Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə162/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi hisobi. Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati amortizatsiya qilinadi.

Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizatsiya hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat foydali xizmat muddati mobaynida korxona xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi.

Amortizatsiya quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan hisoblanadi:

a) amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash;

b) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli;

c) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;

d) yillar summasi usuli (kumulyativ usul).

Hisobot yili davomida nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari qo’llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari) yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.

Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi korxona tomonidan nomoddiy aktivlardan foydalanish davri mobaynida teng maromda hisobot yilida hisoblanadi.

Nomoddiy aktivlarning har xil turlariga (guruhlariga) nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullari qo’llaniladi. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlar bo’yicha (guruhi, turi va boshqalar bo’yicha) faqat bitta usul qo’llaniladi.

Qo’llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli va nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini qayta ko’rib chiqish mumkinligi korxonaning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.

Agar nomoddiy aktivlardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy foydada sezilarli darajada o’zgarish yuz beradigan bo’lsa, amortizatsiyani hisoblash usuli o’zgarayotgan tamoyilni aks ettirish uchun shunday o’zgartirilishi kerakki, toki yuzaga kelgan vaziyat amortizatsiya usulining o’zgartirilishini oqlasin. Bunday o’zgartish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida mazkur o’zgartish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib berilishi kerak.

Agar nomoddiy aktivlarni yaxshilaydigan va binobarin, xizmat muddatini uzaytiradigan yoki bu muddatni qisqartiradigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda kelgusi davrda aktivning foydali xizmat muddatining o’zgarishi yoki kelgusidagi iqtisodiy foydani olish shartlarining o’zgarishi kutilayotgan bo’lsa, nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati har bir hisobot yili oxirida qayta ko’rib chiqilishi mumkin, shuningdek, agar prognozlar dastlabki baholardan sezilarli darajada farq qilsa, joriy va kelgusi davrlar uchun amortizatsiya summasini ko’paytirish yoki kamaytirish kerak.

Nomoddiy aktivning amortizatsiyasi o’zgartirilgan oydan keyingi oydan boshlab yangi amortizatsiya hisoblash usuli va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisoblashda ularning tugatish qiymati hisobga olinadi. Tugatish qiymati uncha katta bo’lmagan taqdirda, u amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga olinmaydi.

Agar tugatish qiymati sezilarli darajada bo’lsa, u nomoddiy aktivlar xarid qilingan sanada yoki ularni qayta baholash sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati nomoddiy aktivlarning xizmat muddati oxiridagi tugatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlarga kamaytirilishi kerak.

Nomoddiy aktivning tugatish qiymati quyidagi hollarda nolga teng deb hisoblanadi:

a) kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida uchinchi taraf bilan uni sotib olish haqidagi bitim mavjud bo’lmasa;

b) nomoddiy aktivning tugatish qiymati faol bozordagi dalillar bilan ishonchli belgilanishi mumkin emasligi munosabati bilan ushbu nomoddiy aktiv uchun faol bozor mavjud bo’lmasa hamda nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo’lish ehtimoli bo’lmasa.

Nomoddiy aktivlarning ayrim turlari uchun foydali xizmat muddati ushbu turdagi aktivlardan foydalanish natijasida qabul qilinishi kutilayotgan ish hajmining ishlab chiqarish miqdori yoki boshqa tabiiy ko’rsatkichi asosida belgilanishi mumkin.

Amortizatsiya summalarining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” passiv hisobvarag’i taqdim etiladi.

Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo’yicha jamlangan amortizatsiya to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi hisobvaraqlarda umumlashtiriladi:

0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;

0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;

0530 “Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi”;

0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;

0560 “Franchayzing amortizatsiyasi”;

0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;

0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi O’zR Soliq kodeksi va O’zR 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”da nazarda tutilgan usullarga muvofiq, korxona tomonidan hisoblab chiqilgan me’yorlar bo’yicha oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga va davr xarajatlariga kiritiladi.

Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditiga olib boriladi.

Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular bo’yicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditiga hisobdan chiqariladi.

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500) bo’yicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida ob’ektlari bo’yicha yuritiladi.

Quyida nomoddiy aktivlar amortizatsiya summalarini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:

1) Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash:

D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”

D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”

K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

2) Umumishlab chiqarish maqsadida va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash:

D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”

D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”

K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

3) Marketing va tayyor mahsulot omborlarida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanganda:

D 9410 “Sotish xarajatlari”

K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

4) Boshqaruv maqsadida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanganda:

D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”

K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

5) Quyidagi maqsadlarda foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash:

a) yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ishga tushirish ishlarida;

b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga mo’ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirishda xizmat ko’rsatish uchun:

D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”

K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

6) Kapital quyilmalarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanganda:

D 0800 “Kapital quyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”

K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

7) Nomoddiy aktivlarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida yig’ilgan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish:

D 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”

K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.

0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’ining analitik hisobi nomoddiy aktivlarning alohida ob’ektlari uchun yuritiladi. Shu bilan birga analitik hisobning tashkil etishi moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun zarur bo’lgan nomoddiy aktivlarning eskirishi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə