Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Kredit va zayomlar bilan hisob-kitoblar hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə103/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

3.5. Kredit va zayomlar bilan hisob-kitoblar hisobi
Kredit va qarzlarni rasmiylashtirish Fuqarolik kodeksining 41-bobiga muvofiq kredit va kredit shartnomalari bilan tartibga solinadi.

Qarz shartnomasi bo’yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi (O’zR FK 732 moddasi).

Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablag’lardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan bo’lsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlab berishi shart.

Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni to’lashni talab qilishga haqli.

Kredit shartnomasi bo’yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag’lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlari bo’lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo’l qo’yilgan hollarda kredit shartnomasi to’g’risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo’llanadi (O’zR FK 744 moddasi).




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə