Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ta’sischilarga daromad to’lash bo’yicha hisob-kitoblar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə108/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Ta’sischilarga daromad to’lash bo’yicha hisob-kitoblar. Tashkilot tomonidan olingan sof foyda ta’sischilar o’rtasida ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi. Sof foydani taqsimlash to’g’risidagi qaror aktsiyadorlik jamiyati (AJ) aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ishtirokchilarining yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.

AJda daromadlar ta’sischilarga aktsiyalar bo’yicha dividendlar ko’rinishida, MchJda - ustav kapitalidagi ulushlarga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

Ta’sischilarga daromadlarni hisoblash va to’lash bo’yicha hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda yozuvlar qilinadi:

1) ta’sischilarga hisoblangan daromadlar (dividendlar) summasiga:

a) tashkilot xodimi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga:

D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”

K 6610 “To’lanadigan dividendlar”

b) tashkilot xodimlari bo’lgan jismoniy shaxslarga:

D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”

K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”

2) to’lov manbaida ushlangan daromad solig’i summasiga:

D 6610 “To’lanadigan dividendlar” yoki

D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”

K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.

a) naqd pulda yoki naqd pulsiz pullik shaklida hisob-kitob qilinganda, minus ushlangan soliq summalari:

D 6610 “To’lanadigan dividendlar” yoki

D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”

K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki

K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”

b) mahsulot, tovar yoki boshqa mulk shaklida turdagi va shuningdek ishlar, xizmatlar turdagi natural shaklida to’laganda:

D 6610 “To’lanadigan dividendlar” yoki

D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”

K 9000 “Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki

K 9300 “Asosiy (operatsion) faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”

c) bir vaqtning o’zida mahsulot, tovarlar, ishlar, xizmatlar va boshqa mulklar tannarxi hisobdan chiqariladi:

D 9100 “Sotilgan mahsulo (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”

K 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki

K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

d) byudjetga QQS hisoblanadi:

D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”

K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”

6600 “Ta’sischilarga bo’lgan qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir muassis (ishtirokchi) uchun yuritiladi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə