G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar



Yüklə 43,13 Kb.
səhifə1/10
tarix02.03.2023
ölçüsü43,13 Kb.
#101754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (2)


G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar.

Diniy va dunyoviy g’oyalarning o’zaro bir-birini boyitib borishi mafkuraviy yuksaklikka erishishda g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini tarixiy misollar orqali ko’rish mumkin. Xususan, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg’inoniy, Najmiddin Kubro, shuningdek, Ahmad Farg’oniy, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy singari buyuk ajdodlarimiz yashab, ijod etgan davrlar shundan dalolat beradi.



G’oya va mafkura o’zaro dialektik aloqadorlikda mavjud bo’ladi: g’oya mafkuraga asos bo’lsa, mafkura esa, o’z navbatida, muayyan g’oyani amalga oshirishga xizmat qiladi.
G’oya safarbar etuvchi ulug’vor fikr bo’lsa, mafkura esa ana shu ulug’vor g’oyalarni bir butun, yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi, harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g’oyalar tizimidir.


2-masala. Tarixiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 40 ming yillar muqaddam qadimgi ajdodlarimiz olamning, hayotning vujudga kelishi, mazmun-mohiyati to’g’risida mifologik (afsona, rivoyatlarga asoslangan) sodda dunyoqarashga ega bo’lganlar. Insoniyatning ibtidoiy davriga xos bo’lgan totemizm (o’simlik va hayvon turlariga sig’inish), animizm (ruh va jonlarga sig’inish), fetishizm (narsa, buyumlarga sig’inish) kabi mafkuraning ilk shakllari shundan dalolat beradi («Dinshunoslik» fani bu haqda batafsil ma’lumot beradi). Milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm singari diniy mafkuralar taraqqiyotning keyingi davrlarida paydo bo’ldi. Ular yuz yillar davomida davlat dini va mafkurasi sifatida yuqori mavqega ega bo’lib keldi. Davrlar o’tishi bilan ularning ayrimlari o’z mavqeini yo’qotgan bo’lsa-da, insoniyat ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Miloddan avvalgi ming yillik davomida olamning paydo bo’lishi, inson va uning mavjudligi, rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy talqin qilish kuchaydi. Buning natijasida falsafiy ta’limotlar muayyan tizim shaklini oldi.



Yüklə 43,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə