Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə123/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

4.2. Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari
Ishlab chiqarish faoliyati uchun korxonalarga asosiy vositalar (mehnat vositalari) kerak; ular ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishtirok etadilar, natural-moddiy va tabiiy shaklini o’zgartirmagan holda o’z qiymatini yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar. 5-sonli BHMS “Asosiy vositalar”da asosiy vositalarga quyidagicha tarif berilgan: “asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”.

Soliq solish maqsadlarida esa asosiy vositalar deyilganda tovarlar ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tashkilotni boshqarish uchun mehnat vositalari sifatida foydalaniladigan mol-mulkning bir qismi tushuniladi.

5-sonli BHMSga muvofiq, asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o’zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi

a) bir yildan ortiq xizmat muddati;

b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.

Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.

0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”da alohida hisobvaraqlar bo’yicha foydalanishda, zahirada, konservatsiyada yoki oddiy (ishlab chiqarish) ijaraga berilgan asosiy vositalar hisobini yuritiladi. 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’larida asosiy vositalarning ular joylashgan joylardagi (tsexlar, ishlab chiqarishlar va h.k.) har bir ob’ekt bo’yicha analitik hisobi yuritiladi.

Asosiy vositalar ob’ektlari buxgalteriya hisobida statistik hisobot talablariga muvofiq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bo’yicha guruhlanadi (masalan, noishlab chiqarish bo’yicha tarmoqlarga bo’linadi: sog’liqni saqlash, uy-joy, kommunal xo’jaligi va boshqalar.) va bundan tashqari funktsional guruhlar bo’yicha: binolar, inshootlar, ishchi mashina va uskunalar va boshqalar).

Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:

a) maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, maqsadli yo’naltirilgan asbob-uskunalar va moslamalar);

b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

c) ko’rpa-to’shak anjomlari;

d) kantselyariya anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan jihozlar va boshqalar);

d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon va sochiqlar;

e) tiklanishi bo’yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;

f) bir yildan kam foydalanish muddatiga ega almashinadigan uskunalar;

g) ov qurollari (trallar, yoyma to’rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).

Asosiy vositalar tarkibida shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan er uchastkalari ham hisobga olinadi.

Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui - umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o’z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli maqsadlarga mo’ljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir.

Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil ob’ektlar mavjud bo’lganda, har bir bunday ob’ekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar ob’ekt sifatida tan olinadi.

Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo’lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi.

Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:

a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa;

b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa.

Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy vazifalari:

1) sotib olingan paytdan boshlab to hisobdan chiqarguncha ularning mavjudligi aniqlash va butligini nazorat qilish;

2) eskirishni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblash;

3) byudjetga to’lanadigan mol-mulk solig’ini to’g’ri hisoblash uchun ma’lumot olish;

4) asosiy vositalarni rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun mablag’lardan to’g’ri va samarali foydalanishni nazorat qilish;

5) asosiy fondlardan vaqti va quvvati bo’yicha samarali foydalanishni nazorat qilish; asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to’g’risida hisobot uchun ma’lumotlar olish.

Asosiy vositalar hisobini to’g’ri tashkil etishning bazasini asosiy vositalarning tasdiqlangan standart tasnifi va ularni buxgalteriya hisobida baholashning yagona tamoyilini tashkil etishdan iboratdir.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə