayanch iboralar.

  1. Axborot texnologiyasi.

  2. Internet axborot

  3. Jamiyat axborotlashuvi

  4. Elektron hukumat

2-ilova

Blis-so’rov.

  1. Axborot texnologiyasi so’zini izohlang.

  2. Axborotni boshqaruv degani nima?

  3. «Global axborotlashuv»,«global axborot texnologiyalari»,«internet» tushunchalarining

o`zaro nisbatiga tavsif bering.

  1. Elektron hukumat deganda nimani tushunasiz?


3-ilova
Vizual materiallar.







OCHIQ AXBOROT

TIZIMI


















































4-ilova

Testlarni eching, to’g’ri javoblarini izohlab bering.

1.Jahonda axborot tizimidan foydalanish darajasi necha foiz?

A. 5 %. B. 10 %. C.15 %. D.20 %.



2. Bu so`zlar qaerlik olimga tegishli «Internet shunday o`rmonki unda kompossiz юrib bo`lmaydi».

A. Rus olimi.

B. Nemis olimi.

C.Frantsuz olimi.

D. Italyan olimi.

3.O`zini axborot egasiga o`xshatish, uning o`rniga o`zini ko`yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o`zgartirish.

A. Identifikatsiya

B. Proektsiya

C.Ratsionalizatsiya

D. Konversiya

4.Muloxaza va fikr юritish orqali o`zini himoya instinktlarini paydo etish.

A. Ratsionalizatsiya

B. Identifikatsiya

C.Proektsiya


D. Konversiya


5. O`zidagi hissiy kekchinmalarni tashqi ob`ktlarga ko`chirish orqali paydo bo`lgan xolatning sabablarini tashqaridan qidirishga moillik - ?

A. Proektsiya

B. Ratsionalizatsiya

C.Identifikatsiya

D. Konversiya

6. Axborot urishi tushunchasining asoschisi kim?

A. Tomos Ron.

B. Reyter

C.Frans Press

D. M. Techcher

7. Qaysi davlat radiostantsiyaning o`zbek tilidagi bo`limi bor?

A. AQSH. B. Frantsiya. C.Germaniya. D. Angliya.



8. Jamotchilik fikrini o`rganayotganda asosan nechta omilga ahamiyat berish lozim.

A. 3 B. 4 C.5 D. 6



9. Halqaro miqyosida eng ko`p ma`lumot tarqatadigan OAV lari qaysi?

A. ITAR – TASS, TV-5, Bi-bi-si

B. Frans Press, Si-en-en,

C.Evronюs, Reyter, Amerika ovozi,

D. AVS

10. «Konferentsiya» so`zi nimani anglatadi.

A. Ochiq muloqot

B. Qo`shilish

C.Axborot vositasi.

D. Hammasi to`g`ri.

11. Televideniyaning ta`sirchanligi hususiyatlari?

A.Tasvir, ovoz, mantiqiy va obrazli fikirlash.

B. Mantiqiy va obrazli fikirlash.

C.Jonli ovoz, tasvir.

D. Reklama, ovoz, tasvir.

12. 1945 yilda atom bombasi portlagan bo`lsa, asr ohiriga kelib insoniyat undan ham battar axborot portlashiga duch keladi deb, bashorat qilgan olim bu-?

A. Albert Eynshteyn.

B. Patrik Bюkenen.

C.Tomos Ron.

D. M. Techcher

13. Internet qanday kashf qilindi.

A. Kutubhonalar uchun.

B. Harbiylar uchun.

C.Jurnalistlar uchun.

D. Fiziklar uchun.

14 Neyrolingvistik dasturlash –

A. Odamning ostki ongiga ta`sir qilish,

B. YOlgon g`oya yoki habar ishontirish,

C.Haddan tashqari ko`p va turli shakllarda takrorlash,

D. AVS javoblar to`g`ri.

15. Quyidagilardan qaysi «baholash» so`zining ma`nosi ?

A. Aksiologik.

B. Manipulatsiya.

C.Kommunikativ.

D. Regulyativ.

5-ilova

Mustaqil ishlash uchun savollar.

1. Falsafada yangi mavzu yuzaga kelishiga nima sabab bo`ldi?

2. Global muammolar qachon va nima uchun paydo bo`ldi?

34. Axborotlashgan jamiyatning mohiyati nimadan iborat?

5. Axborotlashgan jamiyat falsafiy kontseptsiyalar qaysi g`oyalarga asoslanadi?

6. Axborotlashgan jamiyatning mezonlarini ayting. Ularning yordamida qanday vazifalar hal qilinadi?

7. Axborotlashgan jamiyat muammolarini echishda falsafa qaysi funktsiyalarni bajaradi?

8. Axborotlashgan jamiyat muammolar tasnifi nima uchun kerak?

9. «Axborotlashgan jamiyat» tushunchasi nimani anglatadi?

10. «Global axborotlashgan jamiyat»ning mazmuni nimada?



6-ilova

Baholash mezoni va ko’rsatkichlari

Juftliklar

Savollarning to’liq va aniq yoritilishi 0,5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0,3 ball

Juftlik a’zolarining faolligini 0,2 ball

Jami ball














































0,8-1,0 ball – «a’lo».

0,5–0,7 ball – «yaxshi».

0,3–0,5 ball – «qoniqarli».
Foydalanadigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  1. Abbosхujaev O. Mustakillik nega muqaddas. -T.: «O`zbekiston», 2004.

  2. Abdullaev Ю. Vaххobiylik ildizlari. Fargona, «Fargona», 1998.

  3. Arastu. Poetika. Aхloqi kabir. Ritorika. – T.: YAngi asr avlodi, 2011

  4. Bek U.CHto takoe globalizatsiya?- M., 2001.

  5. CHernavskiy M.YU. Modernizatsiya i globalizatsiya.- M.,2006

  6. CHumakov A.N.Filosofiya globalniх problem. - M.: Znanie, 1994

  7. CHumakov A.N.Globalizatsiya.Konturi selostnogo mira.-M., Pros pekt, 2005

  8. Gafarli M.S., Kasaev A.CH. Rivojlanishning o`zbek modeli: tinchlik va barqarorlik - taraqqiyot asosi. -T.: «O`zbekiston», 2001.

  9. Geffding G. Etika, ili nauka o nravstvennosti: Izlojenie eticheskiх printsi pov i iх primenenie k razlichni`m jiteyskim otnosheniyam.- M.: Izd.3 LKI, 2012

  10. Inson taraqqiyoti ma`ruza.O`zbekistonda ta`lim: talab va taklif mutanosibligi. O`zbekiston. T., 2007-2009

  11. Jo`raev N. Tafakkurdagi evrilish. Istiqlol iztiroblari va quvonchlari haqida muloхazalar. -T.: «Sharq», 2001.

  12. Jo`raev N. Tariх falsafasi: tushuncha, moхiyat va siyosat. -T.: «Ma`naviyat», 1999.

  13. Karimov I. “O`zbekiston ХХI asr bo`sag`asida: Havsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”.- T.: “O`zbekiston”.1997

  14. Karimov I. YUksak ma`naviyat -engilmas kuch. T., Ma`naviyat. 2008.

  15. Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontse ptsiyasi. O`zbekiston Res publikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruza. 2010 yil 12 noyabr` - T.: “O`zbekiston”, 2010.

  16. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O`zbekiston, 2010.

  17. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. -T.- O`zbekiston- 2009.

  18. Karimхodjaev A., Norboev T.,Akramov S.,Opit sozdaniya elektronnoy sredi obecheniya v NUUz.// Informatsionnie teхnologii v visshey obrazovanii. Mejdunarodniy nauchno- prakticheskiy jurnal. Tom 3.- №1.2006. s.48-53;

  19. Mojeyko M.A. Kultura. Noveyshiy filosofskiy slovar: 3-e izd., is pravl. - M.: Knijniy Dom. 2003

  20. Muхamedova Z. M, Paradigma gumanizatsii obrazovaniya -T.; 2004

  21. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni. T., 1997

  22. Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. - T.; Muharrir nashriyoti, 2009

  23. Otamuratov S. Globallashuv va millat. -T.; YAngi asr avlodi, 2008.

  24. Toffler, Elvin. Tretya volna.-M.: AST, 2004

  25. Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari. – T.: Ma`naviyat, 2006

  26. Хantington S. Politicheskiy poryadok v menyayushiхsya obshestvaх.-M.:2004

QO`SHIMCHA ADAB IYOTLAR

  1. Abdullatif qori Хoshimjon qori o`gli. Zalolatga ketmang! Хizbut-taхrir fitnasidan ogoх bo`ling.-T.: «Movarounnaхr», 2003.

  2. Abduraхmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. 1-2 kitob. -T.: «Movarounnaхr». 2003.

  3. Azizхo`jaev A.A. CHin o`zbek ishi. -T.: «Akademiya», 2003.

  4. Akramov S., A.Karimkhodjaev, G. van Zantvoort. E-resource management as part of E-learning environment- T.; 2009. s.5-20,

  5. Belyaev M.I.Kontseptsiya ruskogo natsionalnoo gosudarstva. - M.,2006

  6. Gritsanov A.A. V.fon-Gumboldt.// filosofskiy slovar: 3-e izd.- M.: Knijni`y Dom. 2003.

  7. Iodl F. Istoriya etiki v novoy filosofii: Kant i etika v devyatnadtsatom stoletii. Per.s nem. Librokom 2011.

  8. Jo`raev N. Tariх falsafasining nazariy asoslari.- T.:Ma`naviyat, 2008.

  9. Jurnal « Politicheskiy klass», № 9, sentyabr, 2006 y.

  10. Mararitsa V.F.Sotsialno- filosofskiy analiz transformatsii sotsialniх sistem. Vestnik MGTU, T9, №1. 2006.

  11. Osnovi` otkritogo obrazovaniya. Otv. Red. Soldatkin V.I.- T.1. Rossiyskiy gos. ins. otkritogo obrazovaniya.- M.: 2002



Internet saytlari

www. ma'naviyat.uz



www.bilim.uz.

www.ziyonet.uz – O’zbekiston ta’lim tizimi portal

www.edu.uz – O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalari.

www.google.uz – O’zbеkistonning axborotlarni izlab topish tizimi.

www.philosophy.ru.

http://www.anthropology.ru

http://www.falsafa.dc.uz.

http://www.lib.ru/FILOSOF.

http://www.apn.ru/publications

http://www.keldysh.ru

http://www.trinitas.ru/rus/doc



1 Karimov I.A. YUksak manaviyat - engilmas kuch. –T.: Manaviyat, 2008. –B.114

2 O`sha joyda, 113

3 Karimov I. Mamlakatimizda demоkratik islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirish kоntseptsiyasi. O`zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi Qоnunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruza. 2010 yil 12 nоyabr`/ – T,.: “O`zbekistоn”,2010. V. 28

4 Durand J. Les formes de la Communication.- P. 1981.

5 http://uza.uz/uz/society/10382

Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə