Da’vo huquqini sotib olishning hisob-kitobi (ikkinchi kreditorda hisob-kitoblar).
Da’vo huquqini sotib olishning haqiqiy xarajatlari summasiga:
D 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”
12-sonli BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” muvofiqan sotib olingan da’vo huquqi moliyaviy investitsiyalar tarkibida hisobga olinadi. Keyin yangi kreditorga talabnomani sotganda yoki ushbu bitim bo’yicha tegishli majburiyat bekor qilingan taqdirda soliq kodeksiga muvofiq QQS hisoblash lozim.
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (QQS summasiga)”.
Huquqni sotganda da’vo huquqini sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasi hisobdan chiqarilishi lozim:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
Da’vo huquqini realizatsiya qilingan xarajatlar summasiga:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
Sotishning moliyaviy natijasi aniqlandi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”.
Dostları ilə paylaş: |