Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya hisobini uyg’unlashtirish va xalqaro standartlashtirishning zarurligi va shart-sharoitlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə17/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

1.2. Buxgalteriya hisobini uyg’unlashtirish va xalqaro standartlashtirishning zarurligi va shart-sharoitlari
XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti, mamlakatlar va qit’alar o’rtasida hamkorlik va ishlab chiqarish uyg’unligi, milliy chegaralardan oshuvchi jahon bozorini yaratish jarayonini mustahkamlash bilan tavsiflanadi.

Iqtisodiy munosabatlarni baynalminallashuvining o’ziga xos xususiyati aralash kapitalga ega bo’lgan, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb qiluvchi korxonalarning paydo bo’lishini ifoda etadi. Bu jarayonlarni amalga oshirishda korxonalar faoliyati to’g’risida ishonchli va tushunarli moliyaviy axborot olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday axborotni olish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt haqidagi moliyaviy axborotning asosiy qismini ta’minlovchi buxgalteriya hisobini uyg’unlashtirish va xalqaro standartlashtirish zarur.

Buxgalteriya hisobi muammolarini xalqaro miqyosda hal qilish uchun, bir qator xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (XHT) tashkil etildi: BMT transmilliy korporatsiyalar bo’yicha komissiyasi; BMT xalqaro buxgalteriya standartlari bo’yicha ekspertlar hukumatlararo ishchi guruhi; Yevropa iqtisodiy hamjamiyati; Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va xalqaro professional buxgalterlar tashkilotlari.

XHT asosan xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni ishlab chiqish orqali iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi sohasidagi munosabatlarni me’yorlashtirish bilan shug’ullanadi.

Xalqaro professional tashkilotlar o’z ichiga oladi:

- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariKengashi (MHXSK);

- Xalqaro buxgalterlar Federatsiyasi;

- Osiyo va Tinch okeani buxgalterlari konferentsiyasi;

- Yevropa buxgalterlar-ekspertlar federatsiyasi va boshqalar.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS), umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillari (GAAP) va Evropa iqtisodiy hamjamiyatining yo’riqnomalari buxgalteriya hisobini uyg’unlashtirish va xalqaro standartlashtirish jarayoniga eng katta ta’sir ko’rsatdi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə