Glossariy kadrlar tayyorlash Milliy dasturi



Yüklə 78,96 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü78,96 Kb.
#11631

GLOSSARIY

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishdir, ya`ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustivorligini qaror toptirish, milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg’otish, respublikaning jahondigi mavqei va obro’-e`tiborini mustahkamlanib borishigi erishish.

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli – uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ektita`lim sohasidagi xizmatlaning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi.

Davlat va jamiyat – ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafolatlari.

Uzluksiz ta`lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta`limning barcha turlarini, davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.

Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi

Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati va nisbatan qo’yiladigantalablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi.

Ta`lim texnologiyalari - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.

Texnologiya – yunoncha “tehne”, ya`ni “mahorat”, “san`at” va “logos” – “fan”, degan so’zlardan olingan. Uning yordamida manbalarda sifat o’zgarishlar ro’y beradi. Texnologiya - biror ishda, mahoratda, jarayonda, san`atda qo’llaniladigan yo’llar, uslublar to’plamidir (talqinli lug’at).

Texnologiyani o’rganish – axborotlarni o’zlashtirishda ob`ekt haqidagi umumiy ma`lumotlarni bir tizimga keltirib axborotga aylantirib olgandan keyin axborotlar orasidagi o’zaro aloqadorlik qonuniyatlarini ochish jarayoni. Ana shu qonuniyatlar axborotlar yig’ish, tizimlash, qayta ishlash va uzatish kabi bosqichlarni bosib o’tishga to’g’ri keladi va ular orqali rejalashtirilgan natijalarga erishiladi. Bu jarayon axborotlarni o’zlashtirishning texnologik bosqichi deyiladi.

Asosiy tushunchalar: Innovatsiya, xususiy yangilik, diagnostika, qoliplashtirish, o’qituvchning innovatsion faoliyati, aksiologiya, akmiologiya, kreativli, refleksiya.

Innovatsiya– yangilanishni, o’zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati. (inglizcha innovation – kiritilgan yangilik, ixtiro).

Ilmiy texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalari va doiralarida qo’llanishini aks ettiradi.



Kontseptsiya – maqsadga etishishning xomaki rejasi mazkur sohada mavjud qonuniyatlar bilan asoslab berilgan bosqich kontseptsiya yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.

Ixtiro qilish - ya`ni yangilik yaratish

Ixtiro – yangicha g’oya, texnik echim bo’lib, amaliyotda texnikaning istalgan sohasidagi muayyan muammoni hal qilish imkonini beruvchi ijodiy faoliyat mahsuli.

Ixtiro –halq xo’jaligining turli sohalarida, ijtimoiy-madaniy, qurilish va mudofaa soxalarida ijobiy samara beradigan, o’ziga xos texnikaviy yoki texnologik echimga ega bo’lgan yangilik. Tor ma`noda – davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy echim.

Ixtiro bo’yicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish ishlari O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idoralari tomonidan amalga oshiriladi.



Metodika komponentlari yig’indisi - motiv → maqsad → vazifa → mazmun → shakl → metodlar

Boshqaruv – bu insonlarning barcha faoliyatlariga tegishli bo’lgan jarayon bo’lib, u hayotiy ehtiyojlarni qondirishda, ko’zlangan maqsadlarga erishishda ma`lum bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, mazkur jarayon ishtirokchilariga ta`sir ko’rsatish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni ifodalaydi.

Boshqaruv tuzilmasi - rejalashtirish → tashkil etish → rahbarlik qilish → nazorat qilish

Tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko’ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi

Aksiologiya - qadriyatlarga asoslangan yondashuvni joriy etishga qaratilgan ijtimoiy-gumanitar fan bo’lib, u inson va borliqning o’zaro uyg’unlikda yashashi, muvvafaqiyatli faoliyat yuritish qonuniyatlarini o’rganadi. Aksiologiya fani umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan yondashuvdan kelib chiqqan holda barcha ilmiy bilimlar umumiy asoslarini yaratishni nazarda tutadi.

Aksiologiya fani tamoyillari - uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yuksak ma`naviyatli shaxs sifatlarini shakllantirish, yoshlarni madaniy va ma`naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qiladi. Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.

Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o’zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi.

Akmeologiya - «akme» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «cho’qqi», oliy nuqta, o’tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi davr degan ma`nolarni bildiradi.

Akmeologiyaning bosh g’oyasi ta`lim oluvchilar ongini muayayn miqdorda bilimlar bilan «to’ldirish» emas, balki, o’quvchi shaxsida borliq va inson amaliy faoliyati xususiyatlarini bilib olishda muhim ahamiyat kasb etuvchi o’z-o’zini tanqidiy tahlil qilish, rivojlantirish, boshqarish, nazorat qilish kabi sifatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.

Ta`lim oluvchi tomonidan o’z faoliyati cho’qqisiga erishish uchun ta`lim jarayonida kreativ fikrlash, nostandart va muammoli vaziyatlardan chiqib keta olish, mustaqillik va o’z faoliyatini tashkillashtira olish talab etiladi.

Kreativlik - termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo’ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.

Kretiv ta`lim – bu ta`lim oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, takomillashtirishga yo’naltirilgan ta`lim bo’lib, u ta`lim oluvchidagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini o’stirishga xizmat qiladi.

Creato – lotincha so’z bo’lib, u yaratuvchanlik, ijodkorlik ma`nolarini anglatadi.

Refleksiya – o’z ruhiy holati haqida o’ylash, hayol surish, fikr yuritish, uni tahlil qilishga moyillik. Refleksiya (lotincha reflxio - ortga qaytish ) sub`ektning o’z (ichki) psixik tuyg’u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.

Refleksiya - faqat sub`ektning o’z-o’zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg’usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.

SHaxsning ijodiy-motivatsion yo’nalganligi - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o’z kamolotiga intilish va boshqalar;

Kasbiy faoliyatni baholash - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

O’qituvchining individual qobiliyati - ijodiy faoliyat sur`ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat`iyatlik, o’ziga ishonch; mas`uliyatlilik, halollik, haqiqatgo’ylik, o’zini tuta bilish va boshqalar.

Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishidagi o’ziga xos imkoniyatlarni ifodalovchi individual ruhiy xususiyatlar.


Asosiy tushunchalar: ta`lim texnologiyalari, uning aspektlari, tuzilishi, talablari, texnologikligi mezonlari, ilmiy asoslari.


Ta`lim texnologiyalari – ma`lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayoni.

Ta`lim texnologiyalari – ta`lim berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir (YUNESKO ta`rifi).

PTning bosh muammosi – talaba (o’quvchi) shaxsini rivojlantirish yo’li bilan o’qitishga qo’yilgan maqsadga erishishdan iborat.

Ta`lim texnologiyalari tamoyillari – ta`lim texnologiyalari asosida dars loyihasini tuzishda, uning besh tamoyiliga rioya qilinadi.

Birinchi tamoyil – muayyan o’quv predmeti, katta modul yoki dars ma`ruzasiga kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish.

Ikkinchi tamoyil – darsning umumiy maqsadidan va ma`ruzaning ichki mazmunidan kelib chiqib, darsni kichik modullarga ajratib, har bir modulning maqsadini hamda modullar ichida hal qilinadigan asosiy masalalar tizimini aniqlab olishdir.

Uchinchi tamoyil – modullar ichida ko’riladigan masalalarning ichidan asosiylarini tanlab olib, ulardan test savollari va ular asosida so’rov varaqasini tuzib chiqish.

Mavzular asosan besh moduldan iborat bo’lib, birinchi va to’rtinchi modul darsini tashkil qilish va xulosalash qismlarini tashkil qilsa, beshinchi modul dars samaradorligini aniqlashdir. SHunda yangi bilimlarni berish ikkinchi va uchinchi modullar zimmasiga tushmoqda. Ushbu modullardan bilimlar ichidan muhimroqlarini ajratib olib, test savollari tuziladi.



To’rtinchi tamoyil – maqsadga erishish metod va usullarini tanlab, joyni belgilab olish.

Beshinchi tamoyil – dars ichidagi tamoyillar modullar orasidagi uzviy bog’liqlarga hamda dars mazmunining fanlararo aloqalar asosida tuzilishiga e`tibor qaratilishi shart.

Ta`lim texnologiyalari” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi mumkin:



1) Ilmiy ta`lim texnologiyalari - o’qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini o’rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogik fanning bir qismidir.

2) Protsessual - ta`rifiy: jarayonni tasvirlash o’qitishning ko’zda tutilgan natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to’plami.

3) Protsessual - amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shaxsiy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga solinishi.

Ta`lim texnologiyalari darajalari - umumpedagogik (umumdidaktik) daraja, xususiy metodik (fan) darajasi, lokal (modulli) darajasi.

Ta`lim texnologiyalarining asosiy sifatlarikontseptuallik, sistemalilik, boshqariluvchanlik, samaralilik, qayta yangilanish

Insonparvarlik – (inson – arabcha, parvar – forscha, lik - o’zbekcha) – kishiga g’amxo’rlik, gumanizm, odamzotning qadri, uning erkinligi qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish odamzotning baxt-saodati, teng huquqligi, adolatli hayotni ta`min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma`nosini anglatadi. Insonparvarlik g’oyalari, baxt-saodat va adolatga erishish orzu havaslari xalq og’zaki ijodiyotida, adabiyotda, diniy, falsafiy, pedagogik ta`limotlarda uzoq o’tmishdan beri o’z aksini topib kelmoqda.

Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi.

Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistentsilizm kabi yo’nalishlar qo’shiladi.



Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog’liqligi yo’q, u moddiy emas, ma`naviy qadriyatlarni o’rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat`iy mo’ljallangan maqsadni ko’zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi savollarga javob beradi.

Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin. Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo’nalishi bo’lib, u bolaning qiziqishlari va talablarini birinchi o’ringa qo’yishdan kelib chiqadi.

Teosofiya diniy yo’nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to’g’ri shakllantiradi.

Asosiy tushunchalar: shaxs, inson, individ, shaxs sifatlari, temperament, psixik jarayonlari xususiyatlari, tajriba va shaxsning yo’nalganlik sathi.

SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi. SHaxs deganda muayyan jamiyatning a`zosi tushuniladi.

Inson – bu shaxs, odam, kishi tushunchalarining umumlashmasi, insoniylik fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan ma`naviy etuk, fozil va ulug’ mavjudot ma`nosini anglatadi.

Individ – har bir mustaqil tirik organizm, ya`ni har bir shaxs, kishi, kimsa.

SHaxs sifatlari – insoniylik, ezgulik, chidamlilik, vijdonlilik, halollik, javobgarlik, haqqoniylik, beg’arazlik, saxiylik, insonlarga nisbatan hurmat, yuksak axloqlilik, muloqatga ehtiyoj, hayrixoxlik va h.k.



SHaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolatga etishuvchi bo’lib, unda ta`lim oluvchining aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari muhim ahamiyat kasb etadi va bilag’onlik, ob`ektivlik, ijodiy fikrlash kengligi, mehribonlik kabi sifatlar asosida shakllanadi.

SHaxsning kasbiy sifatlari – shaxsni muayyan faoliyati uchun juda muhim qobiliyatlarning to’plami hamda kasbiy faoliyatning samaradorligini oshiruvchi xossalarga shaxsning kasbiy sifatlari deyiladi. Bu sifatlarning o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi: kasbiy fikrlash (texnikaviy, iqtisodiy, gumanitar) qobiliyatlari; psixomotor vazifalari; mehnat operatsiyalarini bajarish faoliyati.

Instinkt – tug’ma his-tuyg’u, sezgi.

Sezgi – atrof-olamdagi (tevarak-atrofdagi) moddiy dunyoni, narsa va xodisalarning inson ongida aks etishidir.

Idrok – insonning bilish, tushunish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati. Idrok tirik organizmning ma`lumotlar qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga ob`ektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangivaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi. Idrok ongning, miyaning ijodiy jarayonidir. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrak tafakkurining faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi.

Diqqat – bu aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etuvchi va insonning hatti-harakatlarida ham ishtirok etuvchi jarayondir. SHaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas`uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi.

Tafakkur – insoniyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida ijodkorlik jarayoni bilan bog’liq holda hosil qilinib borilgan va erishilgan oliy va aqliy ne`matdir.

Iroda – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga etkazish qobiliyati, bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidan iborat.

Assotsiatsiya – tasavvur, his-tuyg’u, fikr va shu kabilarning bir-birini eslatadigan o’zaro bog’lanishi.

Qiyoslash – kerakli ma`lumotlarni bir-biriga taqqoslamoq, solishtirmoq

Abstraktsiyalash – narsa, voqea, hodisalarning muhim tomonlarini aniqlash uchun ularning juz`iy tomonlarini xayolan bir chekkaga qo’yib turib qarash, shu tarzda fikr yuritish.

Induktsiya – juz`iy xodisalardan umumiy natija chiqarish, ayrim faktlardan umumiy xulosaga kelish.

Deduktsiya – umumiy holatdan xususiy xulosalarga kelish, xususiy xulosalar chiqarish.

Bilim – amalda tekshirilgan atrof-dunyoni o’rganish natijalari, insonning miyasida uning aniq aks ettirilishidir.

Malaka - mavjud bilimlari asosida o’zgargan yoki yangi sharoitlarda shaxsning faoliyatni samarali bajarishga qobiliyati hisoblanadi. Malaka – bu bilimlar yordamida mavjud axborotlarni tushunib olish, maqsadga erishish rejasini tuzish, faoliyat jarayonini boshqarish va nazorat qilish qobiliyatidir. Oddiy malakalar etarlicha mashq qilinganda avtomatlashtirilishi mumkin va ko’nikmalarga aylanadi.

Ko’nikmalar - bu biror-bir harakatlarni avtomatik ravishda, qismlarini nazorat qilmay turib bajarish qobiliyatidir. SHuning uchun ba`zan ko’nikma – bu avtomatlashtirilgan malaka deb aytadilar. Ko’nikma va malakalar turli xil mantiqiy asoslar bo’yicha turlarga ajratiladi.

Fikrlash – insonning atrof-dunyodagi ob`ektlar va hodisalarni hamda ularning bog’liqliklarini o’rganish, hayotiy muhim vazifalarni hal etish, noma`lumni izlash, kelajakni ko’ra bilish jarayonidan iboratdir. Fikrlash – bu ongning ishlash jarayoni, miyaning undagi bo’la va olinayotgan axborotlarni qayta ishlab chiqishi va natija olishidir.

Ehtiyojlar – bu individning biror narsaga talabini ifoda etuvchi va odamning psixik kuchi va faolligi manbai hisoblangan uning fundamental xususiyatidir.

Individual bilim (ong) - individning borliq bilan o’zaro munosabatlarida, yuzaga keladigan sezgi va aqliy obrazlari va ularning aloqalari to’plami, uning munosabatlar, mehnat, dunyoni o’rganish shaxsiy tajribasi;



Ijtimoiy bilimlar – til, fan, texnikada, odamlar avlodlari, taraqqiyot bilan yaratilgan moddiy va ma`naviy qadriyatlarda ifoda etilgan individual o’rganish jarayonlari natijalarini umumlashtirish, ob`ektlashtirish, birlashtirish mahsulotidir.

Kasbiy bilim - aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo’lgan nazorat, bilim, amaliy malaka va ko’nikmalar birlashmasidir.

Kasbiy bilimdonlik - pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo’nalishlarini tushunish, anglash.

Kasbiy yo’nalganlik - shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat`iy ishonchi (A.B. Seyteshev); 2) kasb tanlash, qiziqish, qat`iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o’rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda etakchilik qilishi (N.K.Stepankova).

Kasbiy tayyorgarlik - maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma`naviy-axloqiy , kasbiy sifatlarni o’zlashtirish asosida shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.

O’qitish texnologiyasi – ta`limni ilmiy asosda takomillashtirish sinonimi yoxud ilmiylik birinchi galda u yoki bu echimning qimmati to’g’risidagi xususiy fikrga emas, balki qabul qilinayotgan echimlarning ilmiy dalillarga asoslanishini belgilaydi.

Programmalashtirilgan o’qitish (dasturlashtirilgan ta`lim) – o’quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etish. Bunday o’qitish kibernetika, informatika, matematik logika va hisoblash texnikasining samarali tamoyillari va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining pedagogikada joriy etilishi natijasi bo’lib, 20-asrning 50 yillarida paydo bo’ldi. DT o’quv materiallarini kichik-kichik qismlarga bo’lish, uni muayyan tartibda bayon etish, ushbu qismlarning biridan ikkinchisiga o’tish tartibi (qoidalari)ni belgilash, xususan, har bir qismni o’zlashtirish yuzasidan aniq ko’rsatmalar, topshiriqlar berish, o’z-o’zini nazorat qilishni ta`minlash kabi yo’llar bilan amalga oshiriladi.

Tabaqalashtirilgan o’qitish (tabaqalashtirilgan ta`lim texnologiyasi) – bu texnologiyada ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlarga bo’linishi hisobga olinadi. Ayniqsa, ularning guruhlarga bo’linishi ularning mazkur fanni o’rganishga bo’lgan shaxsiy qiziqishi, shaxsiy munosabatlari, o’sha sohaning boshqa amaliy va istiqbolli ahamiyatlarini baholay olishligi va shu kabilar asosiy mezon sifatida qaraladi. Bunda o’rganilayotgan manbaning (ma`ruzaning, bobning, fanning, kursning, sohaning va shu kabilar) mazmuni, hajmi, murakkabligi bilin bir-biridan farqlanadigan turli darajadagi o’quv dasturlari va rejalari, didaktik va innovatsion kommunikativ didaktik materiallar tayyorlanadi. Ularni bajarish va ulardan foydalanish metodologiyasi tayyorlanadi.

Ta`limni individuallashtirish – ta`lim oluvchiga mashg’ulolar jarayonida alohida yondoshish, uning qobiliyati, qiziqishlarini e`tiborga olib topshiriqlar berish. O’qitishni individuallashtirish:

-o’quv jarayonini tashkil etish bo’lib, unda o’qitish usullari, sur`atini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog’lanadi;



-individual yondashuvni ta`minlovchi turli o’quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma`muriy tadbirlardir.

SHaxsiy yondoshish - u pedagogikaning tamoyili bo’lib, unga ko’ra pedagog o’quv – tarbiya ishlar jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lish, individual xususiyatlariga asoslanish; o’quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish; barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik–pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi.

Tayanch signal – o’zaro uzviy bog’lovchi ramzlar (ishora, so’z, sxema, rasm va h.o) bo’lib, qandaydir ma`noli mohiyatni almashtiradi.

Tayanch konspekt - o’quv materiallari o’zaro bog’langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi o’rnida qo’llana oladigan ko’rgazmali konstruktsiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko’rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.

O’yinli texnologiyalar - o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.


O’yin funktsiyalari – maftunkorlik; kommunikativlik; o’z imkoniyatlarini amalga oshirish; davolovchilik; tashxis; millatlararo muloqot; ijtimoiylashuv

O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi.


O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta`lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi.

O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma`naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.

Faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog’ishtirish, o’xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal echimni topa olish, o’quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.

Ijtimoiylashuv o’yinlari jamiyatning me`yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko’nikish, ehtiroslarni nazorat qilish

Tadbirkorlik o’yinlari o’z xarakteriga ko’ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi. Tadbirkorlik o’yinlari materiallarni yangi bilimlarni egallash, o’tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi.

Tadbirkorlik o’yinlarining modifikatsiyalariga imitatsion o’yinlar, operatsion (voqeiy) o’yinlar, rol ijro etish o’yinlari, tadbirkorlik teatri hamda psixodrama va sotsiodrama o’yinlari kiradi.



Imitatsion o’yinlar. Bunday o’yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o’tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi mumkin.

Operatsion (voqeiy) o’yinlar. Bunday o’yinlarda aniq o’ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o’yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.

Rol ijro etish o’yinlari. Unda konkret shaxsning xulqi, xatti-harakati, o’z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.

Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o’ynaladi. Bu o’yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo’ljalni to’g’ri baholay olishni o’rgatish, o’zining xulqiga to’g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish, ular bilan muloqot o’rnata olishga o’rgatishdir.



Tadbirkorlik o’yinlari o’z xarakteriga ko’ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi. Tadbirkorlik o’yinlari materiallarni yangi bilimlarni egallash, o’tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi.

Psixodrama va sotsiodrama. Bu ham o’ziga xos “teatr”, lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko’zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o’zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.



Muammoli o’qitish - mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan o’rgatish va dars berish usullarini qo’llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo’lgan qiziqish va talablar) tizimi sifatida izohlanadi.

O’yin tuzilmasi → o’ynash uchun olingan rollar → bu rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin harakatlari → predmetlarni, ya`ni haqiqiy narsalarni shartli, o’yin narsalari o’rnida qo’llash → o’yinda ishtirok etuvchilarning real o’zaro munosabatlari → o’yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun) → ijro sohasi.

Muammo – grekcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “to’siq”, “qiyinchilik”, “vazifa” degan ma`noni bildiradi. Muammo yangi dalillar to’plangan va ularni mavjud bilimlar bilan ta`riflash mumkin bo’lmagan va dalillar mavjud bilimlar doirasiga sig’may, ularni yangicha, yuqoriroq darajada izohlash zarur bo’lib qolganda paydo bo’ladi.

Muammoli ta`lim – o’quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal etish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir.

Muammoli ma`ruza – o’qituvchining talabani o’quv jarayoniga jalb etishga muammoli vaziyatlar, muammoli masalalar orqali erishish jarayoni. Muammoli ma`ruza muammoli savollarni qo’yish yoki muammoli masalalarni ko’rsatish yo’li bilan ketma-ket modellashtiriladigan muammoli vaziyatlar mantiqiga tayangan holda olib boriladigan ma`ruza. Muammoli savol o’zida dialektik ziddiyatni mujassam etadi va echimi uchun ma`lum bilimlarni qayta tiklashni emas, balki fikrlashni, taqqoslashni, qidirishni, yangi bilimlarni egallashni yoki oldin egallanganlarini ijodiy qo’llashni talab etadi.

Muammoli ta`lim – ilmiy bilishni rivojlantirishga asoslangan ta`lim shakli bo’lib, muammoli vaqtning ya`ni, jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o’rtasida ob`ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.

Muammoli ta`lim texnologiyasi – talabalarda izlanish olib borish uchun zaruriy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bilish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatidir. Bunda ma`ruza mashg’ulotlari va didaktik materiallarni muammoli tarzda tashkil etish yuqori pedagogik samarani beradi. Muammoli ta`lim texnologiyasida muammoli bayon, evristik suhbat, muammoli namoyish, izlanishga asoslangan amaliy mashg’ulot, ijodiy topshiriq, muammo uchun ishchi farazni shakllantirish, masalalarni muammoli echish, muammoli vazifa, o’yinli muammoli vaziyatlarni qo’llash talabalarni mantiqiy fikrlashga , ilmiy farazlarni shakllantirishga o’rgatadi, ilm-fan haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi.

Muammoli ta`lim bosqichlari: muammoli vaziyat yaratish → vaziyatlarni taxlil qilish asosida muammolarni qo’yish → farazlarni yuzaga chiqarish almashtirish va tekshirish jarayonlarini mujassam etuvchi muammolarni hal etish → echimni tekshirish.



Empatik - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdarlik qobiliyat turi.

Ko’nikma - uzoq vaqt davomida takrorlash natijasida paydo bo’ladigan kishining anglangan ish xarakatlarini bajarishdagi avtomatlashgan usulidir.

Malaka - shaxsning bilim va ko’nikmalariga asoslangan holda ma`lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi.

Glossariy - muayayn ma`ruzaga oid atamalarni qamrab olgan kichik hajmli lug’at.
O’qituvchining kommunikativ qobiliyati - talabaga to’g’ri muomala qila olish, ularga yaqin bo’lish, ular bilan pedagogik samarali hamkorlik o’rnata bilish qobiliyati.

Kommunikativ qobiliyat - boshqalarning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdardlik munosabatida bo’lish asosida ta`lim va tarbiya bera olish qobiliyatidir

Interaktiv - o’zaro harakat qilmoq.

Interfaol metod – («inter» - o’zaro va «act» - harakat qilmoq) o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatini, o’quv axborotlarini o’zlashtirish jarayonidagi faollikni, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantirishga, shuningdek, o’qitish maqsadlarining to’laqonli amalga oshirishga yordam beruvchi chora-tadbirlar majmuasi.



Yüklə 78,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə