Gormonlarning tasnifi



Yüklə 90,96 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü90,96 Kb.
#143044
  1   2   3   4   5   6   7

11-ma'ruza mavzu. Gormonlar. Ularning klassifikatsiyasi va funksiyasi.
Reja:
11 .1. Gormonlarning tasnifi.
11.2. Gormonlar klassifikatsiyasi. Peptidli gormonlar strukturasi va vazifasi.
11.3. Aminokislota xarakteridagi gormonlar.
11 .1. Gormonlarning tasnifi.
Gormonlar ham ferment va vitaminlar kabi biologik faol birikmalar qatoriga kirib, organizmda modda almashinuvini va fiziologik vazifani boshqarib turadi.
Gormonlar (yunoncha, hormao–“tebrataman, qo‘zg‘ataman” degani) gumaral, ya’ni organizmning suyuqliklari orqali bo‘ladigan o‘zaro kelishish munosabatlari, aynan shu moddalar faoliyatiga bog‘liq. Gormonlar ichki (endokrin) sekresiya bezlari orqali ishlanib, to‘g‘ri qonga uzatiladi. Ularda maxsus chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi. Endokrin yoki ichki sekresiya bezlariga qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezining alohida qismi, jinsiy bezlar: urug‘don, tuxumdonlar, gipofiz yoki miya o‘simtasi, buqoq bezi kiradi. Ular enzimlar faoliyatini, membralarining o‘tkazuvchanligini boshqarishda bevosita ishtirok etib, organizm metobolizmda asosiy o‘rin egallaydi.
Ma’lum sababga asosan biror bez ko‘p gormon sintezlasa gormonlar gipervazifasi, agar kam qonga ishlab bersa gipovazifasi deb hisoblanadi, bu esa og‘ir kasalliklarga olib boradi. Kimyoviy tabiati bo‘yicha ular turli xil bo‘lsalar ham, biologik jihatdan umumiy xossalarga egadir:
Masofa orqali ta’siri, ya’ni gormonlarning hujayra, to‘qima, a’zolarga samarali ta’siri ma’lum masofa orqali amalga oshiradi.
Gormonlarning ta’siri qat’iy biologik spesifik asosda amalga oshadi. Biror gormonlarni boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Gormonlarning faolligi juda yuqori bo‘lib, 1kg massaga 0,00001mg miqdorda gormon bo‘lsa ham uning ta’siri sezilarli bo‘ladi. Demak, ularning oz miqdordagisi ham organizmlarga ta’sir qiladi. Gormonlar faqat hayvonlardagina bo‘lmay, o‘simliklarda ham bo‘ladi. Ularni fitogormonlar deb, ulardan: abssiz kislota, sitokinin, etilen va gibberelin guruhlari mavjud. Barcha gormonlar genlarning mediatori bo‘lib, ularning ta’sir doirasi pletotrop tizimiga asoslangan. Ya’ni, biri ikkinchisining sinteziga sababchi bo‘lib, ularning fiziologik va biokimyoviy faoliyati ierarxiya tamoyili asosida amalga oshadi. Shunday qilib, ular organizmlarni har qanday vaziyatda ham gomesostaz holatda bo‘lishida asosiy omil hisoblanadi. Hozirgi kunda hayvonlardan 60 dan ortiq gormon xillari aniqlangan bo‘lib, ular kimyoviy tabiati bo‘yicha malum guruhlarga bo‘linadi.

Yüklə 90,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə