Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Amortizatsiya hisoblash usullari va ularni hisobga olish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə149/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

4.6. Amortizatsiya hisoblash usullari va ularni hisobga olish
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish. Korxonaning mulki hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:

0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;

0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;

0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;

0230 “Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi”;

0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;

0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;

0260 “Transport vositalarining eskirishi”;

0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;

0280 “Ko’p yillik daraxtlarning eskirishi”;

0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;

0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.

Analitik hisobning tashkil qilinishi O’zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

Asosiy vositalar bo’yicha eskirish O’zR Soliq kodeksida va O’zR moliya vazirining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug’i bilan tasdiqlangan 5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”da belgilangan me’yorlar va usullar bo’yicha hisoblab yoziladi.

Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

a) mahsuldor hayvonlarga;

b) kutubxona fondlariga;

v) hokimiyat qaramog’idagi obodonlashtirish inshootlariga;

g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o’tkazilgan fondlarga;

d) muzey qiymatliklariga;

e) san’at va arxitektura yodgorliklariga;

j) umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan avtomobil yo’llariga;

z) to’liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.

Amortizatsiya moddiy buyumli qiymatliklarga taaluqli asosiy vositalar ob’ektlariga hisoblanadi. Bular mahsulot, ish va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan va 12 oydan oshgan uzoq vaqt davomida faoliyat yuritadigan yoki 12 oydan oshadigan normal ish tsiklini o’z ichiga olgan moddiy aktivlardir.

Tashkilot tomonidan mol-mulkga egalik bo’lgan, xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bo’yicha asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha, 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’ida hisobi yuritiladigan ob’ektlarga amortizatsiya hisoblanadi. 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar” hisobvarag’ida hisobga olingan tashkilotining asosiy vositalar ob’ektlariga ham amortizatsiya hisoblanadi.

Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash ushbu ob’ekt qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi va ushbu ob’ektning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki balansdan ushbu ob’ektning hisobdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarga eskirish hisoblash ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq qoplangandan yoki ob’ektning balansdan hisobdan chiqarilishi oyidan keyingi oyning birinchi kunida bekor qilinadi.

Ushbu yondashuv muayyan ko’rsatkichlar asosida muayyan usul bo’yicha yillik amortizatsiya summalarini hisoblashni nazarda tutadi. Hisobot yilida ob’ektlarga amortizatsiya har oyda qo’llaniladigan usuldan qat’i nazar, yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanadi, hamda o’tgan oyda qabul qilingan va hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarga amortizatsiya summalarini hisobga oladi. Shuning uchun, eng asosiysi, asosiy vositalarning yil davomida kelib tushishi va hisobdan chiqarilishiga tuzatishlarni hisobga olib yillik amortizatsiyani to’g’ri hisoblansa, oylik amortizatsiya summalarini hisoblash qiyin emas. Bu amortizatsiya hisoblashini juda osonlashtiradi va yillik uchun amortizatsiya hisoblanadigan qaydnomani qo’llashga imkon beradi.

Amortizatsiya hisoblanadigan me’yorlar asosiy vositalar tasnifiy guruhlari qiymatining foiz tarzida ifodalanadi. Shu bilan birga mashina va uskunalarga oid normalar nafaqat ularning turlari, balki ular uchun ishlatiladigan ish turlari va tarmoqlar bo’yicha ham keng farqlanadi. Ayrim ishlab chiqarish sharoitlari korxonada faoliyat ko’rsatayotgan aktivlarga amortizatsiyaning ko’payishi yoki qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda amortizatsiya hisoblaganda belgilangan eskirish normalariga tegishli tuzatish kiritish kerak bo’ladi.

Asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalariga, ya’ni eskirishiga, tegishli hisobvaraqlar debetiga 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”, 9410 “Sotish xarajatlari”, 9420 “Ma’muriy xarajatlar” va kredit 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvaraqlarini qayd etishga asos bo’ladi.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə