Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə20/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

1.1-chizma. MHXSK instituti tarkibi
MHXSK instituti vasiylarining asosiy vazifalari:

- MHXSK, SMK va TDQ a’zolarini tayinlash;

- MHXSK samaradorligini nazorat qilish;

- moliyalashtirishni ta’minlash;

- MHXSK tomonidan byudjetlarni tasdiqlash;

- muhim tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish.

MHXSKning asosiy vazifalari:

- moliyaviy hisobotlarda ishonchli, oshkora va solishtirma axborotni taqdim etishni talab qiluvchi yuqori sifatli, tushunarli va amaliy global moliyaviy hisobot standartlarining yagona majmuini ishlab chiqish;

- amalga oshirishni rag’batlantirish va jahon standartlariga qat’iy rioya qilish;

- moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo’lgan milliy organlar bilan butun dunyo bo’ylab moliyaviy hisobotning maksimal yaqinlashishini ta’minlash uchun hamkorlik qilish.

Kengash quyidagilar uchun to’liq javobgar:

- MHXSni tayyorlash va nashr etish;

- MHXS tomonidan taklif etilgan qonun loyihalarini tayyorlash va nashr etish;

- muhokama uchun e’lon qilingan hujjatlar yuzasidan kelib tushgan fikr-mulohazalarni ko’rib chiqish tartibini o’rnatish;

- xulosa chiqarish asoslarini nashr etish.

Kengash a’zolari Vasiylar tomonidan tayinlanadi.

SMK – xalqaro hisob-kitobga qiziquvchi tashkilotlar va shaxslar uchun forum. Unda Vasiylar tomonidan tayinlangan 45 ga yaqin a’zo bor.

SMKning asosiy maqsadlari:

- kun tartibi va ustuvor yo’nalishlari bo’yicha MHXSKga maslahatlar berish;

- standartlarni ishlab chiqish bilan bog’liq asosiy loyihalar bo’yicha Kengash a’zolarini axborot bilan ta’minlash va pozitsiyasini aniqlash;

- boshqa maslahatlar berish.

TDQ 12 mamlakatni buxgalteriya hisobi sohasidagi ekspertlaridan iborat. Ularni Vasiylar tayinlaydi.

TDQ asosiy maqsadi kontseptual tekshirilgan va amaliy joriy qilish mumkin bo’lgan MHXSlar talqinidan (interpretatsiya) iborat. Chunki dunyo bo’ylab moliyaviy hisobot tuzishida turli savollar va tushunmovchiliklar, shuningdek rasmiy tushuntirishlar yo’qligida qoniqarsiz yoki qarama-qarshi talqinlar paydo bo’lishi mumkin. Kengash talqinlarni (interpretatsiya) tasdiqlagach, ular MHXSning normativ-huquqiy bazasining bir qismiga aylanadi va MHXSning o’zi bilan bir xil kuchga ega bo’ladi.

Standartni tayyorlash jarayoni:

1. Jamoatchilik muhokamasiga taqdim etish uchun standart loyihasini nashr etish.

2. Tegishli davr mobaynida olingan barcha fikr-mulohazalarni ko’rib chiqish.

3. MHXS Kengash pravleniyasi tomonidan standart yoki talqinni tasdiqlash.

Loyihani muhokamaga taqdim etish yoki standart yoki talqinning yakuniy variantini nashr etish uchun MHXSKning sakkiz a’zosining roziligi talab qilinadi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə