B. Moliyalashtirilgan lizingning sintetik hisobini yuritish tartibi
1. Lizingga beruvchi korxonada buxgalteriya hisobi quyidagicha olib boriladi.
Yuqorida keltirilgan misolimizga ko’ra (4.4-jadval):
4.4-jadval
Lizing to’lovlarining taqsimlanish jadvali (so’m hisobida)
Yil
|
Yil boshidagi debitorlik qarzi
|
Debitorlik qarzining
olinishi
|
Yillik moliyaviy daromad
|
To’lov
|
Yil oxiridagi debitorlik qarzi
|
2019
|
100 000 000
|
14 760 000
|
15 240 000
|
30 000 000
|
85 240 000
|
2020
|
85 240 000
|
17 010 000
|
12 990 000
|
30 000 000
|
68 230 000
|
2021
|
68 230 000
|
19 600 000
|
10 400 000
|
30 000 000
|
48 630 000
|
2022
|
48 630 000
|
22 590 000
|
7 410 000
|
30 000 000
|
26 040 000
|
2023
|
26 040 000
|
26 040 000
|
3 960 000
|
30 000 000
|
-
|
Jami
|
|
100 000 000
|
50 000 000
|
150 000 000
|
|
Asosiy vosita lizingga berildi
1) Dastlabki qiymat 100 000 000 so’m
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Lizing shartnomasida kelishilgan summa 150 000 000 so’m
D 0920 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
3) Lizingga berishdan ko’rilgan moliyaviy natija 50 000 000 so’m
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” 50 000 000
K 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”
34 760 000
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” 15 240 000
Birinchi yili olinadigan lizing to’lovining hisoblanishi
D 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism”
14 760 000
D 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” 15 240 000
K 0920 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” 30 000 000.
Birinchi yili olingan lizing to’lovining buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 30 000 000
K 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism”
14 760 000
K 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” 15 240 000.
Dostları ilə paylaş: |